B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

 
 
 
Urug‘larning unuvchanligini aniqlash
Urug‗larning unuvchanligi ekishga yaroqligini belgilaydigan eng 
muhim xususiyatlaridan biridir. Urug‗larning unuvchanligi ekinni 
qalinligicha, o‗simliklarni bir yilda yaxshi rivojlanishi va boshqa 
belgilariga katta ta‘sir ko‗rsatadi.


161 
Laboratoriya sharoiti juda qulay bo‗lganligidan urug‗larning 
unuvchanligi daladagiga qaraganda doim yuqori bo‗ladi. SHuning uchun 
ikki xil unuvchanlik labaratoriya va daladagi unuvchanlik mavjud.
Urug‗larning unuvchanligi termostatda yoki shu maqsad uchun 
aloxida ajratilgan va zarur harorat saqlab turiladigan toza xonada 
aniqlanadi. Urug‗larning unuvchanligini va tozaligini aniqlash uchun 
olingan asosiy ekinlar urug‗idan foydalaniladi. Ana shu urug‗lardan 
tanlamasdan qatorasiga har biri 100 ta urug‗dan iborat to‗rtta namuna 
olinadi. Bu namunalar undirish uchun o‗stirish vannachalariga terib 
qo‗yiladi. Vannachalarni tagiga qum solish yoki toza filtr qogozni to‗shab 
qo‗yish kerak. Ko‗zini diametri 1 mm keladigan elakdan o‗tkazib, 
oldindan tayyorlab qo‗yilgan kvars qumi olinadi. U yaxshilab yuviladi va 
yuqumsizlantirish uchun qizdiriladi. qumni ikkinchi marta ishlatish 
mumkin, lekin buning uchun uni yana yuvish va qizdirish lozim.
Urug‗larning unib chiqish qobiliyati va unuvchanligi ta‘siri kun 
oralatib ungan urug‗larni sanab borish yo‗li bilan aniqlanadi.Unib chiqish 
qobiliyati urug‗larning qisqa muddatda qiyyog‗os unib chiqishdir. Unib 
chiqish qobiliyati yuqori bo‗lgan urug‗lar qiyg‗os unib chiqib, o‗simliklar 
bir vaqtda rivojlanib boradi va etiladi.Urug‗larning unib chiqish qobiliyati 
bilan unuvchanligi mazkur urug‗ uchun belgilangan kunlar ichida unib 
chiqqan urug‗lar foizi bilan ifodalanadi. Buning uchun avval urug‗larning 
unib chiqish qobiliyati, keyin bir necha kun o‗tkazib unuvchanligi 
aniqlanadi. Ildizchalari me‘yorda rivojlanayotgan, asosiy ildizchasining 
uzunligi urug‗ning uzunligicha teng vaqtda javdar, makkajo‗xori, bug‗doy 
poyachasining bo‗yi urug‗ bo‗yining yarmiga teng bo‗lishi kerak. 
Dukkakli o‗simliklar (beda, sebarga va boshqalar) urug‗i orasida 
qattiq ya‘ni tosh urug‗lar uchraydi, bunday urug‗lar o‗ziga nam olmaydi 
va bo‗rtmaydi. Ularni ustida suv o‗tkazmaydigan qobiq hosil bo‗ladi va 
nam ololmasligi sababli ular unib chiqmaydi. Bunday urug‗larni murtagi 
tirik bo‗ladi, vaqt o‗tish bilan urug‗ qobig‗i yumshagandan keyin ular unib 
chiqadi. Bunday urug‗lar alohida hisoblanadi va o‗lgan urug‗lar qatoriga 
qo‗shiladi. 
Unmaydigan urug‗lar faqat o‗simta chiqarish, ildizchasi esa 
xisoblash oxirigacha rivojlanmay qoladi, chirigan bo‗ladi. Ildizchasi 
bo‗lib, lekin o‗simtasi yo‗q urug‗lar ham unmaydigan urug‗ hisoblanadi. 
CHirigan urug‗lar unib chiqsa ham alohida hisoblanadi. 
Urug‗larning unuvchanligi va unib chiqish qobiliyati to‗rtta parallel 
namunadan olinadi, o‗rtacha raqam tariqasida hisoblab chiqariladi. 


162 
Urug‗larning unib chiqishiga doir ma‘lumotlar farqi quyidagi miqdordan 
oshmasligi kerak
18-jadval 
Unuvchanlikni aniqlash 
o‗rtacha unuvchanlik quyidacha 
bo‗lganda,% 
yo‗l qo‗yiladigan farq 
100 dan 98 gacha 
q - 2
97,9 ― 95 ― 
q - 3 
94,9 ― 90 ― 
q - 4 
89,9 ― 85 ― 
q - 5 
84,9 ― 80 ― 
q - 5,5 
To‗rttala namunada bittasining farqi yo‗l qo‗yilgan darajadan ortiq 
bo‗lib chiqsa, unib chiqish qobiliyati va unuvchanligi qolgan uchta 
namunaga qarab aniqlanadi. Agar ikkita namunaning farqi yo‗l qo‗yilgan 
darajadan ortiqroq bo‗lib chiqsa, urug‗larning unib chiqish qobiliyati bilan 
unuvchanlik qobiliyati yana takror aniqlanadi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish