KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Abdullaeva B.S.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, p.f.d, professor
Inson shaxsining barcha bilimlari rivoji darajasiga qator yangi talablarni ilgari suruvchi
jamiyatni axborotlashtirish ta’lim tizimini ham chetlab o‘tmadi. Yaqindagina maktab bitiruvchisi
katta hayotga juda sekin o‘zgaruvchan holda qadam qo‘yardi. Bugungi kunda axborot oqimining
shiddatli o‘sishi (jamiyatda axborot turlarining keskin o‘sishi) sababli har bir yangi avlod asosiy
bilimlarni talab etuvchi butunlay yangi vaziyatga duch kelmoqda. Ko‘plab yetakchi olimlar bilim-
ma’rifatli ta’lim paradigmasiga asoslangan mavjud an’anaviy maktab modeli bugungi zamon
talabiga javob bermasligini ta’kidlamoqdalar. Zamonaviy ta’lim muassasalari ijtimoiy faol, ijodiy
tafakkurga ega shaxsni, bitiruvchilarda axborot oqimiga yo‘naltirilgan malakalarni
shakllantirishga, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, mustaqil ta’lim, mavjud bilimlarni
chuqurlashtirish va kengaytirishni o‘z oldiga qo‘ygan. Axborot kompetentligi tushunchasi
bugungi kunda aniq belgilangan va mustahkamlangan hisoblanmaydi. Mualliflar mazkur
tushunchaning talqinida urg‘uni turlicha qo‘yadilar. Hozirgi vaqtda “axborot madaniyati” atamasi
qo‘llaniladigan qator ishlar mavjud bo‘lib, bunda, axborot kompetentligi to‘g‘risida gap boradi,
ayrim tadqiqotlarda mualliflar “axborot kompetentligi” va “axborot madaniyati” atamalarini
sinonimlar sifatida qo‘llaydilar.
Ammo mazkur tushunchalarni farqlash lozimdir. B.S.Gershunskiyning ishida ta’lim
natijalari darajalarining pog‘onalari belgilangan bo‘lib, ular o‘sib borishi bo‘yicha quyidagicha
ko‘rinishga egadir: savodlilik - ma’lumotlilik - kasbiy kompetentlik - madaniyat - mentalitet [1].
«Pedagogik ensiklopediya»da madaniyat “jamiyat rivojining, inson ijodiy kuchi va
qobiliyatlari, ularning o‘zaro munosabatlaridagi, shuningdek, ular tomonidan yaratiladigan
moddiy va ma’naviy qadriyatlardagi tarixiy muayyan darajasi. Madaniyat o‘z ichiga ... inson
faoliyatida amalga oshiriladigan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar, intellektual, axloqiy va estetik
10
rivojlanish, dunyoqarash darajasi, muloqot usullari va shakllarini kiritadi” deb ta’riflanadi [2;
b.486]. B.S.Gershunskiyning yuqorida ko‘rsatilgan ishida madaniyat – bu “insonning
ma’lumotliligi va kasbiy kompetentliligining oliy ifodasidir. Aynan madaniyat darajasida insoniy
individuallik to‘liq ko‘rinishda ifodalanishi mumkin” [3; b. 85] deb ta’riflanadi.
Adabiyotlarda “axborot madaniyati” tushunchasini ta’riflashga ko‘pgina yondashuvlar
mavjud. Adabiyotlar tahlili mazkur tushunchaning ko‘p qirraliligi to‘g‘risida xulosaga kelish
imkonini beradi. Madaniy yondashuv nuqtai nazaridan madaniyat insonning umumiy
madaniyatining tashkil etuvchisi sifatida, insoning axborot jamiyatida hayot faoliyati usuli
sifatida, insonning ijtimoiy ahamiyatli axborotning butun hajmini o‘zlashtirishi davomidagi uning
ichki olamining uyg‘unlashuvi jarayoni sifatida qaraladi.
Tor ma’noda axborot madaniyati axborot bilan maqsadga muvofiq ishlash ko‘nikmasi va uni
olish, qayta ishlash va yetkazish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, ya’ni
axborot ehtiyojlarini qondirish uchun yo‘naltirilgan axborot faoliyatini amalga oshirish sifatida
qaraladi. Mazkur holatda, axborot kompetentligi to‘g‘risida aytish o‘rinlidir.
«Axborot kompetentligi» tushunchasining mazmuniga turli mualliflar nimalarni
kiritishlarini ko‘rib chiqamiz. O.N.Krilova, axborot kompetentligini shaxsning axborotni mustaqil
izlash, tanlash, tahlil qilish, tashkil etish, ifodalash va yetkazish qobiliyati sifatida qarash
mumkinligini ta’kidlaydilar [4].
Amerikalik pedagog F.S.Shlextining ta’kidlashicha «maktab dasturining tayanch kursini
muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan o‘quvchilar o‘z bilimlarini tanish vaziyatlarda qo‘llashga
o‘rganadilar, diplomga ega bo‘ladilar, ammo axborot bilan mustaqil ishlash va bilim egallashni
bilmaydilar, axborot jamiyatida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar» [5; b.6]. Shuning uchun
zamonaviy umumiy ta’lim maqsadlaridagi asosiy ustunliklardan biri sifatida axborot
kompetentligi hisoblanadi. N.A.Morozova o‘zining ishida [6] shaxs rivojlanishining turli yosh
davrlarida turli asosiy kompetentliklarni shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi (masalan,
maktabgacha davrda – birinchi navbatda shaxsiy va kommunikativ; maktab davrida –
umummadaniy, o‘quv-bilish, axborot, kommunikativ; kasbiy tayyorgarlik davrida – qadriyatli-
mazmunli, umummadaniy, ijtimoiy-mehnat, axborot, kommunikativ, siyosiy va ijtimoiy,
ko‘pmadaniyatli jamiyatda yashash kompetentliklari, butun umr davomida ta’lim olish qobiliyati
va istagini amalga oshiruvchi kompetentliklar). Ammo insonning butun hayoti davomida
shakllantirish zarur bo‘lgan qator kompetentliklar ham mavjuddir. Bunday kompetentliklarga
axborot kompetentligi ham kiradi.
«Umumiy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash strategiyasi»da asosiy kompetentliklar
strukturasida axborot kompetentligi yaqqol ko‘rinishda kiritilmaganligiga qaramay, u mustaqil
bilish faoliyati sohasidagi kompetentliklar – «turli axborot manbalaridan, jumladan maktabdan
tashqari manbalardan bilimlarni egallash usullarini o‘zlashtirish tarkibida kuzatiladi». Mazkur
hujjatning matnida asosiy kompetentliklar to‘plami axborot va kommunikatsion kabi sohalarni
qamrab olishi kerakligi ta’kidlanadi.
O.G.Smolyaninova shuningdek axborot kompetentligini “axborotni izlash, qabul qilish,
qayta ishlash, ifodalash va yetkazishning, axborotni umumlashtirish, tizimlashtirish va bilimga
aylantirishning universal usuli” sifatida talqin etadi [7; b. 161].
N.X.Nosirova bo‘yicha axborot kompetentligi quyidagilar kabi elementlarga ega bo‘ladi:
-
texnik, dasturiy vositalar va axborot sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashga motivatsiya, ehtiyoj va qiziqish;
-
zamonaviy axborot jamiyatining tizimini ifodalovchi ijtimoiy, tabiiy va texnik
bilimlarning majmui;
-
izlanishli bilishga oid faoliyatning axborot asosini tashkil etuvchi bilimlar;
-
izlanishli bilishga oid faoliyatning operatsion asosini belgilovchi usullar va amallar;
-
dasturiy ta’minot va texnik resurslar sohasida izlanish faoliyati tajribasi;
-
«inson-kompyuter” munosabatlari tajribasi [8].
11
Axborot faoliyatidagi kompetentlik shuningdek axborot texnologiyalarining salbiy
oqibatlarini bartaraf etish qobiliyatida ifodalanadi (masalan, haqiqatdan yiroqlashish,
kompyuterdan qo‘rqish, muloqotning pasayishi, muloqot bo‘yicha sherigining shaxsini hisobga
olmaslik va uni xabarlar to‘plamiga tenglashtirish hisobiga mehnatni noinsonparvarlashtirish va
boshqalar).
Adabiyotlar tahlili «axborot kompetentligi» tushunchasining ko‘p qirraliligi to‘g‘risidagi
xulosaga kelish imkonini beradi. Ahamiyatli belgilar qatoriga axborot dunyoqarashi, informatika
sohasidagi nazariy bilimlar, axborotni izlash, tahlil qilish va foydalanish bo‘yicha bilimlar,
ko‘nikmalar va malakalar majmui, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning amaliy
ko‘nikma va malakalari, faol ijtimoiy qarashlarning va ta’lim muhiti sub’ektlari motivatsiyasining
ifodalanganligi kiritiladi.
«Axborot kompetentligi» tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan tor va keng ma’noda
o‘rganiladi. Tor ma’noda axborot kompetentligi axborotni izlash, qabul qilish, qayta ishlash,
taqdim etish, uzatish uchun yangi axborot texnologiyalari, zamonaviy texnik vositalar va
metodlardan foydalanish ko‘nikmasi bilan bog‘lanadi. Axborot kompetentligi nafaqat axborot
bilan ishlash uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi bilan, balki
axborotni tahliliy-sintetik qayta ishlashni amalga oshirish, axborot-izlash tizimi sifatida
kutubxonadan foydalanib axborot-izlash vazifalarini hal qilish, ya’ni an’anaviy texnologiyalardan
foydalanish bilan axborot faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq.
Ta’limni modernizatsiyalash mazmunida bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlash sifatining integral
ko‘rsatkichi sifatida kasbiy kompetentlikni tushunish kerak bo‘lib, u muayyan bilimlar va
ko‘nikmalar majmui orqali belgilanmaydigan, balki insonning aniq bir vaziyatda egallangan
bilimlar va tajribalarini amalga oshirish ko‘nikmalarini ifodalaydi. O‘qituvchining kasbiy
mahorati o‘z ichiga turli kompetentliklarni, jumladan axborot kompetentligini kiritadi.
Zamonaviy sharoitlarda o‘qituvchining axborot kompetentligi uning umuman kasbiy
pedagogik kompetentligini belgilashi ma’lumdir.
Shu tariqa, o‘qituvchining axborot kompetentligi uning kasbiy kompetentligining zaruriy
tashkil etuvchisi sifatida qaraladi. Turli mualliflar o‘qituvchining axborot kompetentligiga
informatika asoslari sohasidagi bilimlar va ko‘nikmalar; ta’lim sohasidagi hujjatlarning asosiy
turlari va nashr ko‘rinishlarini bilish; axborotni analitik-sintetik qayta ishlashning formal
metodlarini egallaganlik; kasbiy axborot ehtiyojlariga mos ravishda axborot izlash usullarini
egallaganlik; axborotni interpretatsiyalash hamda ta’lim va tarbiya vazifalariga moslashtirish
ko‘nikmalari; o‘quv axborotini bayon etish ko‘nikmalari; yangi axborot texnologiyalari va Internet
tarmog‘idan foydalanib axborotni to‘plash, qayta ishlash, izlash, saqlash va taqdim etish bilan
bog‘liq ko‘nikmalar; o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun unda yangi
axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari kabi tashkil etuvchilarni
kiritadilar.
Kompetentlikning tabiati shundayki, u faqatgina insonning qadriyatlari bilan uyg‘un
birlikda, ya’ni mazkur faoliyat turidan chuqur shaxsiy manfaatdorlik sharoitida namoyon bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun axborot kompetentligining kognitiv (bilimlar) va operatsional-texnologik
(ko‘nikmalar, tajriba) komponentlaridan tashqari individda axborot faoliyatini sifatli amalga
oshirishga ichki motivatsiyaning mavjudligini, mazkur faoliyatga qadriyat sifatidagi
munosabatning mavjudligini ko‘zda tutadi.
Axborot kompetentlikning shakllanishining mumkin bo‘lgan yo‘llarining tahlilida u yoki bu
mutaxassisning axborot kompetentligi o‘z ichiga nimalarni kiritishini aniqlash zarur. Turli
tadqiqotchilar o‘qituvchining axborot kompetentligi tarkibidagi qanday tashkil etuvchilarni
ajratishlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘qituvchi axborot kompetentligining tuzilishi maktabdagi mavjud turli ma’lumotlar bazasi
bilan ishlash, ularni qabul qilish va ularni o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga aylantirish qobiliyati va
tayyorligi; olingan ma’lumotlarni tizimlashtirish hamda o‘qitishning shaxsiy usullarini tashkil
12
etish qobiliyati va tayyorligi; sinf jamoasi bilan ishlab faoliyatga qo‘shilish, hamkorlik qilish;
axborot va kommunikatsiyani o‘zlashtirishning yangi texnologiyalaridan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |