B. Q. Haydarov


Natural sonlarni ayirishning xossalari



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/176
Sana20.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#564708
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   176
Bog'liq
Matematika. 5-sinf (2015, B.Haydarov)

8.2. Natural sonlarni ayirishning xossalari
1. Sondan yig‘indini ayirish xossasi
1-misol.
Hisoblang: 314 - (114 + 77).
1-usul:
314 - (114 + 77) = 314 – 191 = 123.
Bu amallarni quyidagi «sondan yigʻindini ayirish» xossasidan foydalanib 
ham bajarish mumkin. 
Sondan yigʻindini ayirish uchun oldin kamayuvchidan biror qoʻshiluvchini 
ayirish, so‘ng ayirmadan ikkinchi qoʻshiluvchini ayirish kifoya.
2-usul: 
a) 314 - (114 + 77) = (314 – 114) - 77 = 200 – 77 = 123.
b) 314 - (114 + 77) = (314 – 77) - 114 = 237 – 114 = 123.
2. Yigʻindidan sonni ayirish xossasi
2-misol.
Hisoblang: (374 + 231) – 174.
1-usul:
(374 + 231) – 174 = 605 – 174 = 431.
Bu amallarni quyidagi «yigʻindidan sonni ayirish» xossasidan foydalanib 
ham bajarish mumkin.
Yigʻindidan sonni ayirish uchun sonni qoʻshiluvchilardan birortasidan ayirib
hosil boʻlgan ayirmaga ikkinchi qoʻshiluvchini qoʻshib qoʻyish kifoya.
2-usul: 
(374 + 231) – 174 = (374 – 174) + 231 = 431.
Albatta, bu xossani qo‘llash uchun ayriladigan son qoʻshiluvchilarning 
birortasidan katta boʻlmasligi kerak.
3. Ayirishda nolning xossalari
3-misol. 
Ma’lumki, 7 + 0 = 7. 
Unda, ayirish amali ma‘nosiga koʻra, 7 – 0 = 7 va 7 – 7 = 0 boʻladi. 
Demak, quyidagi ayirishda nolning xossalari o‘rinli bo‘ladi.
Sondan nol ayirilganda ayirma oʻsha sonning oʻzi bo‘ladi. Kamayuvchi va 
ayiriluvchi o‘zaro teng bo‘lsa, ayirma nolga teng bo‘ladi.
Savollarga javob bering!
1. Ikkita sonning ayirmasi deb nimaga aytiladi?
2. Kamayuvchi ayiriluvchidan kichik bo‘lishi mumkinmi?
3. Ikki sonning ayirmasi nimani anglatadi?
4. Sondan yig‘indini ayirish qoidasini sonlar nurida tushuntiring.
Sinfda bajariladigan mashqlar
160.
Sonlar nurida 
M
(15) nuqtani belgilang va undan 7 birlik chapda joylashgan 
T
nuqtani belgilang. 
T
nuqtaning sonlar nuridagi koordinatasini toping.


43
161.
Ayirishni amalga oshirib bo‘ladimi? Nega?
a) 342 – 424; b) 654 – 444; d) 399 – 0; e) 0 – 42; f) 23 451 – 23 456.
 
Namuna:
Ayirishni amalga oshirish uchun kamayuvchi ayiriluvchidan kichik 
bo‘lmasligi kerak. a) holda 324 < 424. Demak, ayirishni amalga oshirib 
bo‘lmaydi.
162.
Qo‘shish amali yordamida quyidagi tengliklarni tekshiring: 
a) 2158 – 599 = 1559; b) 2601 – 765 = 1836; d) 10 032 – 2255 = 7777;
e) 11431 – 5316 = 6115; f) 2201 – 345 = 1856; g) 12 209 – 4533 = 7676.
 
Namuna: 
a) 1559 + 599 = 2158. Demak, tenglik to‘g‘ri.
163.
Ayirishni bajaring va natijani qo‘shish amali bilan tekshiring:
a) 1 584 – 239; 
e) 65 432 – 12 345;
b) 4 000 – 798; 
f) 18 644 538 – 7 974 683;
d) 75 319 – 8 642;
g) 200 000 000 – 88 748 345.
164. 
«Lasetti» avtomobili «Neksiya» avtomobilidan a) qanchaga uzun? b) qanchaga 
baland? (1- rasm).
4515 mm
4482 mm
1445 mm
1393 mm
1- rasm

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish