B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Ikkinchidan, 
bolalarimiz erkin xolatda kasb tanlaydi – “Aqlli bog‘cha”, innovatsion tarbiya 
usuli yo‘nalishidagi “Maktabgacha yoshdagi bolalar ongi va aqlining bosqichma-bosqich 
shakllanishi uchun xizmat qiladigan musiqiy antologiya yaratish” loyihasiga va uni 
tijoratlashtirishga ehtiyoj mavjudligini inobatga olganda soha mutaxassislari va olimlarning ilmiy-
amaliy ish natijalari qoniqarli emasligi e’tirof etilmoqda. Bu borada farzand tarbiyasi bilan 
shug‘ullanayotgan ota va onalar uchun psixologik, pedagogik, fiziologik, anatomik ma’lumotlarni 
o‘zida jamlagan antologiya vositasida bolaning intellekt darajasi, kasbiy moyilligi va intilishlarini 
nazorat qilish va rivojlantirish uchun muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
Uchinchidan, 
oila maktabi musiqa vositasida farzandning aqliy intellektual rivojlanishi va 
uni har bir yilda ongining shakllanish davriga mos sh’eriy, musiqaviy va mohir san’at ustalari 
ijrosidagi antologiya bilan ta’minlash – ota-onalarning bola tarbiyasiga yangicha, hali amaliyotda 
qo‘llanimagan innovatsion yondashuvidir. 
To‘rtinchidan
, olib borilgan tadqiqot natijasida to‘plangan ma’lumotlarni maktabgacha 
ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda ota-onalar faoliyatiga tatbiq etish o‘z navbatida, ertangi 
kunimizning davomchilari bo‘lmish yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib 
tarbiyalashga xizmat qiladi.
Beshinchidan
, musiqa san’ati vositasida bolalarni ijtimoiylashuvini amalga oshirish hamda 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi “Musiqa madaniyati” darslariga tayyorlash bo‘yicha tizimli 
metodik ishlarni tashkil etish lozim.
Shuningdek, jamiyatimizdagi oila maktabida musiqa vositasida farzandning aqliy 
intellektual rivojlanishini ta’minlash borasida yangicha innovatsion yondashuv bilan 
qurollantirilishi zarurati ijobiy yechimini kutayotgan dolzarb masaladir.


31 
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari rejaviy yechimida asosiy va ustuvor 
bo‘lgan muammolarni hal qilish borasidagi ilmiy vazifalar quyidagicha: 

maktabgacha ta’lim muassasalarining hozirgi mavjud holatini tadqiq qilish; 

xorij tajribasini o‘rganish va xulosalar chiqarish; 

maktabgacha ta’lim muassasalarida kasbiy mahoratni shakllantirishga yordam beradigan 
kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni o‘rganish; 

farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ota va onalar uchun psixologik, pedagogik, 
fiziologik, anatomik ma’lumotlarni o‘zida jamlagan musiqiy antologiya vositasida bolaning 
intelekt darajasi, kasbiy moyilligi va intilishlarini nazorat qilish va rivojlantirish bo‘yicha uslubiy 
tavsiyalar ishlab chiqish; 

maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-
tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish; 

maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

innovatsion bolalar bog‘chasining bugungi standart talablaridan kelib chiqqan ota-onalar 
uchun farzandining istiqbolini belgilash, kasbga yo‘naltirish, jamiyatning eng muhim strategik 
vazifasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning poydevori bo‘lgan intellektual va har tomonlama 
garmonik rivojlangan shaxslarni tarbiyalash; 

musiqa san’ati vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning innovatsion 
faoliyatida yaxlit tizimni yaratishning tashkiliy metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha 
yaxlit antologiyani ishlab chiqish ularni didaktik-pedagogik ta’minotini takomillashtirish. 
Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ota va onalar uchun psixologik, pedagogik, 
fiziologik, anatomik ma’lumotlarni o‘zida jamlagan antologiya vositasida bolaning intelekt 
darajasi, kasbiy moyilligi va intilishlarini nazorat qilish va rivojlantirish uchun muhim manba 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Yaponiya, Germaniya va Fransiya kabi taraqqiy etgan davlatlar tajribasi asosida 
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning jismoniy rivojlanishi bilan bir qatorda, tafakkur 
erkinligi, mustaqil fikrlashni shakllantirishga jiddiy yondashiladi. 
Bu kabi antologiya shakliga keltirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish tendensiyasi xorijiy 
davlatlarda ham amalga oshirilmoqda. 
Oila maktabida musiqa vositasida farzandning aqliy intellektual rivojlanishini ta’minlash 
borasida yangicha innovatsion yondashuv bilan qurollantirilishiga olib keladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish