B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Литературы
1.
Закон Республики Узбекистан «О гарантиях прав ребенка». –Т., 2008. 
2.
Положение 
о 
государственных 
и 
негосударственных 
дошкольных 
образовательных организациях общего типа. –Т., 2019. 
3.
Борисова Н.В, Прушинский С.А. Инклюзивное образование: право, принципы, 
практика. –М., 2009. 
4.
 
http://mdo.uz/ru/news/o-merah-po-korennomu-soversenstvovaniu-upravlenia-sistemoj-
doskolnogo-obrazovania
 
5.
Адаптированная учебная программа для детей с особыми потребностями в возрасте 
от 2 до 7 лет. МДО. –Т., 2019.
6.
Муминова Л.Р., Нуркелдыева Д.А. Проблемы и пути решения безречевых детей со 
сложными нарушениями раннего возраста // журн. «Науки о здоровье». 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
PEDAGOGIKA KOLLEJLARINING MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI 
O‘QUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR 
 
Azizov O.E.
Jizzax politexnika instituti, tayanch doktorant
 
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan keyingi muhim qadamlardan biri milliy ta’lim va 
tarbiya tizimini davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga olib chiqilganligini 
ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob 
uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi. Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini 
hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan – barkamol avlodni 
tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim 
muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 9 
sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PQ-3261-sonli hamda 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarorlarida bir qancha keng 
ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shulardan hozirgi kunda 
dolzarb bo‘lib turgan masalalardan biri –maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog 
kadrlarni tayyorlash muhim ekanligini to‘g‘ri tushinib yetgan holda pedagogika oily ta’lim 
muassasalarida, respublikamizdagi mavjud pedagogika kollejlarida bu sohada faoliyat olib 
boradigan mutaxasislarni keraklicha ta’minlab berish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Pedagogika kolleji o‘quvchilari ta’lim olish jarayonida egallagan nazariy 
ma’lumotlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash davomida kerakli tajribalarga 
ega bo‘lib bormoqda. Bo‘lajak tarbiyachilar amaliyot o‘tash jarayoniga tezda moslashib olishlari 
uchun, bog‘cha bolalari tomonidan amalga oshiradigan turli-tuman hatti-harakatlarni tez anglab 
olishlari uchun ham ularda eng muhim jihatlaridan bo‘lgan kommunikativ kompetensiyani 
rivojlantirish dolzarb masalalardan ekanligini unutmasligimiz lozimdir. Kollej o‘quvchilarining 
kommunikativ kompetensiyasi rivojlanish bosqichida bo‘lganligini hisobga olgan holda ta’lim-
tarbiya berishda bunga alohida ahamiyat qaratilishi kerak.


22 
Kommunikativ kompetensiyani maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘nalishi bo‘yicha 
qaraydigan bo‘lsak, maktabgacha yosh – bu shaxsning jadal rivojlanish davri, bu hissiy va 
intellektual sohalarning birligi sifatida ong yaxlitligini shakllantirish, turli xil faoliyatlarda 
bolaning mustaqilligi va ijodiy individualligi asoslarini shakllantirish bilan bog‘liqligini, yana 
shuningdek, J.Ravenning «…kompetentsiya – bolaning qiziqish darajasiga qarab individual 
ravishda namoyon bo‘ladi», degan fikrlarini tushunib yetgan holda kollej o‘quvchilarida nutq 
madaniyati va fikrlash ko‘nikmalarini birgalikda shakllantirilgandagina amalga oshirish 
mumkinligini anglashimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish 
mashqlarini olib borishda o‘zlari ham bolalardek rolga kirishib bajara oladigan, o‘zbek xalq 
og‘zaki ijodi namunalaridan foydalana olishga va to‘g‘ri fikr-mulohaza chiqarishga o‘rgatib 
borishimiz muhimdir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining keng tarqalgan, bolalar uchun sevimli bo‘lgan 
ertak janrlaridan foydalanishda ijobiy va salbiy qahramonlarning tilidan so‘zlayotganda bularning 
hayotga bo‘lgan munosabatlarini ifodalashda o‘quvchining so‘z boyligi va nutqining grammatik 
tuzilishini rivojlantirishga yordam beradigan til vakolatlarini shakllantirish eng katta 
imkoniyatlarga ega. O‘quvchilar ertaklarni aytib berishda qahramonlar tilidan so‘zlay olishga, 
ichki his-tuyg‘ularini uyg‘ota olishga, bolalarning so‘zlash mahoratini sezilarli darajada 
boyitishga harakat qilishda o‘zlarining shaxsiy harakatlarining faollashishi, tasvirni yaratishda, 
g‘oyalarni amalga oshirishda ijodkorlikning namoyon bo‘lishi, harakatlar, yuz ifodalari, 
intonatsiya yordamida badiiy obrazni uzatish, o‘z nutqining o‘zini o‘zi boshqarish darajasini 
oshirish, uni takomillashtirishga intilish, bolalar bilan gaplashayotganda uyatchanlik, qo‘rqoqlik, 
ishonchsizlikni yengish kabi bir qancha hislatlarni shakllantirgan bo‘lmog‘i lozimdir. Pedagogika 
kollejlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilarga nutq 
madaniyatini o‘rganib olishlari uchun o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar muntazam ravishda 
amalga oshirilib borishi muhimdir. Mashg‘ulotlar ko‘proq o‘yin tarzida, ertaklarni sahnalashtirib 
jonli yetkazib bera olish ko‘nikma va malakalarini shakllantiririb borishga, o‘quvchilarning 
o‘zlariga mustaqil ravishda milliy xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda yangi 
obrazlarni yaratishga o‘rgatib borish ham nutq boyligining ortishiga, fikrlash doirasining 
kengayishiga olib keladi. O‘quvchilar izlanishlari natijasida bir-birlari bilan erkin muloqatga 
kirishishda diologik nutqdan foydalanish qoidalarini, o‘zlari o‘ylab topayotgan ertak 
qahramonlarining boy sarguzashtlarini yaratish maqsadida o‘zbek tilining izohli lug‘atidagi 
jumlalarni izlab topishga harakatlari natijasida monologik nutqini ham rivojlantirib boradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, pedagogika kollejlarida ta’lim olayotgan 
o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda mustaqil va amaliy 
topshiriqlarni birgalikda bajarib borishlari, o‘zlari erkin holatda yangi g‘oyalarni izlab topish 
uchun ijodiy muhitning yaratilib berilishi o‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmalari va nutq boyligining 
oshishiga olib keladi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish