B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


SABZAVOTCHILIK VA POLIZCHILIKDA DALA



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

 
SABZAVOTCHILIK VA POLIZCHILIKDA DALA 
TAJRIBASI O‘TKAZISH 
Sabzavotchilikda va polizchilikda ham boshqa qishloq xo‗jalik 
ekinlari ustida olib boriladigan dala va laboratoriya tajribalari singari, shu 
soha mahsulotlarini yetishtirishdagi ilg‗or texnologiya asosida ilmiy 
izlanishlar olib borishni taqozo qiladi. Bunda sabzavotchilikdagi yangi 
almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqish, tuproqqa ishlov berish, begona 
o‗tlarga, hashorat va kasalliklarga qarshi kurashish, ma‘danli (mineral) 
hamda organik o‗g‗itlarning tuproqdagi miqdorini hisobga olgan holda 
tabaqalab qo‗llashning yangi usullarini yaratish ustida ilmiy ishlar olib 
boriladi. 
Sabzavotchilikda va polizchilikda olib boriladigan tajribalarning 
maqsadiga qarab seleksion (nav sinash) va agrotexnik tajriba turlariga 
bo‗linadi. Nav sinash tajribalari tajribaning maqsadiga va o‗rganilayotgan 
nav urug‗larining oz-ko‗pligiga qarab, uning maydoni katta yoki kichik 
bo‗lishi mumkin. Bunda yangi chiqarilgan sabzavot yoki poliz ekinining 
navi shu viloyat tuproq iqlim sharoitining mosligiga to‗g‗ri keladigan 
yangi navlarning hosildorligi va ish sharoitiga mosligi o‗rganiladi. 
Agrotexnik tajribalarda esa hamma turdagi sabzavot va poliz 
ekinlarining mo‗l hosil olish uchun qo‗llaniladigan agrotexnik tadbirlar 
omil sifatida o‗rganiladi. Bunda ma‘lum ekin turi uchun sug‗orish, mineral 
o‗g‗it me‘yori, qo‗llash muddati, tuproqqa ishlov berish, kasallik va 
hashoratlarga chidamlilik darajasi, begona o‗tlarga qarshi kurash, ko‗chat 
qalingili kabi agrotexnik ko‗rsatkichlar omil sifatida o‗rganiladi. 
Agrotexnik dala tajribalarining maydoni o‗rganilayotgan omil turiga va 
qo‗llanilayotgan mexanizmning qamrash kengligiga qarab har xil bo‗ladi. 
Odatdagi dala tajribalarida variantning kengligi 4 qatordan kam 
bo‗lmagani maqsadga muvofiq bo‗ladi. Sabzavot va polizchilikda olib 


158 
boriladigan dala tajribalarida ham boshqa turdagi dala tajribalari singari 
izlanishlar to‗rt qaytariqda amalga oshiriladi. 
Sabzavotchilikda ham boshqa qishloq xo‗jalik ekinlari singari ko‗p 
yillik va uzoq muddatlik dala tajribalar olib boriladi. 
Sabzavotchilik ilmiy tadqiqot institutida 1964 yildan boshlab paykal 
(delyanka) ning maydoni 0,3 m/kv ga tuproq qatlami 40 sm bo‗lgan va 
besh qaytariqdan iborat bo‗lgan tajriba hozirgacha o‗tkazilmoqda. Bunda 
azotli va kaliyli o‗g‗itlarning turlari va me‘yorlarining sabzavot ekinlariga 
ta‘siri o‗rganiladi. 
Ushbu tajriba 15 variantdan iborat, asosiy ekin sifatida sabzi, 
pomidor va rediskalar ekiladi. 
Sabzavot ekinlari uchun kichik paykallik dala tajribalar ham olib 
borilsa bo‗ladi. Buning uchun diametri 40-60 sm chuqurligi 40 sm dan 
bo‗lgan dumaloq chuqurchadan ham foydalanilsa bo‗ladi. 
Bunday chuqurchalarni kavlashda mavjud bo‗lgan mexanizmlardan 
ham foydalanish mumkin. Chuqurchalarni dalada shaxmat shaklida 
joylashtrilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Kichik paykallik tajribalarni 
tuproq bilan to‗ldirishda asosan tuproqni 0-20 sm chuqurgacha qatlamdan 
olinadi. Buning uchun chuqurning hajmi ushbu formula yordamida 
aniqlanadi:
V = P ch h 
V – hajm sm. kub; 
ch – aylana radiusi, sm.; 
h – chuqurlik, sm.; 
P – o‗zgarmas son, 3,14. 
Ushbu turdagi tajribalarda bajariladigan agrotexnik ishlar bir 
muddatda amalga oshiriladi. Chuqurchalar bir-biridan kamida 0-50 sm. 
uzoqlikda joylashtiriladi. 
Sabzavotchilikda har qanday agrotexnik tadbirlar o‗rganilayotgan 
bo‗lsa ham, agarda sabzavot ekinlari ko‗chat qilib ekilayotgan bo‗lsa 
hamma variantlarga ekilayotgan ekin ko‗chatlari bir xil bo‗lishini 
ta‘minlash lozim. Tajribada o‗rganilayotgan mavzuga va ekin turiga qarab 
shu ekinning o‗suv davrlari bo‗yicha fenologik kuzatishlar amalga 
oshiriladi. Keng qatorlab ekiladigan ekinlarda fenologik kuzatishni amalga 
oshirish uchun har bir variantdan kamida 25 donadan o‗simlik ajratib 
etiketkalab qo‗yiladi. Tor qatorlab yoki yoppasiga ekiladigan ekin turlariga 
esa hamma tomoni 1 metrdan, yuzasi 1 m/kv bo‗lgan ramkalar o‗rnatiladi. 
Vegetatsiya davrlari bo‗yicha fenologik kuzatishlar shu ajratilgan 


159 
o‗simliklar ustida amalga oshiriladi. Xamma turdagi dala tajribalarida ham 
oxirgi ko‗rsatkich hosildorlik bo‗lganligi uchun, sabzavot ekinlarida ham 
hosil keng qatorlab ekilgan ekinlarda hisobga olish qatorlarida, tor qatorlik 
ekinlarida esa hisobga olish maydonlari kami 8-10 joyidan 1 m/kv bo‗lgan 
maydonlardan hosil terib olinadi va hosildorlik (s/ga) ga aylantiriladi. 
Olingan hosildorliklar terimlar bo‗yicha qo‗shilib jami hosildorlik 
chiqariladi. 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Bog‗dorchilikda dala tajribasi o‗tkazishning o‗ziga xosligi 
2.
Ko‗chat yetishtirish bo‗yicha o‗tkaziladigan tajribalar 
3.
Bog‗larda o‗tkaziladigan tajribalarda o‗rganiladigan omillar 
4.
Bog‗dorchilikda olib boriladigan dala tajribalarida daraxtlar 
novdasini sovuq urganlik darajasini aniqlash 
5.
Bog‗dorchilikdagi dala tajribalarida fenologik kuzatishlar 
6.
Mevachilik bo‗yicha tajribalarda meva xosilini aniqlash usullari 
7.
Sabzavotchilikda dala tajribalarini o‗tkazish usuli 
8.
Sabzavotchilik bo‗yicha dala tajribasida o‗ziga xos xususiyatlar 
9.
Dala tajribasidagi sabzavot ekinlarida amalga oshiriladigan
fenologik kuzatuvlar 
10.
Tajribalarda sabzavot ekinlari xosili va xosildorligini to‗g‗ri 
aniqlash usuli. 


160 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish