81
17- §. NATURAL SONLAR USTIDA TO‘RT AMALGA DOIR MASALALAR
YECHISH. AMALLARNI BAJARISH TARTIBI
17.1. Amallarni bajarish tartibi
Qo‘shish va ayirish – I bosqich, ko‘paytirish va bo‘lish esa – II bosqich amallari
deb yuritiladi.
Ifodalarning qiymatini topishda amallarni bajarish tartibi quyidagi qoidalar
asosida aniqlanadi:
1- qoida.
Agar ifodada qavslar bo‘lmasdan, faqat
bitta bosqich amallari
qatnashsa, amallar chapdan o‘ngga qarab yozilish tartibida ketmaket bajariladi.
1- misol.
762 – 413 + 381 – 256 ifodaning qiymatini toping.
Yechish.
Bu ifodada qavslar yo‘q va faqat I bosqich amallari qatnashyapti.
Demak, 1qoidaga ko‘ra amallarni chapdan o‘ngga yozilish tartibida ketmaket
bajaramiz. Amallarni bajarish tartib raqami amallar ustiga yozilgan:
762 – 413 + 381 – 256 = 349 + 381 – 256 = 730 – 256 = 474.
1
2
3
2
3
3
Javob:
Ifodaning qiymati 474 ga teng.
2- misol.
640 : 32 · 56 : 28 ifodaning qiymatini toping.
Yechish.
Ifodada qavs yo‘q va unda faqat II bosqich amallari qatnashyapti.
Demak, 1 qoidaga ko‘ra, amallar chapdan o‘ngga yozilish tartibida ketmaket
bajariladi. Amallarni bajarish tartib raqami amallar ustiga yozilgan:
640 : 32 · 56 : 28 = 20 · 56 : 28 = 1120 : 28 = 40.
1
2
3
2
3
3
Javob:
Ifodaning qiymati 40 ga teng.
2- qoida.
Agar ifodada qavslar bo‘lmasdan, har ikkala bosqich amallari ham
qatnashsa,
oldin II bosqich amallari, so‘ng I bosqich amallari bajariladi.
3- misol.
239 – 24 : 8 + 32 · 7 ifodaning qiymatini toping.
Yechish.
Ifodada qavs yo‘q va har ikkala bosqich amallari ishtirok etyapti.
Demak, 2 qoidaga ko‘ra oldin II bosqich amallarini, so‘ng
I bosqich amallarini
bajaramiz. Amallarni bajarish tartib raqami amallar ustiga yozilgan:
239 – 24 : 8 + 32 · 7 = 239 – 3 + 224 = 236 + 224 = 460.
1
3
2
4
3
4
4
Javob:
Ifodaning qiymati 460 ga teng.
3- qoida.
Agar ifodada qavslar qatnashgan bo‘lsa, oldin qavslar ichidagi
amallar, so‘ng boshqa amallar 1 va 2 qoidalarga ko‘ra bajariladi.
82
4- misol.
(1216 + 16 · 9) : 4 – 1440 : 12 ifodaning qiymatini toping.
Yechish.
Bu ifodada qavslar qatnashyapti. Demak, 3- qoidaga ko‘ra oldin
qavs ichidagi amallarni bajaramiz. So‘ng esa 2 qoidaga ko‘ra
hisoblashlarni
davom ettiramiz. Amallarni bajarish tartib raqami amallar ustiga yozilgan:
(1216 + 16 · 9) : 4 – 1440 : 12 = (1216 + 144) : 4 – 1440 : 12 =
1
2
2
3 5
4
3 5
4
= 1360 : 4 – 1440 : 12 = 340 – 120 = 220.
3
4
5
5
Javob:
Ifodaning qiymati 220 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: