37
7.2. Natural sonlarni qoʻshishning xossalari
Qoʻshish amalining bir nechta xossalarini keltiraylik:
Qoʻshiluvchilarning oʻrnini almashtirgan bilan yigʻindi oʻzgarmaydi.
1-misol:
6 + 3 = 9 va 3 + 6 = 9 bo‘lgani uchun: 6 + 3 = 3 + 6.
Qoʻshishning
bu xossasi
qoʻshishning oʻrin almashtirish qonuni
deb ataladi.
Bir nechta qo‘shiluvchilar yig‘indisi bu qo‘shiluvchilarning
qaysi tartibda
qo‘shilishiga bog‘liq emas.
2-misol:
21, 14 va 45 sonlari yig‘indisini hisoblang.
Yig‘indini ikki xil usul bilan hisoblash mumkin:
1) oldin 21+14 sonlari yig‘indisini topib, unga 45 sonini qo‘shamiz:
(21+14) + 45 = 35 + 45 = 80;
2) oldin 14 va 45 sonlari yig‘indisini topib, unga 21 ni qo‘shamiz:
21+ (14 + 45) = 21 + 59 = 80.
Ko‘rib turganingizdek, natija bir xil, ya’ni bu uchta sonlar yig‘indisi, ularni qaysi
tartibda qo‘shilishiga bog‘liq emas.
Qoʻshishning bu xossasi
qoʻshishning guruhlash qonuni
deb ataladi.
Bundan bir nechta sonlarni qo‘shayotganda, yig‘indida ularning o‘rinini
istalgancha almashtirib yozish yoki ularni qavslar yordamida istalgan tartibda
guruhlash mumkinligi kelib chiqadi:
54 + 67 + 31 + 79 = 67 + 79 + 54 + 31,
54 + 67 + 31 + 79 = (54 + 67) + (31 + 79).
Shuningdek, odatda (4 + 7) + 3 oʻrniga 4 + 7 + 3 yoziladi. Agar yozuvda qavslar
qatnashmagan boʻlsa, qoʻshish chapdan oʻngga qarab birin-ketin bajariladi.
Qo‘shishning guruhlash qonunidan sonlar yig‘indisini
qulay usul bilan
hisoblashda ham foydalanish mumkin.
3-misol:
Yig‘indini qulay usulda hisoblang: 54 + 39 + 78 + 46 + 61.
Qo‘shishning guruhlash qonunidan foydalanib, sonlarni qo‘shishga qulay qilib
quyidagicha guruhlaymiz va yig‘indini topamiz:
54 + 39 + 78 + 46 + 61 = (54 + 46) + (39 + 61) + 78 = 100 + 100 + 78 = 278.
Ikki qo‘shiluvchidan biri nol bo‘lsa, yig‘indi ikkinchi qo‘shiluvchiga teng bo‘ladi.
4-misol:
6 + 0 = 0 + 6 = 6.
Har qanday natural sonni uning xona qoʻshiluvchilari yigʻindisi koʻrinishida
tasvirlash mumkin.
5-misol:
78135 sonini quyidagi qoʻshiluvchilar yigʻindisi koʻrinishida yozish
mumkin:
78 135 = 7 0 0 0 0 + 8 0 0 0 + 1 0 0 + 3 0 + 5
yoki 78 135
= 7 · 10 000
+ 8 · 1000 + 1 · 100
+ 3 · 10 + 5 · 1
Bu xossadan koʻp xonali sonlarni ustun shaklida qoʻshishda foydalaniladi.
38
6-misol:
345 va 621 sonlari yig‘indisini topaylik.
Oldin har bir sonni uning xona qoʻshiluvchilari yigʻindisi koʻrinishida
tasvirlaymiz, so‘ng mos xona birliklarini guruhlab qo‘shib chiqamiz:
345
+
621
=
(300
+
40
+
5)
+
(600
+
20
+
1)
=
(300
+
600)
+
(40
+
20)
+
(5
+
1)
=
966.
Sonlarni
«ustun shaklida qo‘shish»
usuli yuqoridagi hisoblashlarga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: