B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
TALABALARNI KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH 
JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 
 
Gapparova M.E. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti Shaxrisabz filiali, o‘qituvchi 
Safaeva I. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, magistrant
 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab o‘tgan qisqa vaqt ichida o‘zbek xalqi 
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. O‘z tarixiga yangicha 
tafakkur asosida yondashish, ulug‘ ajdodlar qoldirgan boy madaniy, ma’naviy merosni o‘rganish 
sharafiga muyassar bo‘ldi, milliy g‘ururi qayta tiklandi. Uzluksiz ta’lim tizimida ilm-fan, jumladan 
pedagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilmoqda, o‘tmishdagi pedagogik tafakkur 
daholarining shuxratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq hayotiga tatbiq etishdek ulug‘ ishlar 
amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar bilan bir qatorda ta’limni modernizatsiya 
qilish yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga 
muvofiq tarzda ta’lim muassasalari faoliyatining zamonaviiy metodologiyasini yaratish, davlat 
talablarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning 
yangi avlodini yaratish hamda ularni amaliyotga joriy etishni takomillashtirish kabi yo‘nalishlar 
belgilangan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, mazkur jarayonni tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega 
bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga, uning sifat va samaradorligiga davlatimiz tomonidan 
qaratilayotgan e’tibor, ta’lim muassasalarini zamon talablari darajasida yangi texnologiyalar bilan 
jihozlanishi, shuningdek, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish uchun zaruriy sharoitlarni 
yaratilishi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari barcha rahbarlarining o‘z ustida ishlashi, yangi 
pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida izlanishlar olib borishini hamda boshqaruv 
faoliyatini takomillashtirishni taqozo etadi. Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan barcha 
ta’lim muassasalari uchun ta’lim-tarbiya metodlarini tanlash, pedagogik jarayonlarni tashkil etish 
va boshqarishda mustaqil qarorlar qabul qilish, ta’lim muassasasining mustaqil siyosatini olib 
borish, pedagogik jarayonlarni takomillashtirish va rivojlantirish strategiyalarini mustaqil 
belgilash, hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda keng imkoniyatlar 
vujudga keldi. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan pedagogik jarayonlarda o‘quvchi-talabalarni 
mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish, ta’lim muassasasi rahbarlari 
va pedagog xodimlar faoliyatini qobiliyatli, tashabbuskor, izlanuvchan, g‘ayratli, yutuqlarga 
intiluvchi va erishuvchi, ma’naviy barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirish, ya’ni ta’lim 
tizimining sifat darjasini ko‘tarish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Pedagogik jarayonlarda o‘quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatish, 
dunyoqarashini kengaytirish masalalariga qaratilayotgan e’tibor Prezident I.A.Karimovning 
“...bizga sobiq tuzumdan meros bo‘lib qolgan maorif tizimining eng noma’qul tomoni shundan 
iborat ediki, unda o‘quv jarayonida o‘quvchi va talabalarning mustaqil va erkin fikrlashga yo‘l 
qo‘yilmas edi. Har qaysi o‘quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, aksincha, ularning 


53 
sobiq sovet tizimiga va soxta g‘oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yo‘llash 
tamoyili asosiy o‘rinni egallar edi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq 
butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh 
qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi” [2, 62-63], deb aytgan fikrlarida o‘z ifodasini 
topgan. 
Demak, ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etishda alohida e’tibor 
qaratilishi zarur bo‘lgan omillardan biri ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi-talabalarning faolligini 
ta’minlash, ularni mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatish hamda mustaqil ta’lim olishlari uchun 
zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berish zaruriyati hisoblanadi. 
Shaxsni rivojlanishida uning mustaqil faoliyati, ya’ni mustaqil ta’lim va mustaqil 
ma’lumotlar olishi hamda o‘zini-o‘zi tarbiyalashi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, pedagogik 
jarayonlarda o‘quvchi-talaba shaxsini rivojlantirishning asosi sifatida ta’lim – mustaqil ta’lim, 
tarbiya – o‘zini-o‘zi tarbiya, ma’lumot – mustaqil ma’lumot va tarbiyaviy munosabatlar 
jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur. Insonga tug‘ma ravishda xatti-
harakatlarning hech qanday, na ijtimoiy, na noijtimoiy dasturlari berilgan emas. Har bir inson 
uchun, shaxs sifatida fazilatlarning shakllanish jarayoni amalda noldan boshlanadi. Shuning uchun 
ham ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarning maqsadi, mazkur jarayonda 
yaratiladigan shart-sharoitlar inson shaxsini shakllantirishning umumiy qonuniyatlarini inkor 
etmaydi. 
Insonning rivojlanishida u yashayotgan muhit, unga ta’lim-tarbiya berishda ta’lim 
muassasasi jamoasi munosabatlari, vujudga kelayotgan ta’limiy muhit va pedagogik jarayon 
ishtirokchilarining shaxsiy sifatlari, xatti-harakati, dunyoqarashi, tajribasi, bilim, ko‘nikma va 
malakalari muhim ahamiyat kasb etadi. 
“Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, 
sharqona hayot falsafasi” [2, 62], deb aytilgan fikrlarga asoslanib, ta’lim va tarbiya tushunchalarini 
o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini, ya’ni yaxlit holda tushunish zaruriyatini inobatga olgan holda 
ularning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz. 
Tarbiya – shaxsning rivojlanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, bir avlodning ijtimoiy 
tajribasini keyingi avlodlar tomonidan o‘zlashtirilishi va ularning ijtimoiy hayotga qo‘shilishlarini 
ta’minlab beruvchi zaruriy faoliyat, u shaxsning tarbiyalanganlik darajasi mezoni sifatida shaxsiy 
xislatlarni shakllantirish bilan bog‘liq holda tarixan shakllanib kelgan pedagogik tushuncha. Uning 
yordamida shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga tashqi muhitning ta’sirini fan va amaliyot 
isbotlab beradi. Inson butun umri davomida hayotda kimningdir tajribasiga tayanadi hamda unga 
asosan o‘zining ko‘nikma va malakalarini shakllantirib boradi. U faqat o‘tmish merosxo‘ri sifatida 
ijtimoiy hayotga qo‘shilib boradi va kelajak uchun tayyorlanadi. 
Tarbiyaviy jarayon – rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar tajribasini egallab 
borish jarayoni bo‘lib, u insonlar rivojlanishini boshqarish hamda ularning shaxsiy xislatlari 
shakllanishiga zarur shart-sharoitlar yaratib beradigan o‘ziga xos jarayondir. 
Ayrim hollarda ta’lim, tarbiya va rivojlanish o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik yo‘qdek tuyulsa-da, 
aslida ular o‘rtasida bog‘liqlik juda murakkab va ahamiyatlidir. Inson shaxsi ta’lim-tarbiya 
jarayonida rivojlanib boradi, rivojlanish darajasi uning shaxsiy xislatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi 
ya’ni o‘zgartiradi, shakllantiradi. Mazkur jarayon shaxsning rivojlanish darajasini tezlashtiradi va 
shakllangan shaxsiy xislatlar, dunyoqarash, tushuncha, bilim, ko‘nikma va malakalar, shuningdek, 
unda shakllangan qobiliyat yana ta’lim-tarbiya jarayoniga qayta ta’sir ko‘rsatadi. Shu tarzda 
insonning butun hayoti davomida bu ta’sir va aks ta’sirlar o‘zaro bir-birini to‘ldirib, ta’minlab 
boradi. 
Demak, pedagogik jarayonlarning samaradorligi nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy 
asosda tashkil etishga, balki mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-talabalarda o‘zini-o‘zi 
tarbiyalash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning refleksiv faoliyatini hamda o‘zaro 
ta’sir jarayonini tashkil etish zarur. 


54 
Ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etishda shaxslararo munosabatlar, 
o‘quvchi-talaba shaxsining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarbiyaviy munosabatlar jarayonining 
mavjudligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ham inobatga olinishi zarur. Pedagogik 
jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda mazkur jarayon ishtirokchilari, ya’ni professor-
o‘qituvchilar hamda o‘quvchi-talabalar o‘zaro ma’lum bir belgilangan munosabatda bo‘ladilar, bu 
munosabatlarni iqtisodiy, siyosiy va boshqa munosabatlardan farqli ravishda tarbiyaviy 
munosabatlar deb ataymiz. 
Tarbiyaviy munosabatlar insonlarning o‘zaro tajriba almashinishi, tajribalarni o‘zlashtirishi, 
qo‘llashi, ular o‘rtasidagi doimiy munosabat, ya’ni aloqalar tizimi bo‘lib, inson-inson, inson-
texnika-inson, inson-kitob-inson, inson-tabiat-inson, inson-san’at-inson kabi tarbiyaviy 
munosabatlar shaklida vujudga keladi va mazkur jarayonda inson ikkinchi bir insonga bevosita va 
bilvosita o‘zining xatti-harakatlari bilan yoki vositalar yordamida ta’sir o‘tkazishi mumkin, bu 
jarayon ixtiyoriy ta’lim muassasalaridagi rahbarlar bilan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va 
o‘quvchi- talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni ham qamrab oladi. 
Tarbiyaviy munosabatlar insonlar o‘rtasidagi doimiy munosabat (aloqalar) bo‘lib, ular inson 
shaxsini rivojlantirishga, ya’ni mustaqil ma’lumot, mustaqil ta’lim olish va o‘zini-o‘zi 
tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, bu pedagogik jarayon hisoblanadigan 
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi, ya’ni mazkur 
jarayonda ishtirok etayotgan ma’lum bir insonning bilimi, muomala va muloqot madaniyati, 
kiyinishi, gavda harakatlari, qobiliyati, fan-texnika, san’at va tabiatga bo‘lgan munosabati hamda 
qiziqishi ikkinchi bir insonga va boshqa insonlarning faoliyatiga, ya’ni fikrlashi, tasavvuri va 
dunyoqarashining o‘zgarishiga hamda tafakkurining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 


Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish