B. Q. Haydarov


a) 30 : 40 = 0,75 = 0,75  · 100% = 75%. 1122



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/176
Sana20.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#564708
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   176
Bog'liq
Matematika. 5-sinf (2015, B.Haydarov)

 
a) 30 : 40 = 0,75 = 0,75 
·
100% = 75%.
1122.
Agar eritma 60 g tuz va 140 g suvdan tayyorlangan bo‘lsa, eritmada necha 
foiz tuz bor?
1123.
Palto 64 000 so‘m turadi. Birinchi marta uning narxi 10 foizga, ikkinchi 
marta esa 1800 so‘mga arzonlashtirildi. Ikkinchi marta palto narxi necha 
foizga tushirilgan?
1124.
Buyurtmaga ko‘ra usta 8 soatda 80 ta detal yasashi kerak edi. 7 soatdan 
so‘ng usta hamma detalning 90 foizini yasadi. Usta shunday mehnat 
unumi bilan ishlab, buyurtmani o‘z vaqtida bajara oladimi?
1125.
Bronza qalay bilan misning qotishmasidan iborat. 6 kg qalay va 34 kg 
misdan iborat bronzada mis qotishmaning necha foizini tashkil qiladi?
1126. 
a) 32 soni 40 dan necha foizga kichik? b) 40 soni 32 dan necha foizga 
katta?
Uyda bajariladigan mashqlar
1127. 
Fermada 250 bosh sigir va buzoq bor. Buzoqlar butun mollarning 22 foizini 
tashkil qiladi. Fermada nechta buzoq bor?
1128.
G‘ishtni tashishda uning 2 foizi sindi, bu esa 1500 tani tashkil qildi. Jami 
nechta g‘isht tashilgan?
1129.
Bir qopda 80 kg un bor, ikkinchisida undan 20% kam. Ikkinchi qopda 
qancha un bor?
1130.
Chilangar bilan shogirdi 1200 ta detal tayyorladi. Shogirdi hamma detalning 
30 foizini tayyorladi. Chilangar nechta detal tayyorlagan?
1131.
220 ta ot va toy haydab kelindi. Toylar butun yilqining 15 foizini tashkil 
qiladi. Yaylovga nechta toy haydab kelingan?
1132. 
Yer yuzi maydoni 510,1 mln km
2
ga teng bo‘lib, uning 22,9 foizini quruqlik, 
qolganini esa suv tashkil qiladi. Yer yuzining taxminan qanday maydoni 
suv bilan qoplangan?


213
1133. 
Shirin choy hosil qilish uchun 200 grammlik stakanga 2 choy qoshiq shakar 
solinadi. Agar bitta choy qoshiqdagi shakar massasi 10 g bo‘lsa, shirin 
choyda necha foiz shakar bor?
1134.
Sinfda 40 o‘quvchi bor. O‘g‘il bolalar sinfdagi hamma o‘quvchining 
55 foizini tashkil qiladi. Sinfda qizlar necha foizni tashkil qiladi? Sinfda 
necha nafar qiz o‘qiydi?

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish