Adabiyotlar:
1.
Voxidov M. Bolalar psixologiyasi. – T., 1992.
2.
Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. –T.: O‘qituvchi, 1994.
3.
Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. –T., 2004.
4.
G‘aybullaeva M., D.Gaybullaeva. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi.
–T.: Ilm-ziyo nashriyoti, 2006.
5.
Ivanov P.I., Zuffarova M.E. Umumiy psixologiya. –T., 2008.
6.
Ibragimov X., Yuldoshev U. Pedagogik psixologiya. –T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2009.
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA PEDAGOGLAR KASBIY KOMPETENTLIGI
VA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH
Allaberdieva K.X.
Termiz davlat universiteti, o‘qituvchi
Hakimova L.A.
Termiz davlat universiteti, talaba
Maktabgacha ta’lim – bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga
qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan maktabda
o‘qishga tayyorlashni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’limdagi bunday muhim vazifalarni amalga
oshirishda tarbiyachi-pedagoglik kasbi ayniqsa, alohida ahamiyatga ega.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim,
faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifalarni bajaradi.
Bola shaxsining shakllanishida tarbiyachining yetakchi rol o‘ynashi, uning har bir bolani
shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Tarbiyachi bolalarga kundalik
hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan
27
muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy
xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-
atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak hamda ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata
olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur.
Shunday ekan, maktabgacha ta’limda tarbiyachilar bolaning individual va yosh
xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlovchi, uni
uzluksiz ta’limning keyingi bosqichi – maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama
maqsadli yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish lozim.
Buning uchun avvalo, maktabgacha ta’lim sohasidagi tarbiyachi-pedagoglar kasbiy
kompetentlikka ega bo‘lishlari muhim hisoblanadi.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikning bosh ko‘rsatkichi bu insonga, shaxsga yo‘nalganlikdir.
Kasbiy-pedagogik kompetentlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat
qila olish malakasini qamrab oladi.
Ta’limda kompetentlik bilan yondashuv tarbiyachilarni turli ko‘nikmalarni egallash,
kelejakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga yo‘naltiradi.
Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim olishga,
o‘qishga ishtiyoq uyg‘otib boriladi. Bu o‘rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga
tayyorlash maqsadida, dastlabki o‘quv elementlarini o‘rgatish lozim. Buning uchun maktabga
tayyorlov yoshidagi bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarligi quyidagi
ko‘rsatkichlari jihatdan ta’lim olishga tayyor bo‘lish kerak:
jismoniy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihatdan rivojlanishining fiziologik darajasi);
psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining hissiy, mental (aqliy), irodaviy
rivojlanish darajasi);
ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihatdan ijtimoiy rivojlanish darajasi).
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh
o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga
qadam qo‘yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki, uning yangi bilimlarni
egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda
tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi,
qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun
maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga
tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak
bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam
beradi.
Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus
ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar
bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun
esa ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik jamoasining o‘rni shundan iboratki, ular har bir
bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar
qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda
o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil,
o‘xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan
ajralib turadigan rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi
farqlarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi.
Bugungi kunda ta’limning yetakchi ustuvor yo‘nalishlaridan biri ta’lim jarayonining
kommunikativ yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki u shaxslararo munosabatlarni tartibga solishga,
kommunikativ muammolarni hal qilishga qodir shaxsni shakllantirish, uning zamonaviy ijtimoiy-
madaniy makonda muvaffaqiyatli moslashishini ta’minlashi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun,
28
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda tarbiyachilarning kommunikativ kompetensiyani
rivojlantirish hamda bolalarning maktab bilimlarini o‘rganishga tayyor bo‘lish malakasini
shakllantirib borishi talab etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bola yaxshi bo‘lishga, hamma narsani to‘g‘ri bajarishga intiladi
hamda tengdoshlarining harakatlarini baholaydi, kattalar va bolalar bilan munosabatlarni
rivojlantiradi. Albatta, bu intilish kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |