B. Q. Haydarov



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/176
Sana20.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#564708
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   176
Bog'liq
Matematika. 5-sinf (2015, B.Haydarov)

Bilimingizni sinab ko‘ring!
Bu bob materiallarini o‘rganib chiqib, quyidagi masalalarni yecha olishingiz 
shart! Nazorat ishi oldidan o‘zingizni sinab ko‘ring!
 
Test.
To‘g‘ri javobni aniqlang.
1.
O‘nli kasrni 0,001 ga bo‘lish uchun o‘nli kasrdagi vergulni qayerga surish 
kifoya?
 
A.
Chapga 2 xona;
B.
Chapga 3 xona;
D.
O‘ngga 3 xona;
E.
O‘ngga 2 xona.
2.
Kasr sonni 0,01 ga bo‘lish uni qanday songa ko‘paytirish demakdir?
 
A.
100;
B.
10; 
D.
1000; 
E.
0,01.
3.
0,2209 ∙ 412,038 ko‘paytmada verguldan keyin nechta raqam bo‘ladi?
A.
4 ta;
B.
6 ta; 
D.
7 ta; 
E.
3 ta.
11- nazorat ishi namunasi
1.
Hisoblang:
а) 0,872 ∙ 6,3;
b) 1,6 ∙ 7,625;
d) 0,045 ∙ 0,1;
e) 30,42 : 7,8;
f) 0,702 : 0,065; 
g) 0,026 : 0,01.
2.
Sonlarning o‘rta arifmetigini toping:
32,4; 41; 27,95; 46,9; 55,75.
3.
Ifodaning qiymatini toping: 296,2 – 2,7 ∙ 6,6 + 6 : 0,15.
4. 
Poyezd 63,2 km/soat tezlik bilan 3 soat, 76,5 km/soat tezlik bilan 4 soat 
yurdi. Poyezdning butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligini toping.
5. 
Uchta sonning yig‘indisi 10,23 ga teng. 6 ta boshqa sonlarning o‘rta arifmetigi 
2,9 ga teng. Barcha 9 ta sonning o‘rta arifmetigini toping.


206
FOIZ HAQIDA TUSHUNCHA
46- §.
VIII BOB. FOIZLAR
Qadimdan turmushda ko‘p ishlatiladigan ulushlar maxsus nomlar bilan 
atalgan. Masalan, ikkidan birning – yarim, to‘rtdan birning – chorak, sakkizdan 
birning – nimchorak deb atalishini bilamiz. Yuzdan bir ulush ham maxsus nom 
bilan yuritiladi va u 
foiz
deb ataladi. 
«Foiz» so‘zi radio va televideniye xabarlari orqali tez-tez qulog‘ingizga 
chalingan bo‘lsa kerak. Masalan, saylovga saylovchilarning 93 foizi qatnashdi, 
oylik maoshlar 20 foizga oshirildi, shahar transportida yurish chiptasi narxi 
10 foizga oshirildi va hokazo.
Miqdorning (sonning) yuzdan bir ulushi uning 
bir foizi
deb ataladi.
Masalan, 400 km ning 1 foizi – 4 km, chunki 400 ning yuzdan bir ulushi:
400 : 100 = 4.
1 kg ning 1 foizi – 10 g, chunki 1 kg = 1000 g va 1000 ning yuzdan bir ulushi:
1000 : 100 = 10.
350 ning 1 foizi – 3,5, chunki 350 ning yuzdan bir ulushi: 350 : 100 = 3,5.
Ba’zida «foiz» so‘zi o‘rniga qulaylik uchun «%» belgi ishlatiladi.
1 foiz — sonning (miqdorning) yuzdan bir ulushi bo‘lgani uchun, bu sonning 
(miqdorning) o‘zi – 100 foizga teng bo‘ladi.
Shunday qilib,
1% = 
1
100
___
= 0,01
100% =
1
1- misol. 
Asakadagi avtomobil zavodi bir haftada 840 ta avtomobil ishlab 
chiqardi. Ularning 20 foizi «Spark» avtomobilidir. Zavod bir haftada nechta 
«Spark» avtomobili ishlab chiqargan?
Yechish:
840 ta avtomobilni 100 % desak, uning 1 foizi, yani yuzdan bir 
ulushi: 
840 : 100 = 8,4.
100-(33+18+12+24)=?

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish