B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


136 
Paxtachilikda ilmiy tadqiqotlarni
rejalashtirish 
Paxtachilikning ahamiyati
. G‗o‗za texnik ekinlar ichida eng 
qimmatlisi hisoblanadi. U asosan tolasi uchun o‗stiriladi. Paxta tolasi juda 
keng miqyosda va turli maqsadlarda ishlatiladi. Umuman paxta ashyosi va 
o‗simlikning turli qismlari xalq xo‗jaligi uchun qimmatli xom ashyo 
manbai hisoblanadi. 
Bir tonna chigitli paxtadan 340-350 kg tola, 50-60 kg momiq va 600 
kg chigit olinadi. Bir tonna chigitdan esa 170-220 kg moy, 380-400 kg 
kunjara, 50-60 kg momiq, 60 kg o‗simlik oqsili, 300 kg sheluxa olinadi.
Paxta tolasining o‗ziga xos xususiyati boshqa tabiiy va sun‘iy 
tolalarda uchramaydi. SHuning uchun ham u elastiklik xususiyatiga ega 
bo‗lib, to‗qimachilik dastgoxlarida ular bir-biri bilan yaxshi ulanadi. Paxta 
tolasidan to‗qimachilik sanoatida keng foydalanib, har xil gazlamalar 
to‗qilishidan tashqari, undan g‗altak ip, arqon, jilvir, baliq tutadigan 
to‗r, tasma, transportyor lentalari, rezina shlanglar uchun maxcuc 
to‗qimalar, filtrlar, elektr simlarining ustini o‗raydigan to‗kima va 
boshqalar tayyorlanadi. Ayrim paxta navlariniig tolasidai avtomobil 
shinalarida qistirma (prokladka) uchun ishlatiladigan maxsus kord 
to‗qimasi, shuningdek, parashyut qilinadigan material, kirza va boshqa 
narsalar tayyorlapadi. Paxta tolasidan foydalanib sellyuloid, foto-kino 
lentalar, laklar, eng yuqori sifatli yozuv qog‗ozlari va boshqa ko‗plab 
xilma-xil materiallar hamda buyumlar tapyorlanadi. Ipak gazmollarni 
to‗qishda paxta tolasini ularga aralashtirib ishlatish mumkin. 
Paxtaning chigiti ham nihoyatda qimmatli mahsulot hisoblanadi. 
Tolasi ajratib olingan chigitning bir qismi ekish uchun, asosiy kismi esa 
xilma-xil mahsulotlar, xususan moy olishda ishlatiladi. CHigit moyi
oziq-ovqatga 
ishlatiladi, 
shuningdek, 
texnik 
maqsadlari 
uchun 
foydalaniladi. Tozalangan chigit moyi konserva sanoatida keng ko‗lamda 
qo‗llaniladi, shuningdek, undan margarin, kir sovun, atir sovun, texnika 
moyi, alif tayyorlashda ham foydalaniladi. CHigit moyidan glitserin, 
stearin va boshqa bir qancha mahsulotlar olinadi. 
Moyi olingandan keyin qolgan-kunjara chorva mollarining ayrim- 
turlari uchun durustgina konsentrat — to‗yimli oziq hisoblanadi. 
CHigit mag‗izidan gossipol degap zaharli modda ajratib olinadi. Bu 
modda polimerlar, lak, issiqqa chidamli qoplamalar, dorivor preparatlar, 
bo‗yoqlar va boshqa

materiallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Moy
zavodi chiqindisi hisoblangan gudron (gossipol smolasiga o‗xshash) 


137 
issiqqa nihoyatda chidamli bo‗ladi, shuning uchun undan qolip 
tayyorlashda va issiqqa chidamli lak ishlab chiqarishda foydalanish 
mumkin. 
Linter paxta nomi bilan yuritiladigan chigit tukidan issiq kiyimlarga 
solishda, 
matras-to‗shak, 
mebellar 
tayyorlashda, 
meditsinada 
ishlatiladigan paxta, sellyuloza ishlab chiqarishda, sun‘iy soch, sun‘iy 
charm va ipak, sun‘iy oyna, linoleum, plastmassalar, avtomobil laki, 
selofan, qotoz, ebonit, portlovchi moddalar va hokazolar ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. 
SHulxa deb ataladigan chigit po‗chog‗i (po‗sti) dan ham potash, 
texnik spirt olinadi, lak, o‗rov ( rulon) qog‗oz lari, karton, 
elektroizolyasion buyumlar tayyorlanadi. SHulxada pentazonlar ko‗p 
bo‗ladi, undan furfurol (moy-simon suyuqlik) olinadi. Furfurol 
qimmatli smolalar va plastmassalar tayyorlashda ishlatiladi. 
G‗o‗zapoyadan asosan o‗tin o‗rnida, qisman esa qurilish taxta 
plitalari tayyorlashda va mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. YUqumli 
kasalliklar, masalan, vilt bilan kasallanmagan dalalardagi g‗o‗zapoyalarni 
mashinalarda maydalab, organik o‗g‗itlarga aralashtirib erga solish ham 
mumkin. 
G‗o‗zapo‗choq ham nihoyatda qimmatli hisoblanadi, chunki uning 
tarkibida ko‗plab oshlovchi modda bo‗ladi. G‗o‗za bargida ko‗p miqdorda 
organik kislotalar, jumladan, olma va limon kislota bor. Bu kislotalarni 
g‗o‗zaning o‗suv davri tugallangandan keyin sanoat yo‗li bilan olish 
mumkin. 
Nihoyat, g‗o‗za sershira (serasal) o‗simliklardan hisoblanadi, 
gektaridan 100-200 kg asal olish mumkin. SHuning uchun g‗o‗za 
paykallari yaqinida bemalol asalarichilikni rivojlantirish mumkin, lekin 
bunda g‗o‗za zararkunandalariga qarshi zaharli ximikatlar sepishda 
ehtiyot choralarini ko‗rish shart, albatta. 
Paxta tolasidan, chigitidan va o‗simlikning boshqa kismlaridan 
hammasi bo‗lib 1200 dan ortiq xil maxsulot olinadi. 
Olimlardan S.Kudrin, V.Sivinskiy, O.Tueva, P.Protasov, M.Belousov, 
I.Niyozaliev, T.Piroxunov, N.Ibragimov, N.Madraimov va boshqalar 
g‗o‗zaning turli rivojlanish davrlarida oziq elementlarga bo‗lgan talabini 
o‗rgandilar. Tajribalar natijalariga ko‗ra V.Sivinskiy g‗o‗zani oziqa 
elementlariga bo‗lgan talabini ikki davrga bo‗ladi. Birinchi davr – g‗o‗za 
unib chiqqandan to shonalaguncha bo‗lgan davr. Ikkinchi davr – g‗o‗za 
shonalagandan ko‗saklar yetilguncha o‗tadigan davr.


138 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish