Литература:
1.
Государственные требования к развитию детей раннего и дошкольного возраста
Республики Узбекистан. 18 июня 2018 г. № 1-мх.
2.
Государственная учебная программа “Илк кадам” дошкольного образовательного
учреждения. 7 июля 2018 г. П №4.
3.
Глинская Е. Азбука вышивания. –Т.: Укитувчи, 1994.
4.
Ерёменко Т.И. Волшебная иголка. –Т.: Укитувчи, 1992.
5.
Комарова Т.С., Чаброва Т.Л. Прикладное искусство – детям. –Т.: ООО Разаков,
2012.
6.
https://moluch.ru/archive/115/30196/
7.
http://www.mg.uz/print/publish/doc/text58177_nacionalnye_uzbekskie_syuzane
8.
http://uzor.uz/narodnie-ramesla/suzane-remeslo/syuzane-samarkanda/
34
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI VA OILA INTEGRATSIYASINI
TAKOMILLASHTIRISHNING MUHIM ZARURIYATI
Axmedova M.E.
O‘zR XTV, Respublika ta’lim markazi, bo‘lim boshlig‘i
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 30 sentabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3955-sonli
hamda 2018-2019 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha
ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik ba’zasi, huquqiy-me’yoriy, metodik ta’minoti
bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tarzda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining
zamonaviiy metodologiyasini yaratish, davlat talablarini kompetensiyaviy yondashuv asosida
takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini yaratish lozim. Bularni keng
amaliyotga joriy etishni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar belgilangan bo‘lib, bu o‘z
navbatida, mazkur jarayonni tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida
o‘z ahamiyatiga ega.
Respublikamiz istiqboli va kelajagi o‘sib kelayotgan yosh avlodga bog‘liq bo‘lib, yosh
avlodning esa ma’naviy barkamolligi, axloqiy yetukligi va jismonan, sog‘lomligi, e’tiqodi,
kelajakda o‘z oilasi, Vatani va xalqiga munosabati ko‘p jihatdan ularning ota-onalari, oilalarida
qanday tarbiya olayotganliklariga, ijimoiy muhit ta’sirida nimalarni, idrok etayotganliklariga
bevosita bog‘liq. Bolalarning barkamol avlod to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish,
dunyokarashini boyitish, milliy istiqlol g‘oyasi talablariga munosib shaxs sifatida shakllanishi,
ularni biologik, ijtimoiy, psixolog, iqtisodiy, huquqiy-ma’naviy, ahloqiy jihatdan rivojlanishi,
shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos sir-asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat va ehtiyoj
ortib bormoqda. Oilani mustahkamlashda yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashga, yoshlarni
tashkiliy barcha imtiyozlaridan to‘la foydalanishga, qulay sharoit yaratish lozimligini bugungi
kundagi tub o‘zgarishlar ko‘rsatib turibdi. Chunki, bugungi kunda, oila va oilada bola tarbiyasidagi
qator muammolar jamiyatni ma’naviy va iqtisodiy tanazzulining chiqishida to‘sqinlik qilayotgani
sir emas.
Biz doimo farzandlar kelajagimiz, ertangi kunimiz vorislari, deb bong urishga ko‘nikib
ketganmiz. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila integrassiyasi, bularning barchasi hamkorlik
faoliyati tarbiya vositasi sifatida tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlashni zaruriyat qilib
qo‘yadi. Bu holatga maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oila va mahalla hamkorligi asosida juda
sinchkovlik bilan yondashishlarni taqozo etadi. Oilaning ma’naviy olami serqirra hodisa bo‘lib,
jamiki oilaning jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy mavqeini, balki, tarixiy taraqqiyotiga xos
xususiyatlari, shuningdek, iqtisodiy imkoniyatlarini, pedagogik-psixologik an’analarini qamrab
olgan.
Tarbiya – inson shaxsi, ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan talablar tizimidir.
Ta’lim esa axloqli, odobli shaxsga hunar o‘rgatish, bilim berishdir. Inson shaxsini shakllantirish
bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bog‘langan jarayonlardir. Inson shaxsi
shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyatga ega bo‘ladi. A.Avloniy ta’lim va tarbiyaning
mushtarakligi haqida shunday degan: “Dars (ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham,
ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan ... birining vujudi o‘rtasida urf-odat, qadriyatlar masalasiga
chuqur e’tibor berish lozim”.
Yosh avlodni to‘g‘ri yo‘lga solishda milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz ma’naviy,
axloqiy, diniy qadryatlarimiz qanchalik yuksak o‘rinda ekanligi va ulardan samarali foydalanish
35
zarur. Ammo mahalla pedagoglarining ish faoliyatida mazkur masalaga yetarlicha e’tibor
qaratilmagan. Bu esa birinchidan mahalla insonlar ongida ijtimoiy himoya vazifasini o‘taydigan
tuzilma sifatida gavdalanadi. Zero, xalqimiz tarixiga, o‘tmishiga va buguniga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, eng qimmatli an’analar-halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi
barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada qaror topadi, maktabgacha ta’lim dargohlarida
shakllanadi. O‘zbek oilalarining mustahkamligi va baxt-saodati ham ana shu ma’naviy, tarixiy
an’analarga bog‘liqdir (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |