B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Adabiyotlar: 
1.
P.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. –T.: O‘qituvchi, 1993. -264 b. 
2.
 
R.Rahimova. Tarbiyachiga ming bir maslahat. –T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi, 2007. -160 b.
 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
O‘TISH DAVRIDA BOLA TARBIYASI MUAMMOLARI
 
Berdieva X.M. 
SVXTXQTMOHM, pedagogika fanlari nomzodi 
 
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini 
hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga 
tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya 
tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga 
ko‘tarildi. Biroq, o‘tkazilgan tahlillar natijasida maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan 
ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligi yuzaga chiqdi. 
Inson shaxsining shakllanishi ko‘p jihatdan bolalik davri, uning kechishi, bu davrda 
bolalarning yosh bilan bog‘liq xususiyatlari, kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti, ular bilan tashkil 
etiladigan ta’lim-tarbiyaning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogika va psixologiyadan 
ma’lumki, inson butun umri mobaynida turli o‘tish davrlarini boshdan kechiradi. Bu paytda 
organizmda kechayotgan turli fiziologik o‘zgarishlar ma’lum muddat ruhiyati, xulq-atvoriga ham 
ta’sir ko‘rsatadi. Psixologiyada mazkur holat o‘tish davri inqirozlari deb nomlanadi. Hayotning 
yangi bir bosqichi bolani ham jamiyat, ham shaxsiyatiga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirib, 
ijtimoiy darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim hollarda bu o‘zgarishlar salbiy jihatlari bilan 
namoyon bo‘ladi. 
Pedagog va psixologlar har kim ham duch kelishi aniq bo‘lgan bunday bosqichlarni batafsil 
o‘rganib chiqishgan. Inqirozlarning qaysi yoshda qay alomatlar bilan yuzaga chiqishi mumkinligi, 
bunday paytda nimalarga e’tibor qaratishi, qanday ish tutishi lozimligi borasida ko‘plab 
izlanishlar, kuzatuvlar natijalari, mutaxassislar xulosalari taqdim etilgan. Avvalo, aytish lozimki, 
xalqlarning madaniy va diniy qarashlari, turmush tarzi turlicha bo‘lgani bois o‘tish davrlari ham 
o‘ziga xos ko‘rinish, yosh va ijtimoiy munosabatlardagi katta-kichik farqlardan holi emas. Shu 
bilan bir qatorda, psixologlar o‘tish davri har bir insonda o‘ziga xos tarzda kechishini ham 
ta’kidlab o‘tishgan. Biroq, bu borada jahonning turli davlatlarida faoliyat olib boruvchi 
mutaxassislar umumiy o‘rtacha me’yor va ko‘rsatkichlarni qayd etib o‘tishgan. 
O‘tish davri ko‘plar o‘ylaganchalik faqatgina o‘smirlik davrida sodir bo‘lmaydi. Balki inson 
umri davomida 7-8, ba’zan 10 marotabagacha o‘tish bosqichlaridagi o‘ziga xos murakkabliklarga 
duch kelishiga to‘g‘ri keladi. Qaysi o‘tish davri bo‘lmasin, ularning har birida murakkab 
emotsional holat namoyon bo‘lishi mumkin. Bunda inson bolasining o‘zi va atrofidagilar bilan 
munosabati o‘zgaradi, turli kasalliklar, stress, surunkali holsizlik va asabiylik, organizmda 
gormonal va boshqa fiziologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Mutaxassislar quyidagi bir qator eng ko‘zga 
tashlanarli o‘tish davri inqirozlarini sanab o‘tishgan. 
Yangi tug‘ilgan go‘dakdagi inqiroz. Go‘dak dunyoga kelar ekan, tabiiyki, ma’lum muddat 
organizmining mutlaqo notanish muhitga moslashish jarayonini boshdan kechiradi. Nafas olish va 
ovqatlanishdan tortib, boshqa ko‘plab fiziologik jarayonlar butunlay boshqa bir shaklga o‘zgaradi. 
Psixotahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, bu paytda olingan har qanday jarohat insonga umr 
bo‘yi hamrohlik qiladi. 


44 
3 yosh inqirozi tufayli bola shaxsiy “men”ni anglash jarayonini boshdan kechiradi. 
Ko‘pchilik bolalar kattalar va tengdoshlari bilan ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatishda 
qiyinchiliklarga duch keladi. Mashhur nemis psixologi Elz Keler “Uch yoshli bola shaxsiyati” 
nomli asarida mazkur yoshdagi bolalar ruhiyatiga xos o‘zgarishlarning yetti ko‘rinishini sanab 
o‘tgan. Uning fikricha, bu bosqichda negativizm, ya’ni bir odamning boshqa kishilar bilan 
munosabatlarida salbiy reaksiya kuzatilib, bola kattalarga bo‘ysinishni istamaydi. Shu bilan birga, 
injiqlik, qaysarlik, o‘zboshimchalik, e’tiroz, kattalarni qadrsizlantirishga urinish va bolalar 
despotizmi (zo‘ravonligi) kuzatilib, ko‘pincha undan “men o‘zim…” iborasini eshitish mumkin. 
Noto‘g‘ri tarbiya natijasi o‘laroq, bolaning javob reaksiyasi ba’zi hollarda o‘ta salbiy holatlarni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
3 yosh inqirozi tushunchasi qanchalik ilm-fanda tadqiq etilmasin hozirgi kunga qadar 
bu davrda bolalar bilan ishlash va ularga ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul metodikalari 
mutaxassislar tomonidan to‘liq yaratilmagan. Ammo, pedagog va psixologlar tomonidan 
yaratilgan zamonaviy uslublar borki, ulardan turli yo‘nalish va turli maqsadlarda, jumladan 
maktabgacha yosh davridagi bolalar tarbiyasi va xulqini shakllantirishda foydalanish ijobiy 
natijalar bera oladi. Shulardan biri chet el olimi Adrean Xill tomonidan yaratilgan “Art 
terapiya” metodidir. 
Art terapiya atamasi birinchi marta Adrean Xill tomonidan fanga kiritildi. 
Shveysariyalik psixiatr Z.Freyd fikrigacha, odamning ichki “meni” har xil ko‘rinishda 
nomoyon bo‘ladi va u o‘z meni orqali harakatlanadi. Rasm chizganda ham xuddi shu narsa 
takrorlanadi. 
Terapiyaga san’at tushunchasi kirib kelishi XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Artterapiya 
o‘zini imkoniyatlar diapozonini kengaytira boshlab, 2-3 o‘n yillikda art terapiya o‘zida juda 
ko‘p psixoterapevtik yondashuvlarni sintez qilib mustaqil metodlarni qabul qildi. 
Art terapiya – bu rasm chizish orqali emotsional tanglik, salbiy ruhiy kechinma va 
xolatlardan forig‘ bo‘lishga yo‘naltirilgan psixoterapevtik usuldir. Artterapiya yordamida 
bola: depressivlik, ya’ni, shaxs ijod jarayonida xuddi unga hammasi barbod bo‘lgandek 
tuyuladi; rasm chizayotganda o‘zini yoki boshqalarni emas balki qandaydir xatti harakatlarni 
ifodalashga urinadi; o‘z kechinmalarini tasvirlaydi. 
Shunigdek, Art terapiya bolalardagi sirlilikni ochib berishi ta’kidlanadi. 3 yoshlik 
inqiroz bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonda bola o‘zini bezovta qilayotgan narsani to‘liq 
tushuntirib bera olmaydi. U o‘z qo‘rquvini oddiy gaplar bilan izhor qiladi. “Qorong‘uda 
kimdir mani o‘g‘irlab ketishidan qo‘rqaman”. Agar boladan bu kim bo‘lishi mumkin deb 
so‘ralsa bola javob bera olmaydi, lekin o‘z qo‘rquvini tasvirlab berishga yoki obraz orqali 
tushuntirib berishga harakat qiladi.
Art terapiya – bu og‘ir muammolar bilan kontaktga kirishishning eng yumshoq ish 
metodi. Bola o‘z muammolarini tan olmasligi va ular haqida gapirmasligi mumkin, lekin shu 
bilan bir paytda, narsalar yasashni, o‘zini gavda harakatlari orqali izxor qilishi mumkin. Art 
terapiya mashg‘ulotlari shuningdek, psixologik ziddiyatni yumshatishda yordam beradi.
3 yosh inqirozini chuqur boshdan o‘tkazayotgan, ma’lum xulqiy, jismoniy va ruhiy 
me’yorlar buzilishi kuzatilgan bolalar bilan Art terapiya treninglari tashkil etish yaxshi 
samara berishi mumkin.
Bolalar bilan individual va guruhiy tarzda shug‘ullanish mumkin. Psixologga murojaat 
qilgan ota onalar, bolalaridan shikoyat qilishganda, bolalar bilan psixolog suhbati unchalik 
samarali bo‘lmasligi mumkin. Lekin art terapevtga murojaat qilinsa bolalar rasm chizish 
orqali tinchlanishi, xarakterdagi zo‘riqishlarni bartaraf etishi mumkin. 
Art terapevtga murojaat qilgan bolalar avvalo, individual tarzda qabul qilinadi. Chunki 
bola bilan tanishish, uni kuzatish, individual tarzda rasm chizish, uni xarakterini o‘rganish, 
emotsiyalarini individual korreksiya qilish muhim bo‘lgan jarayondir. Keyin esa bola guruhga 
kirsa bu uning moslashishiga qulay bo‘ladi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish