Adabiyotlar:
1.
“Ilk qadam” davlat dasturi. –T., 2018.
2.
Jalolova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda noan’anaviy o‘yinlardan foydalanish. – T.,
2004.
3.
Umarova M. Bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish. Metodik
tavsiyalar. –T.: Nur-sehri Oshiyoni, 2007.
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI INTELLEKTUAL,
AXLOQIY, ESTETIK TARBIYALASH
Babayeva D.R.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, professor v.b.
Sharipova M.X.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-
sonli qarori ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan
yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har
tomonlama intelletual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish,
ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va
unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. Shu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga
40
sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni tarbiyalash davlatning ta’lim sohasidagi
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar
orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb muammolaridan biri
hisoblanadi. Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual,
axloqiy, estetik tomonlama rivojlantirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini yangilash hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni amalga oshirishdan iboratdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning
umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy,
jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim, bunda bolalarda
vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat,
atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi
lozim. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, bolaning rivojlanishi va uning
umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab
chiqish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy
adabiyotlarni bolalarning yoshiga mos qilib tanlab olish bilan birga ulardan foydalanish, bolalarni
sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, shaxsiy gigienaga e’tiborini qaratish, o‘z vaqtida
kerakli vositalardan: sovun, salfetka, spirtli suyuqliklardan muntazam foydalanishga, faol o‘yinlar
o‘tkazish, musobaqalar uyushtirish, gimnastikalar bajarish bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarni
axloqiy, estetik, jismonan sog‘lom o‘sishiga zamin yaratish.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarni
badiiy-estetik
va
musiqiy
tarbiya
berish
hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM - o‘qitish asoslarini joriy etish,
bolaning kelgusida o‘z muvaffaqiyatini namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional
ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, ularning qiziqishini
uyg‘otishdan iborat. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ma’naviy
yetukligi uchun yosh avlodni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini va
usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM - faqat
o‘qitish usullari emas balki bolalarni aqlini charxlash hamda intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirishga ham katta yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar STEAM -
o‘qitish orqali bilim olish bilan birgalikda undan qanday foydalanish haqidagi ma’lumotlarga ham
ega bo‘ladilar. STEAM - o‘qitish orqali ta’limga yondashuv, fan va texnologiyalarni, qurish-
yasash va matematikani chuqur o‘rganib boradilar. STEAM - o‘yinlari orqaliy bolalarning
bilimlari mustaxkamlablanib borishiga erishiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda turli metod va usullardan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga,
ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy his-tuyg‘ulari va sifatlarini
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir
.
Axloqiy mavzudagi hikoya
maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolaning ijtimoiy tajribasiga mos kelishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
hikoyaning qisqa, emotsional, tushunarli bo‘lishi maqsadga muvofiq. Axloqiy mavzudagi
suhbatni
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning barcha guruhlarida qo‘llash mumkin. Axloqiy
mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq me’yorlari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini
egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab
yuzaga keladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyati, bolani tevarak-atrofga yondashishga intilishi, san’atni
tushunishni tarbiyalash va uni bolalar bilan ishlash jarayonida tatbiq etish, bolaning ijodiy
qobiliyati tarbiyachining maqsadga yo‘naltirilgan ta’siri ostida muvafaqqiyatli rivojlanishi
mumkin, degan fikr o‘z tasdig‘ini topdi. Estetik tarbiya maktabgacha ta’lim muassasalarida
musiqa mashg‘ulotlari bir qatorda rasm chizish, qirqib yelimlash, loy ishi kabi faoliyatlar orqali
amalga oshiriladi. Ana shu nuqtai nazardan, bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy san’at muhim
rol o‘ynaydi. Bolalarning badiiy-estetik tasavvurlari tevarak-atrofdagi jonli va jonsiz narsa-
41
hodisalarni turli usullar (rasm chizish, qirqib-yelimlash, loydan narsalar yasash, tikish), an’anaviy
(akvarel bo‘yog‘i, bo‘r, qalam, mo‘yqalam, flomaster, rangli qalam va iplar, qog‘oz, karton, yelim,
igna) va noan’anaviy (paxta, gubka, barmoqlar yordamida, sham, gugurt cho‘plari) vositalar orqali
tasvirlashda namoyon bo‘ladi. Bularni badiiy-estetik savodxonlikning dastlabki elementlari
sifatida qabul qilish mumkin. Estetik tarbiyaning inson talab-ehtiyojlari madaniyatini
shakllantiriщdagi o‘rni ham beqiyosdir, zero insonning talab-ehtiyojlari madaniyatida muayyan
mezon tuyg‘usi ham mavjud bo‘lishini, bu mezon tuyg‘usi shaxsiy ehtiyojni jamiyat
ehtiyoji bilan mutanosib tarzda ko‘shib olib borishni taqozo etadi. Ana shu mezon tuyg‘usida
yetuklikka erishish estetik tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir. Bolalarni estetik
tarbiyalash va rivojlantirish estetik tarbiya tizimi yordamida amalga oshadi. Estetik tarbiyani
tashkil etish tizimida qator tamoyillar yotadi. Estetik tarbiya va badiiy ta’limning hamma
uchun umumiyligi shundaki, kattalar va bolalar ma’naviy hayotda, kundalik mehnat, san’at va
tabiat bilan muloqotda, turmushda va shaxslararo munosabatda estetik hodisalar bilan doimiy
ravishda o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Estetik tarbiyani tashkil etish tizimi yana barcha
tarbiyaviy ishlarga yaxlit yondashuv tamoyiliga asoslanadi. Bolalarning estetik tarbiyasida
san’atning barcha turlari o‘z-o‘zidan birga harakatlanadi, bolaga yaxlit ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday o‘zaro harakat badiiy asarlar, tasviriy san’at, musiqiy savodxonlikni oshirishda
mustahkam aloqadorlik natijasida amalga oshadi. Bundan tashqari estetik tarbiya fan, mehnat,
jismoniy madaniyat, estetik munosabat va turmush go‘zalliklarini ochish hisobiga ham amalga
oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |