B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

 
 
 




 
 
 
 
Moyli ekinlarda dala tajribalari 
 olib borish 


128 
14-jadval 
Hosilning tarkibi 
Ekin turi 
tup 
soni/m
2
Bir tupda 
meva soni
dona
Bir 
mevada 
urug‗ soni
dona
Bir
o‗simlikd
a urug‗ 
vazni
, g
1000ta 
urug‗ning 
vazni 
Biologi
k hosil 
ga/s 
Laboratoriya mashg‗ulotlarida biologik hosil qabul qilingan 
texnologik tadbirlarni ta‘siri evaziga olinganligini ham aniqlash mumkin. 
Hosil tarkibini hisobli 20-24ta o‗simlikda ham aniqlash mumkin. 

Kungaboqar metodikasi 
Madaniy kungaboqar H. annuus L.Helianthus avlodiga mansub 
bo‗lib,bu avlod o‗ziga 108 ta turni birlashtiradi. SHundan faqat bir yillik -
HelianthusannuusL va ko‗p yillik H tuberosus L. Dala ekinlari sifatida 
ahamiyatga ega. 
Kungaboqarning kolleksiyasi namunalari respublikamiz sharoitida 
uch yil davomida o‗rganiladi. Kungaboqar Markaziy Osiyoda keng 
tarqalgan moyli ekinlar orasida chetdan changlanishga moilligi o‗ta 
kuchliligi bilan ajralib turadi.SHu sababdan kungaboqar kolleksiyasini 
o‗rganish bilan bir yo‗la keyingi yil uchun urug‗lik tayyorlash maqsadida 
sun‘iy izolyasiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun 
gullash davrining boshlanishidan oldin o‗simliklarning hosil savatchalari 
marli qopchalar bilan izolyasiyalanadi.Bu faqat urug‗lik uchun tanlangan 
o‗simliklarda amalga oshiriladi. Kolleksiya namunalarining urug‗larni 
ekishga tayyorlash jarayonidagi asosiy vazifa ― ekish qaydnomasi ― ni 
quyidagi jadval asosida to‗g‗ri tayyorlashdir. 
15-jadval 
Kungaboqar namunalarning ekish qaydnomasi (sana ) 
№ 
Bo‗lma 
raqami 
O‗z O‗ITI 
katolog 
nomeri 
Namuna 
nomi 
Kelib 
chiqishi 
Urug‗ 
etishtirilgan 
Joy va yili 
Urug‗ 
ekilgan
sana 






 
 
 
 
 
 
 


129 
U
rug‗lar 70x30 sm sxemada olti metr kvadratli bo‗lmalarga erta bahorda 
yoki g‗alla ekinlaridan keyin takroriy ekin sifatida (ertapishar nav va 
namunalar) qaytariqsiz qo‗lda ekiladi. Har bir uyaga ikki donadan urug‗ 
ekilib, unib chiqqan maysalar ikki-uchta chinbarg chiqarganda yagonalash 
o‗tkaziladi. 
YAganalashda 
uyadagi 
nimjon 
o‗simlik 
tanlanib, 
qoldirilayotgan niholning ildiziga zarar etkazmaslik uchun qaychida qirqib 
olinadi. Har bir bo‗lmada 30 donadan o‗simlik qoldiriladi. Andoza nav har 
10 ta bo‗lmadan keyin takror ekiladi. Bo‗lmalar orasida 50-70 sm 
kenglikdagi yulakchalar qoldiriladi. 
Kungaboqar 
kolleksiyasi 
pitomniklarida 
quyidagi 
fenologik 
kuzatishlar dala jurnaliga qayd etib boriladi: 
-ekilgan vaqti ;
-maysalarning paydo bo‗lishi; ( 10 va 75%); 
-hosil savatchasining shakllanishi (10 va 7%); 
-gullash( 10 va 75%); 
-gullashdan oldingi o‗simliklar soni; 
-urug‗larning pishib etilishi(10 va75%); 

maysalarning 
to‗la 
unib 
chiqishidan 
hosil 
savatchasining
shakllanishigacha bo‗lgan davr (kun) 
-maysalarning to‗la unib chiqishidan gullashgacha bo‗lgan davr; 
- gullashdan pishish davrigacha bo‗lgan davr; 
-maysalarning to‗la unib chiqishidan pishish davrigacha bo‗lgan davr; 
hosilni yig‗ishtirish davri. 
Hosilni yig‗ishtirib olishdan avval ko‗z bilan chamalash usulida 
namunalarga baho beriladi: 
a) o‗simlikning fenotipik belgilari bo‗yicha bir xilligi ( bir xil yoki 
har xil) 
b) hosil savatlari bo‗yicha ( 1-yaxshi,2-o‗rta,3-kuchsiz); 
v) hosildorligi bo‗yicha (1-yaxshi,2- qoniqarli,3-yomon). 
SHundan so‗ng ekilgan har bir bo‗lmada 10 donadan eng yaxshi 
o‗simliklarda quyidagi biometrik o‗lchov ishlari olib boriladi: 
-o‗simlik bo‗yi 
-shoxlanishi (1 ball- yo‗q,2 ball- bor); 
-barglarning umumiy soni, dona; 
-yashil barglar soni ,dona; 
-barg plastinkasining bo‗yiga va eniga bo‗lgan o‗lchamlari ( yuqoridagi 
6-8 barglar) sm; 
-barglarning so‗lishi (ball); 


130 
-hosil savatchasining diametri (old tomonidan o‗lchanadi),sm; 
-hosil savatchasining og‗ish burchagi , ball; ( 1-yo‗q, 2-kuchsiz, 3-
o‗rtacha,4-kuchli); 
-kasalliklarga chidamliligi, ball; ( 1-kasallangan o‗simliklar yo‗q,2- ball 
1-25 % gacha o‗simliklar kasallangan, 3-ball 26-50 % gacha o‗simliklar 
kasallangan , 4-ball 51-75 % gacha o‗simliklar kasallangan, 5-ball 75-
100% gacha o‗simliklar kasallangan); 
-hosil savatchasining to‗la emasligi ball (1-ball markaziy qismida puch 
urug‗lar yo‗q, 2-ball –kam,3-ball-o‗rtacha,4-ball kuchli); 
-hosil savatlarining soni; 
-o‗simliklarning bir xilligi 
O‗simlik balandligi maxsus tayyorlangan lineykalarda (4m) o‗simlik 
ildiz bo‗g‗zidan toki poyaning hosil savatchasi bilan tutashgan qismigacha 
o‗lchanadi.O‗simliklarning kasallikka chidamliligi to‗la gullash davrida 5 
balli sistema bo‗yicha aniqlanadi.Kasalliklardan asosan zang,so‗lish, 
dog‗larning paydo bo‗lishi, botritis, sklerotina, un shudring kasalliklari 
respublikamiz sharoitida uchraydi. 
So‗lish kasalligi asosan barglarda kuzatilib, ularda to‗q jigarrang 
dog‗lar paydo bo‗ladi.Botritis kasalligida o‗simlikning poyasi va 
savatchalari kulrang momiqsimon chirish kuzatiladi. Sklerotina yoki xo‗l 
oq chirish kasalligi asosan o‗simlik ildiz bo‗g‗zi, poyasi va savtchalarida 
kuzatiladi.Bu kasallik paydo bo‗lgan o‗simliklar darhol daladan olib 
chiqilib yoqib yuborilishi lozim, aks holda kasallik tarqatuvchi qora 
sklerotsiya tuproqqa tushadi va unda qishlab qoladi. Un shudring kasalligi 
asosan o‗simlikning yosh davrida paydo bo‗lib, uni o‗stirmay qo‗yadi. 
Barg plastinkalari kichrayib, bo‗g‗im oraliqlari kalta bo‗lib qoladi. 
Kasallik kulrang- oq rangda barg plastinkasining orqa tarafida kuzatiladi. 
O‗simliklarni qurg‗oqchilikka chidamliligi asosan kunning issiq 
paytlari barglarning so‗lishi va savtchaning markaziy qismini to‗la 
urug‗lanmaganligi bilan aniqlanadi.Barglarning issiq paytida so‗lishi va 
savtchalarning to‗la emasligi ballarda: 
1-so‗lish yo‗q; 2-kuchsiz; 3-o‗rtacha; 4-kuchli. 
O‗simliklar turli ob-havo va tuproq sharoitlarida etishtirilayotganda 
(sho‗r erlar, er osti suvlarining satqiga, tuproqning mexanik tarkibiga) 
ularga ushbu hollarning ta‘siri aniqlanadi va kuzatish jurnaliga qayd etib 
boriladi. 
Hosilni bo‗lmadagi o‗simliklarning 75% savtchalarning qirg‗og‗idagi 
bargchalari jigarrang tusga kirganda savatchalarning orqa qismi 


131 
sarg‗ayishi bilan yig‗ib olinadi. Urug‗ solinayotgan paketchalarda 
bo‗linmaning tartib raqami, namunalarning katolog yoki introduksiya 
raqami, nomi, vatani, yig‗ib olingan o‗simliklar soni, hosil etishtirilgan 
joyning nomi va yili ko‗rsatiladi. 
Kalleksiya namunalari usti yopiq, shabada esib turadigan ayvonlarda 
marli qopchalarda quritiladi va quyidagi belgilari bo‗yicha laboratoriya 
sharoitida o‗rganiladi: 
-
urug‗lar tozalanadi; 
-
namuna urug‗larning rangi; 
-
urug‗ning shakli; 
-
1000 dona urug‗ning og‗irligi; 
-
bitta o‗simlik mahsuldorligi; 
-
bir metr kvvadratdagi hosildorlik; 
-
urug‗ tarkibidagi moy miqdori; 
-
mag‗zining chiqimi. 
 
Nazorat topshiriqlari 
1.
Moyli ekinlarga qaysi ekinlar kiradi? 
2.
Kungabokarninng ko‗chat qalinligi qanday aniqlanadi? 
3.
Kungabokarda qanday fenologik kuzatuvlar olib boriladi? 
4.
Kungabokarninng hosildorligi qanday aniqlanadi? 



Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish