B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


O‘rtacha ko‘chat qalinligini aniqlash



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

O‘rtacha ko‘chat qalinligini aniqlash.
Dala tajribalarida muhim 
ko‗rsatkichlardan biri o‗rtacha ko‗chat qalinligini aniqlash bo‗lib 
hisoblanadi. Ko‗chat qalinligi deganda tajriba maydonining hisobga olish 
qismidagi ko‗chatlar soni aniqlanib, bir gektarda necha ming tup holatiga 
keltirishdan iboratdir. 
Ko‗chat qalinligi ham o‗z navbatida hosildorlikni belgilovchi asosiy 
omillardan biri bo‗lib hisoblanadi. Shuning uchun olingan qo‗shimcha 
hosilning to‗g‗ri ekanligini aniqlash uchun ham ko‗chat qalinligi hisobga 
olinadi. O‗rganilayotgan omilning ko‗chat qalinligiga ta‘siri bor-yo‗qligini 
aniqlash bilan birga, hisoblanib agarda omil ta‘siri ko‗chat qalinligiga 
bog‗liqligi sezilmasa hisoblash maydonidagi o‗simliklar sonini hamma 
variantlarda bir xilligi ta‘minlash maqsadga muvofiqdir. Shundagina 
omilning ta‘siri hosildorlikka nisbatan aniq bo‗ladi. 


148 
G‗o‗za ustida olib boriladigan dala tajribada ko‗chat qalinligi 
g‗o‗zaning navidan va turidan qat‘iy nazar ikki muddatda aniqlanadi. 
Birinchi marotaba ko‗chat qalinligi, g‗o‗za ko‗chati yaganadan chiqqandan 
keyin, ikkinchi marotaba esa vegetatsiya davrining oxirida, aniqrog‗i 
oxirgi paxta terishdan oldin aniqlanadi. 
Birinchi marotaba g‗o‗za yaganadan chiqqandan keyin aniq miqdorda 
qoldirilib o‗simlik o‗suv davri davomida o‗rganilayotgan omilning 
o‗simlikni hayot faoliyatiga qanchalik ta‘sir etishi hisobiga o‗simlikning 
nobud bo‗lishiga olib kelishini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, har xil 
mexanik ta‘sirlar, traktorning ishchi organlari g‗ildiragi va tuproqqa ishlov 
beruvchi ishchi moslamalari hamda o‗g‗itlagich va har xil kimyoviy 
moddalar bilan ishlov beruvchi moslamalar ta‘siridan o‗simlikni sinib, 
yo‗qolishini ham hisobga olish mumkin. Begona o‗tlarga kimyoviy ta‘sir 
etuvchi gerbetsidlarni va har xil kasallik hamda hashoratlarga qarshi 
kurashuvchi kimyoviy moddalarning ham ta‘siri bo‗lishi mumkin. Shu 
omillar ta‘sirida o‗simliklarning zararlanishini ta‘sirini yoki kamayishini 
ham hisoblash mumkin. 
Dala tajribalarida ko‗chat qalinligini har ikkila muddatda ham aniqlab 
olish uchun hisobga olish qatorlaridagi yoki maydonlaridagi o‗simliklar 
soni birma-bir hisoblab chiqiladi va nazariy o‗simliklar soniga nisbatan 
foiz bilan aniqlanadi. Agar tajribaning hisobga olish maydonining uzunligi 
yuz metr bo‗lib, ekish sxemasi 60 x 30 – 2 bo‗lganda nazariy o‗simliklar 
soni quyidagicha aniqlanadi: 
Ekish sxemasi bo‗yicha har 0,3 metrda bittadan uya bo‗lsa, u holda 
yuz metrdagi uyalar soni (100:0,3 – 333,3)=333,3 donaga teng bo‗ladi. 
Hisobga olish qatorlari soni to‗rt qatordan iborat bo‗lib, u holda shu 
hisobga olish qatorlaridagi uyalar soni (333,3 x 4 = 1333,2)=1333,2 
donaga va har uyada ikki donadan o‗simlik mavjud bo‗lsa u holda nazariy 
uyalar soni (1333,2 x 2 = 2666,4) 2666,4 donaga teng bo‗ladi. 
Agar yuqoridagi nazariy uyalar soni bo‗yicha ko‗chat qalinligini 
hisoblab chiqqanimizda 2450 donaga teng bo‗lsa ko‗chat qalinligi 
quyidagicha topiladi: 
2666,4 – 100%
2450 – X
%
7
,
92
4
,
2666
100
*
2450


Х
ga teng bo‗ladi. 
Misolimiz hisobga olish maydoni 240 m/kv bo‗lib, ushbu ko‗chat 
sonini ko‗chat qalinligiga aylantirilganda har gektar maydonidan
(10000 m/kv x 245: 240 = 102,1) 102,1 ming tupga teng bo‗ladi. 


149 
Shu usul bo‗yicha vegetatsiya davrining oxirida ham aniqlanadi va 
g‗o‗zaning o‗sishi va rivojlanishi davomida qancha o‗simlik yo‗qolganligi 
ham aniqlanadi. Agar vegetatsiya davrining oxirida 2350 donani tashkil 
etsa, u holda yo‗qolgan ko‗chatlar soni quyidagicha aniqlanadi: 
2450 – 100 
2350 – X
ga teng bo‗lib, nobud 
bo‗lgan o‗simliklar soni 2450 – 2350 = 100 tup yoki 100 - 95,9 = 4,1% 
ga teng bo‗ladi. Demak, kuzatilayotgan variantda g‗o‗zaning vegetatsiya 
davri davomida jami 100 dona yoki 4,1% ga kamaygan. Hamma variant va 
qaytariqlarda ko‗chat qalinligi shu usul bilan hisoblab chiqiladi va jadval 
qilinib ma‘lumotlar solishtiriladi. 
Hamma turdagi qatorlab ekilgan ekinlarni ko‗chat qalinligi ekish 
sxemasiga mos holatda xuddi shu usul bilan hisoblab chiqiladi. 
Tor qatorlab va yoppasiga ekiladigan ekinlarning ko‗chat qalinligini 
hisoblashda hamma tomonlari 1 m., yuzasi 1 m/kv bo‗lgan ramkalardagi 
o‗simliklar soni hisoblab chiqiladi va hisobga olish maydoni hamda bir 
gektardagi ko‗chat soniga aylantiriladi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish