B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Adabiyotlar: 
1.
Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. –T.: O‘qituvchi, 1993. 
2.
Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: Ilm ziyo, 2006. 
3.
Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. –T.: Tafakkur sarchashmalari, 2013. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
BUGUNGI KUN TARBIYACHISINING FAOLIYATINI MUVAFFAQIYATGA 
YETAKLOVCHI MU
H
IM OMILLAR 
Altibaeva G.M. 
Termiz davlat universiteti, o‘qituvchi
Bo‘ronova S.A. 
Oltinsoy tuman 4-MTM, tarbiyachi 
Hayotda shunday kasb egalari borki, ular o‘z ishining, qolaversa, o‘z kasbining haqiqiy 
egalaridir. Shunday kasb egalaridan biri bu – mohir rassomlar. Bu kasb egalari go‘zallikni sevish 
bilan birga go‘zallikni yaratishga, uni sayqallashga qodirlar. Ularning sehrli qo‘llari qalam ila oq 
qog‘ozga yaqinlashar ekan, unga go‘zallik, nafosat baxsh etadi. Shuning uchun ham bu kasb 
egalarini ta’riflayotganda go‘zallikni sevuvchi, tabiatga jon ato etuvchi, ezgulikka intiluvchi sehrli 
qo‘l sohiblari deya ulug‘lanadi. Darhaqiqat, men bu kasb egalarini yodga olishimdan maqsad – 
yana shunday bir kasb egalari borki, huddi rassomlar kabi nafaqat oppoq qog‘ozlarda, balki oppoq 
qalblarda san’at yaratadilar. Shubhasiz, bu kasb egalari tarbiyachi, ustoz, murabbiylardir.
Bolaning har tomonlama rivojlanishida, uning ta’lim tarbiya olishida ilk qadamni qo‘yuvchi, 
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, bola bilan kun davomida munosabat o‘rnatuvchi inson bu – tarbiyachidir. 
Bola – oq qog‘oz. Rassomlar o‘z san’ati, qobiliyati orqali oq qog‘ozga jon ato etar ekan, tarbiyachi 
ustoz ham bolaga berayotgan bor mehri, bilimi va zakovatini berish orqali bola qalbining 
musavviriga aylanadilar. Pedagogika so‘zini talqin qilganimizda bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi 
“bola yetaklovchi” degan ma’noni beradi. Haqiqatdan ham tarbiyachilik kasbi mana shu narsani 
talab etadi. Tarbiyachi bolani yo‘lda qiynalmasdan yurishi, qoqilmasligi uchun qo‘lidan tutib 
yuradi. Ana endi bu bolaning qanday yo‘lda yurishi va qanday inson bo‘lib shakllanishi yo‘lda 
yetaklab ketayotgan tarbiyachi, ya’ni, siz va bizning qo‘limizdadir. Tarbiyachi bola bilan ishlar 
ekan, ta’lim-tarbiya berar ekan, u avvalo bolani yaxshi ko‘rishi, uni yaxshi tushuna olishi kerak. 
Bola nimani xohlayotganini anglashi lozim. Buning uchun esa tarbiyachi bolalar psixologiyasini 
yaxshi bilishi va tajribada to‘g‘ri qo‘llay olishi kerak. Chunki, har bitta bolaning harakter 
xususiyati turlichadir. Har bir bolaning harakter xususiyatidan kelib chiqib, olib borilgan faoliyat 
muvoffaqqiyatli yakunlanadi.
 
Faoliyatni muvoffaqiyatga yetaklovchi muhim omillar: 
-
olib borilayotgan faoliyat bolaning yoshiga mosligi; 
-
faoliyatning vaqt jihatdan to‘g‘ri taqsimlanganligi; 
-
bolaning diqqati beqarorligi; 
-
har bir bolaning individual xususiyatlari; 
-
dam olish daqiqasining to‘g‘ri tashkil etilganligi; 
-
faoliyat davomida bolaning rag‘batlantirib borilishi; 
-
faoliyatning o‘yin orqali tashkil etilishi.


29 
Bu omillarning har biriga to‘xtalib o‘tar ekanmiz, birinchi navbatda, siz olib bormoqchi 
bo‘lgan faoliyat bolaning yoshiga mos bo‘lishi kerak. Masalan: siz bolaga birorta she’r yoki 
qo‘shiq yot oldirmoqsisiz, o‘sha she’r bolaning yoshiga mos bo‘lmasa, bolada birinchi navbatda 
qiziqish bo‘lmaydi. Keyin esa bu she’r bolaga aqliy sallohiyat jihatdan ham og‘irlik qiladi. Bunday 
xollarda tarbiyachi o‘zini ham, bolani ham, qiynashiga to‘g‘ri keladi. Faoliyatning vaqt jihatdan 
to‘g‘ri taqsimlanishini aytadigan bo‘lsak, to‘g‘ri rejalashtirilgan faoliyatning natijasi ham samarali 
bo‘ladi. Uzoq cho‘zilib ketgan faoliyat bolaning zerikib qolishiga sabab bo‘ladi. Barchamizga 
ma’lumki maktabgacha yoshdagi bolaning diqqati juda ko‘chuvchan bo‘ladi. Tarbiyachi esa o‘sha 
diqqatni yo‘qotmaslik uchun o‘zining tasirchan nutqi yoki diqqatni jalb etuvchi ko‘rgazmali 
vositalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi faoliyatni olib borish jarayonida har bitta bolaning harakter xususiyatidan kelib 
chiqib munosabat o‘rnatadi. Ta’limiy faoliyat davomida tarbiyachiga quloq tutadigan bolalar ham, 
hayol surib o‘tiradigan bolalar ham bo‘ladi. Hayol surib o‘tirgan bola tarbiyachiga ta’sir 
o‘tkazmasligi lozim, chunki, bunday bolalarning birinchi turi ta’limiy faoliyat davomida o‘zi 
anglamagan holda kerakli ma’lumotlarni ilg‘ab oladi. Ikkinchi tur bolalar esa, bu faoliyatga ayni 
vaqtda tayyor emas, ya’ni istashmaydi. Masalan: tarbiyachi elementar matematikadan hisoblashni 
o‘rgatmoqda, bu bolaning hayoli esa oldingi o‘tilgan rasm faoliyatida. Bunday bolani majburlab 
o‘rgatishning imkoni yo‘q. Mayli, o‘sha bolani o‘zi istagan faoliyat bilan mashg‘ul qiling. Siz 
bermoqchi bo‘lgan ma’lumotni esa, boshqa vaqtda, ya’ni, individual shug‘illangan vaqtingizda 
berishingiz mumkin. Bizga ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bola o‘zini padshohlardek his etadi. 
Bu o‘rinda mana shu to‘rt misra she’rni keltirib o‘tish mumkin: 
Bolaligim podsholigimdir
Podshohlardek hukm qilaman. 
Agar kimdir aytganim qilsa, 
Avliyodek yaxshi ko‘raman. 
Dam olish daqiqasining to‘g‘ri tashkil etilganligi. Ta’limiy faoliyat davomida tashkil etilgan 
dam olish daqiqasi bolaning diqqatini barqarorlash hamda jismoniy va aqliy jihatdan 
tetiklashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Faoliyat davomida bolani rag‘batlantirib 
borish ikki xil turda bo‘ladi: 
1.
Ta’limiy faoliyat davomida og‘zaki rag‘batlantirish. 
2.
Ta’limiy faoliyat yakunida rag‘bat kartochkalari orqali rag‘batlantirish. 
Bolani rag‘batlantirib borish keyingi faoliyatning samarali boshlanishi uchun zamin 
yaratadi. Rag‘bat bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni va bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. 
Tarbiyachi ta’limiy faoliyat davomida erishmoqchi bo‘lgan eng a’lo natijani bolada o‘yin orqali 
tashkil etilgan faoliyat natijasida erishadi. Chunki maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi 
faoliyati bu – o‘yindir. O‘yin orqali tashkil etilgan har qanday ta’limiy faoliyat bolaga hayotiy 
voqea-hodisalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib boradi. Bolalar o‘yinlar orqali juda ko‘p tarbiya 
turlarini egallab boradilar. Masalan: jismoniy, aqliy, mehnat, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, 
huquqiy, estetik va boshqa tarbiya turlari. Bolaning ta’limiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ham 
aynan o‘yin orqali shakllintiriladi. Ya’ni, shuni takidlash joizki, qachonki biz tarbiyachilar bola 
bilan do‘stona munosabatda bo‘la olsak, o‘ylaymanki, biz o‘z o‘ylagan maqsadimizga juda oson 
va tez erishamiz.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish