14
5. Bir litrdagi don massasi.
Materiallar nisbiy namliklarini quritish shkafi yordamida
aniqlanadi. Yorma yoki omixta
yem nisbiy namliklarini
aniqlash uchun IL-EMA asbobidan (quritish shkafidan
ham foydalanish mumkin) foydalaniladi.
Sochiluvchan
ozuqalar namligini IL-EMA asbobini qo‘llab aniqlashda,
o‘rganilayotgan materiallardan tortib olingan qismning quvvati
500 Vt va kuchlanishi 30 V bo‘lgan chiroqlardan foydalanib
quritiladi. Material qismlari solingan byukslar kondensatorli
elektrodvigateldan harakatga keltiriladigan taglikga qo‘yiladi.
Asbobni ishga tayyorlash uchun:
1. Laboratoriya stoliga asbob gorizontal holatda o‘rnatiladi.
2. Suriluvchan eshikchasi ko‘tariladi.
3. Maxovik yordamida chiroqni ko‘tarib uni taglikdan 50-80
mm oraliqda o‘rnatiladi.
4. Asbob elektr tarmog‘iga qo‘shiladi.
5. Taglikga uchta ochiq byuks qo‘yiladi.
6. Chiroq va motor qo‘shiladi va 8-10 daqiqa davomida
byukslar quritiladi. So‘ng chiroq o‘chiriladi va motor to‘xtatiladi.
Sinashni o‘tkazish uchun:
1. Har bir quritilgan byuksdan 0,001 aniqlikda 5 g dan
sinala-yotgan materialdan tortib olinadi.
2. Byukslar taglikga o‘rnatiladi, chiroq yoqiladi va motor
ishga qo‘shiladi, eshikcha tushiriladi.
3. Tortilgan qismlar 10 min davomida quritiladi.
4. Chiroq so‘ndiriladi va motor to‘xtatiladi.
5. Quritilgan materiallar bilan byukslar olinadi, ular eksika-
torga joylashtiriladi va oyna bilan yopiladi.
6. Materiallari bilan byukslar tarozida tortiladi.
Eksperimentlar natijalaridan
foydalanib foizda quyidagi
formula yordamida nisbiy namlik hisoblaniladi:
W
=
[
(
G
2
-G
1
)/(
G
1
-G)]100
(
2.1)
bu yerda G-bo‘sh byuks massasi, g; G
1
- byuks va quritilgan
qismning massasi, g;
15
G
2
- byuks va quritishdan oldingi qismning massasi, g
So‘nggi natijaga ikki aniqlashning o‘rtacha arifmetik qiymati
qabul qilinadi. Parallel aniqlashda ruxsat etilgan farq 0,2 foizdan
oshmasligi kerak. Natijalari 2.2-jadvalga tushiriladi.
Har xil nisbiy namlikdagi va granulametrik tarkibidagi don
va yormalarning qiyalik va yemirilish burchaklarini aniqlash.
Material bo‘lakchalarining
bir-biri bilan yopishqoqlik
xusu-siyatining yemirilish burchagi, tabiiy qiyalik burchagi esa
ularning bir-biriga nisbatan harakatlanuvchanligini tavsiflaydi.
Ideal, ya’ni absalyut bir xil sharsimon bo‘lakchalardan tuzilgan
materiallar uchun bu burchaklar teng. Sochiluvchan ozuqalar
qiyalik va yemirilish burchaklarini aniqlash asbobining chizmasi
2.1-rasmda ko‘rsatilgan.
2.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: