16.2. Ozuqalarni aralashtirish
Aralashtirish, deb har xil hajmli jism (modda)larning bir xil
tarkibdagi omixta olish uchun aralashtirishga aytiladi.
Omixta ozuqalar aniq retsept asosida tayyorlanadi. Omixta
ozuqa sifatini baholash uchun mashinalar komplekslarini xal-
qaro qiyosiy tajribadan o‘tkazish sirti bilan maxsus ishlab chiqil-
gan (16.1-jadval).
16.1-jadval
Omixta ozuqa sifatini baholash shkalasi
Omixta bahosi
Guruh raqami
Omixta namunadagi
nazorat komponentining
nazariy qiymatda
nisbati, %
Yaxshi
1
8 gacha
Qoniqarli
2
8-10
Qoniqarlidan pastroq
3
10-15
Yomon
4
15 dan yuqori
Zootexnik shartlar bo‘yicha aralashtirishning notekislik
darajasi alohida komponentlar uchun belgilangan chegara
normasidan oqishi, qadoqlashda 2 marta ko‘p bo‘lishi ruxsat
etilgan. Masalan, omixta ozuqa komponentlari tarkibining
hisoblangan qiymatlarining chetga chiqishi, chorvachilik
korxonalari uchun ozuqalarni texnologik maydalash normalarida
dag‘al ozuqalar uchun 20 % ildiztuganak mevalar, poliz
137
mahsulotlari uchun 30 %, omixta va konsentratlar uchun 10
%, to‘yimlilik eritmalari va mineral qo‘shimchalar uchun 10
%, ozuqa drojjalari uchun 5 %dan oshmasligi ko‘rsatilgan.
Zootexnik talablarga binoan, aralashtirish bir xilligi omixta
ozuqa tayyorlashda qoramollar uchun 80 %, qo‘ylar uchun
75-80 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
16.3. Aralashtirish mashinalari
Ozuqa tayyorlash texnologik jarayonlarida, asosan, mexanik
usulda aralashtirish qo‘llaniladi.
Bu jarayonni amalga oshiradigan qurilmalar aralashtirish
mashinalari deb ataladi, ularning ishchi organlari esa aralash-
tirgichlar deyiladi.
Jarayonning kechishiga qarab, ular porsiyali va uzluksiz
ishlash mashinalariga bo‘linadi. Aralashtirilishi kerak bo‘lgan
ozuqalarning turiga qarab, quruq sochiluvchan omixta yemlarni,
nam sochiluvchan omixta ozuqa va suyuq ozuqalarni aralash-
tirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Aralashtirishning tashkil etil-
ishiga qarab, ular ikki guruhga bo‘linadi: aylanuvchi kamerali,
qo‘zg‘al-mas kamerali.
Aylanuvchi kamerali aralashtirish mashinalari barabanli,
gorizontal, vertikal, qiya bo‘lib har xil tuzilishiga ega bo‘lishi
mumkin. Aralashtirgichli aralashtirish mashinalari qo‘zg‘almas
kamerali guruhga kiradi. Ular aralashtirgichning tuzilishiga
qarab quruq sochiluvchan ozuqalar uchun-shnekli, lentali,
kurakli; nam sochiluvchan ozuqalar uchun-shnekli va kurakli;
suyuq ozuqalar uchun-quvurli, propolerli, qanotli bo‘lishi
mumkin. Ularning tipik vakillari 16.2-rasmda keltirilgan.
Shnekli gorizontal uzluksiz ishlaydigan aralashtirish mashi-
nalari (rasm 16.2-a,b) suyuq aralashmalardan tashqari hamma
turdagi ozuqalarni aralashtirishga mo‘ljallangan. Ish prinsipi
quyidagicha kechadi: ozuqa komponentlari bir maromda
uzluksiz ravishda jamlanib turiladi. Korpus ichida vint chizig‘i
138
qo‘yilib joylashtirilgan shnek yoki kuraklar ta’sirida aralashtirish
bilan birgalikda, to‘kib olish bo‘g‘zi tomon suriladi.
16.2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |