210
FOIZLARGA DOIR MASALALAR YECHISH
47- §.
1- misol.
Abdurahmon kitobning 36 betini o‘qib chiqdi. Bu kitobning 18 foizini
tashkil qiladi. Kitob necha betdan iborat?
Yechish:
Shartga ko‘ra kitobning 18 foizi – 36 bet. Unda kitobning 1 foizi:
36 : 18 = 2 betni tashkil qiladi. Endi kitobning hamma betlari sonini, ya’ni 100
foizini topamiz. Buning uchun 2 ni 100 ga ko‘paytiramiz: 2 ∙ 100 = 200 (bet).
Javob:
Kitob 200 betdan iborat.
2- misol.
Saylovda 11 570 kishi qatnashib, bu butun uchastka saylovchilarining
89 foizini tashkil qildi. Saylov uchastkasida qancha saylovchi bor?
Yechish:
Shartga ko‘ra saylovchilarning 89 foizi – 11 570 kishi. Unda
saylovchi larning 1 foizi: 11 570 : 89 = 130 kishini tashkil qiladi.
Barcha saylovchilar sonini topish uchun 130 ni 100 ga ko‘paytiramiz:
130 ∙ 100 = 13 000 (kishi).
Javob:
Saylov uchastkasida 13 000 saylovchi bor.
3- misol.
300 gektarlik dalaning 225 gektari haydaldi. Dalaning necha foizi
haydalgan?
Yechish:
Shartga ko‘ra dalaning 225
300
___
qismi haydalgan. Bu kasrni o‘nli
ko‘rinishda ifodalaymiz. Buning uchun 225 ni 300 ga bo‘lamiz. Natijada 0,75 ni
hosil qilamiz.
Demak, dalaning 75 ta yuzdan bir ulushi haydalgan.
Yuzdan bir ulush
1% ekanligini hisobga olsak, dalaning 75 foizi haydalgan bo‘lib chiqadi.
Javob:
Dalaning 75 foizi haydalgan.
4- misol.
Stadion 50 000 kishiga mo‘ljallangan. Navbatdagi futbol o‘yinini
32 500 ta ishqiboz tomosha qildi. Bu o‘yinda stadionning necha foiz o‘rindiqlari
band bo‘lgan?
Yechish:
32 500 ni 50 000 ga bo‘lamiz va bo‘linmani foizlarda ifodalaymiz:
32 500
50 000
_____
= 0,65; 0,65 = 0,65 ∙ 100% = 65%.
Javob:
Stadionning 65% o‘rindiqlari band bo‘lgan.
5- misol.
Abdullayev bankka 50 000 so‘m pul qo‘ydi. Bank Abdullayevga bu
pulni 1 yilda 25 foizga ko‘paytirib qaytaradigan bo‘ldi. Bir yilda Abdullayev puli
qanchaga ko‘payadi? U bankdan 1 yildan keyin qancha pul qaytarib oladi?
Yechish:
Omonatning – 1 foizi: 50 000 : 100 = 500 (so‘m);
25 foizi:
500 ∙ 25 = 12 500 (so‘m) bo‘ladi.
Demak, Abdullayevning omonati 1 yilda 12 500 so‘mga ko‘payib, u yil oxirida
bankdan 50 000 + 12 500 = 62 500 so‘m qaytarib oladi.
Javob:
12 500 so‘m, 62 500 so‘m.
211
6- misol.
Do‘kondagi 30 000 so‘mlik ko‘ylak narxi 15 foizga arzonlashtirildi.
Ko‘ylak narxi qanchaga arzonlashdi? Ko‘ylakning yangi narxi necha so‘mni
tashkil qiladi?
Yechish:
Ko‘ylak eski narxining 1 foizi: 30 000 : 100 = 300 (so‘m);
15 foizi: 300 ∙ 15 = 4 500 (so‘m) bo‘ladi.
Demak, ko‘ylak narxi 4500 so‘mga arzonlashib, yangi narx 30 000 – 4500 =
= 25 500 so‘mni tashkil qilgan.
Javob:
4 500 so‘m, 25 500 so‘m.
7- misol.
Bozorda go‘sht narxi — 25 000 so‘m bo‘lib, u 10 foizga qimmatlashdi.
Go‘shtning yangi narxi qancha bo‘ladi?
Yechish:
Go‘sht narxining 1 foizi: 25 000 : 100 = 250 (so‘m);
10 foizi: 250 ∙ 10 = 2500 (so‘m) bo‘ladi.
Demak, bozorda go‘sht narxi 2500 so‘mga qimmatlashib,
yangi narx
25 000 + 2500 = 27 500 so‘mni tashkil qilgan.
Javob:
27 500 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: