B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85
Bog'liq
silos

12.2. Somonga ohak bilan ishlov berish
Somonga ohak bilan ishlov berish uchun yuqori sifatli, qum 
qo‘shmalari va mayda toshlari bo‘lmagan kalsiy okisi 90 % 
dan kam bo‘lmagan ohak olinadi. Ohakni ohak ko‘mir sifatida 
foydalangan yaxshi. Buning uchun xo‘jalikka tushgan ohak 
yuza chuqurchalarda yoki boshqa idishlarda so‘ndiriladi. 1 t 
somonga ishlov berish uchun 90 kg ohak ko‘miri yoki 30 kg 
so‘ndirilmagan ohak kerak bo‘ladi. Ko‘rsatilgan miqdordagi ohak 
ko‘miri yoki so‘ndirilmagan ohakni somonga ishlov berishdan 
oldin 2-2.5 m
3
suv bilan aralashtiriladi. Suvda aralashtirilgan 
ohakni ohakli sut ko‘rinishida somonni namlaydi. Somonga 
ohak suti bilan ishlov berishda, maxsus sexlardan foydalanish 
samara beradi. Ozuqa sexi jihozlari komplektiga quyidagilar 
kiradi: kalsiylashtirish qurilmasi, dag‘al ozuqa maydalagich, 
gorizontal va qiya zanjirli-plankali transportyorlar, fekal-nasos, 
ohak tayyorlash idishi, bug‘ qozoni, kalsiylashtirilgan qurilma 
qopqog‘ini ochish moslamasi va b.
Ohakli suyuqlikni bir-biriga to‘kish quvuri ulangan 2 idish 
tayyorlaydi. Birinchi idishdagi ohak suv bilan aralashtiriladi. 
Qorishma yaxshilab aralashtiriladi va tindirishga qo‘yiladi, 
so‘ng ohakli qorishmani maxsus quvur yordamida ikkinchi 
idishga o‘tkazadi, fekal-nasos yordamida somonga ishlov 
beriladi. Somonni ohak qorishmasi bilan qurilma idishiga 
uzatish jarayonida aralashtiriladi. Qurilma yuklanib bo‘lgandan 
so‘ng unga bug‘ uzatiladi. Bug‘ uzatilib, somonga ishlov berish 
jarayoni 1,5-2 soat davom etadi. Ishlov berish vaqti, bug‘ 
miqdori va harorati somonni maydalash darajasi va boshqa 
faktorlarga bog‘liq. Unda non hidi paydo bo‘lishi, somonga 
ishlov berish jarayonining tugash belgisi bo‘lib hisoblanadi. 
Yaxshi ishlov berilgan somon ohak hidini bermaydi. U intensiv 
sariq rangga bo‘yaladi, poyalar yumshoq va tez uziladi.
Somonga ohak bilan ishlov berish qurilmasi sifatida S-12 
dan foydalansa bo‘ladi.
Somonga ohak bilan kaustik soda qorishmasi orqali ishlov 


97
berish ham chuqurchalarda bajariladi. 1 t somonga 15 kg 
so‘ndirilgan ohak yoki 45 kg ohak ko‘miri va 15 kg kaustik 
soda sarflanadi. Ohak va ishqor 1-1,2 m
3
eritiladi.
Xandaqlarga joylashtirishdan oldin, somonni qatlamlari 
bo‘yicha namlaydi va traktor bilan zichlaydi. Xandaq to‘lishi 
bilan somonni hayvondan izolyatsiya qilish uchun sintetik 
plyonka bilan yopiladi, bunday holatda uzoq saqlanadi.
Somonni xandaqdan foydalanishga olishda, vertikal 10 sm 
dan kichik bo‘lmagan qalinlikda xandaq kengligiga va balandligi 
bo‘ylab to‘liq olish kerak. Havoda qolgan somon ko‘karib 
ketadi.
Somonga ohak bilan ishlov berilganda, uning to‘yimliligi 
0,45-0,5 ozuqa birligigacha ko‘tariladi. Ohak bilan ishlov 
berilgan somon vositasida sigirlarni 18-20 kg, 1 yoshgacha 
buzoqlarni 10-12 kg, 1 yoshdan katta buzoqlarni 15-18 kg 
miqdorida oziqlantirish mumkin. Somonni boshqa ozuqalar 
(silos, omixta yem va b.) bilan aralashtirib oziqlantirish yaxshi 
samara beradi.
Ohak bilan ishlov berilgan somonda, kalsiy miqdori ko‘p 
bo‘ladi, shuning uchun fosforli mineral qo‘shimchalarni mollar 
ratsioniga qo‘shish kerak.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish