16
SOG‘LOM AVLOD TARBIYASIDA TIBBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH VA
RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Abdunazarova Z.Sh.
Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali, o‘qituvchi
Sog‘lom avlodni shakllantirish – jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish negizida
amalga oshriladi. Buning uchun esa, jamiyatning har bir a’zosi sog‘lom turmush tarzini yo‘lga
qo‘yishi, salomatlikni madaniyatlilikning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilish lozim. Yoshlar
hayotida, yurish-turishida ham mana shunday yangicha tafakkurning shakllantirilishi bu boradagi
barcha muammolarga yechim bo‘lib xizmat qiladi. 2008 yilda qabul qilingan “Yoshlar yili”
dasturida yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllantirishning asosiy komponentlari:
–
yoshlarning tibbiy madaniyat
darajasini oshirish;
–
sog‘lom oila qurishga intilishni shakllantirish;
–
OITS, giyoxvandlik, kashandaliva boshqa zararli odatlarga qarshi kurash bo‘yicha
profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish;
–
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
–
yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish sifatida belgilandi.
Bu me’yoriy xujjatlarning barchasida aholi va yoshlar salomatligini muhofaza qilish,
yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllantirish imkoniyatlari deklarativ jihatdan ko‘rsatib
berilgan. Shu nuqtai nazardan yondoshadigan bo‘lsak, bizning nazarimizda, talaba-yoshlardagi
reproduktiv madaniyatni shakllantirishning asosiy komponentlari va yo‘nalishlarini quyidagicha
belgilash maqsadga muvofiqdir:
–
qizlarni
oilaviy hayotga ruhiy, jismoniy va tibbiy jihatlardan tayyorlash;
–
talaba-yoshlarda sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv madaniyatni o‘zlashtirishiga
erishish;
–
oila, mahalla, ta’lim muassasalari, NNT, ommaviy axborot vositalari va tibbiyot
xodimlari hamkorligida tashviqot-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
Ma’lumki, sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat qilish,
faol dam olish, sport bilan doimiy shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy, kasbiy va
psixologik gigienaga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, zarurli odatlardan o‘zini tiyish, har yili
shifokor ko‘rigidan o‘tib turish va sog‘lom oilani shakllantirishda o‘z ifodasini topadi.
Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi bu shaxsning sog‘lom oilani shakllantirish va sog‘lom
farzand ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikmalarida ham o‘z ifodasini topadi. Bugungi kunda
oliy ta’limda talaba-yoshlarni intelektual, kasbiy, ahloqiy va madaniy rivojlanish talablarini
qondirishda, ulardagi sog‘lom turmush tarzi borasidagi bilim, ko‘nikmalarni, reproduktiv
madaniyatni shakllantirish ta’lim maqsadlarining asosiy qismi bo‘lib hisoblanmoqda.
Xususan, pedagogik kasb doirasidagi mutaxassislarda. Xo‘sh, buning zaruriyati nimada?
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan keng
foydalanib kelinayotgan bir paytda onalar xastaliklari, bolalar o‘limi, zaif, nogiron bolalarning
tug‘ilishi miqdorining ortib borayotganligi, onalar va bolalar salomatligining yomonlashuvi
kabi noxushliklarning ham kuzatilayotganligi bevosita oila masalalariga,
onalar va bolalar
salomatligiga, sog‘lom onalardan sog‘lom farzandlarning tug‘ilishi masalasiga alohida e’tibor
berishni, yoshlarni, hali oila qurib ulgurmasdanoq ularni oilaviy hayotga har tomonlama
tayyorlash bilan bir qatorda, ularda oilada farzandlarning dunyoga kelishi va shu bilan bog‘liq
masalalarga oid ilmiy asoslangan bilimlarini o‘z vaqtida va yuqori saviyada berishni taqozo
etadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson sog‘ligining 20-25% atrof-muhit ta’sirida, 20%
nasliy omillar asosida, qolgan 55% har-xil sabablar, o‘z sog‘ligi turmush tarziga bo‘lgan
e’tibori ta’sirida shakllanar ekan. Sihat-salomatlik muammolari bo‘yicha keltirilgan mazkur
17
dalillar, shaxsning sog‘lom turmush tarzi borasidagi tasavvurlari, savodxonlik darajasi
shaxsning o‘sib, voyaga yetishida asosiy omil ekanligini isbotlaydi.
Sihat-salomatlik – shaxsning ijtimoiy biologik o‘sish jarayonidagi asosiy omil bo‘lib
hisoblanadi. Mazkur tushuncha tahliliga adabiyotlarda turlicha yondashuvlar mavjud.
Masalan, V.Dal lug‘atida “Sihat-salomatlik – bu
organizmning tiriklik holati, kasallikning
yo‘qligi” deya izohlansa, butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti salomatlik tushunchasining
quyidagi ta’rifini taklif qiladi, ya’ni: “Salomatli – bu nafaqat kamchiliklar va kasalliklarning
barham topishi, balki uni to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy-ma’naviy, muvaffaqiyatli
muhofaza qilishdan iboratdir”. Yuqoridagi izohlarga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, bizningcha,
“Sihat-salomatlik – bu insonning tom ma’noda kasalliklardan holi bo‘lgan fizik va aqliy
holatidir”.
Tibbiy ensiklopediyalarda sihat-salomatlik tushunchasi 4ta asosiy yo‘nalishga bo‘lib
izohlanadi va o‘rganiladi:
1.
Holati bo‘yicha sog‘liq. Bu yo‘nalish – organizmning umumiy holatini belgilovchi,
uning biologik o‘sishi va rivojlanish jarayonini belgilaydi.
2.
Harakat bo‘yicha sog‘liq. Bu yo‘nalish – inson organizmi har xil a’zolarining harakat
vazifalarini ta’minlash, o‘sish darajasini belgilaydi.
3.
Ruhiy sog‘liq. Bu atama fanga 1979 yilda kiritilgan bo‘lib, inson ruhiy xolatini
aniqlaydi. Shaxsning ruhiy holati ya’ni quvonch-tashvishlari, turli o‘zgarishlar, voqealarning
sihat-salomatlikka bo‘lgan ta’sirini tabiiy va ijtimoiy imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘rganadi.
4.
Ma’naviy sog‘liq. Bu shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, o‘z xatti-harakatlari,
ichki kechinmalarini tartibga solish, umuminsoniy qadriyatlarga
sodiqlik va ulardan hayot
tarzini yo‘lga qo‘yishda foydalanish, og‘ir hayotiy vaziyatlarda oqilona yo‘l tanlash
ko‘nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi. Ba’zi bir rus olimlari masalan, T.F.Akbashev,
B.A.Klassov insonning ma’naviy salomatligini uch omil birligida ya’ni ijtimoiy, intelektual
va reproduktiv sog‘liq bilan to‘ldiradilar.
Ularning fikricha, intellektual sog‘liq fikrlash, axborotlarni qabul qilish va uni
yetkazishda o‘z aksini topsa, ijtimoiy sog‘liq, insonni ijtimoiy faolligida jamiyatda o‘z o‘rnini
topishi, kasbiy kamolotida o‘z ifodasini topadi. Reproduktiv sog‘liq esa ota-onalar bilan
bo‘lgan aloqada, oilaviy
munosabatlar, jinsiy madaniyat, farzand ko‘rish va uni tarbiyalash
bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda namoyon bo‘ladi.
Salomatlik, sog‘lom turmush tarzi muammosi bo‘yicha shug‘ullanuvchi
tadqiqotchilardan R.Ayzman ham shaxs salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganar ekan,
uning quyidagi darajalarini ajratib ko‘rsatadi:
-
jismoniy, ya’ni genetik, biokimyoviy, metabolik, morfologik, funksional;
-
ruhiy, ya’ni hissiy, aqliy, shaxsiy;
-
ijtimoiy-ma’naviy yoki ahloqiy.
Inson jismoniy salomatligining asosini shaxs individual taraqqiyotining biologik dasturi
tashkil qiladi, deydi olim. Ruhiy salomatligini esa inson qalban umumiy qulaylikka ega
bo‘lishi, xulq-atvorining mutanosib tarzda boshqarishi, shuningdek, ahloqiy salomatligi esa
qadriyatlar tizimi, ijtimoiy muhitda individ xulq-atvorining barqarorlashuvi kabilarni qamrab
oladi. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda. reproduktiv salomatlik alohida yo‘nalish
sifatida
o‘rganilmagan bo‘lsada, shaxs ma’naviy-ahloqiy salomatligining tarkibiy qismi sifatida tadqiq
etilgan.
Ma’lumki, reproduktiv so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, tiklanish, takrorlanish, “produco” –
yarataman ma’nosini anglatadi. Reproduktiv – biologiyada organizmning o‘ziga o‘xshash
organizmlarni yaratishi, ko‘payishi ma’nosini bildiradi. Reproduktiv salomatlik esa – ayolning
qachon va qanday sharoitda ona bo‘lishi va undan tug‘ilajak bolaning ham salomatligi uchun
maqbul shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan salomatlik ko‘rinishidir. Reproduktiv
18
madaniyat tushunchasi reproduktiv salomatlikka qaraganda kengroq masalalarni qamrab oladi.
Bunda, asosiy e’tibor, shaxsning reproduktiv salomatlik borasidagi nazariy bilimlarining
amaliy ifodasi, shuningdek, oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasining to‘laqonli
anglashi bilan bog‘liq savodxonlik darajasiga qaratiladi.
Chunki, tadqiqot muammosi sanalgan talaba-yoshlarda reproduktiv madaniyatni
shakllantirish ma’naviy-ahloqiy barkamol shaxs, yetuk
mutaxassisni tarbiyalashda,
shuningdek, respublikamiz aholisining milliy, demografik, ekologik, etnopsixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli,
aholining bir
maromda o‘sishi va rivojlanishi, ya’ni, demografik mo‘tadillikni ta’minlashga ham xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: