B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


Paxtachilikda dala tajribalari olib borish



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

Paxtachilikda dala tajribalari olib borish 


139 
Shuni aytish kerakki birinchi davrda o‗simlik asosan fosforga 
talabchanlik sezsa, ikkinchi davrda ko‗proq azotga va kamroq fosforga 
talabchan bo‗ladi. 
Paxtachilikda o‗tkaziladigan ilmiy tajribalarda hosildorlikni 
oshirishda o‗g‗it qo‗llash tizimi muhim ahamiyatga egadir. O‗z navbatida 
u quyidagi asosiy vazifalarni o‗z ichiga oladi.
1. Mineral va organik o‗g‗itlarni turli muddatlarda to‗g‗ri taqsimlab 
g‗o‗za va boshqa qishloq xo‗jalik ekinlarini oziq elementlarga bo‗lgan 
talabini qondirish. 
2. Ekinlardan mo‗l va sifatli hosil olish, o‗g‗itlar me‘yorlarini ilmiy 
asosda to‗g‗ri belgilab uni tuproq sharoitiga moslab qo‗llash.
3. O‗g‗itlarni yerga to‗g‗ri solish hamda tuproq unumdorligini 
sistemali ravishda ko‗tarib borish. 
4. Tuproq haritasi va agrokimyoviy kartogrammasi ko‗rsatkichlariga 
ko‗ra o‗g‗itlarni to‗g‗ri qo‗llash. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib D.N.Pryanishnikov «O‗g‗itlardan 
to‗g‗ri foydalanish mo‗l, sifatli va barqaror hosil yetishtirishda hamda 
mamlakatda maxsulot mo‗l-ko‗lligini yaratishda juda ahamiyatga egadir» 
deb yozgandi.
O‗simliklarning o‗g‗itga bo‗lgan talabini ilmiy izlanishlar orqali 
o‗rganish ekinlar hosilini oshirishda va maxsulot sifatini yaxshilashda 
hamda tabiatni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Chunki o‗g‗it 
tarkibidagi alohida olingan oziq elementlari, azot, fosfor, kaliy va 
boshqalarning o‗ziga hos spetsefik funksiyalari bor. Masalan, azot o‗simlik 
xujayrasi protoplazmasining tarkibiy qismini tashkil etib, oqsil moddasini 
hosil qilishda muhimdir.
Fosfor ham azot singari murakkab oqsil tarkibiga kiradi va har bir 
tirik xujayra uchun zarur modda hisoblanadi. Agar tuproqda o‗zlashuvchi 
fosfor yetishmasa g‗o‗za sust va nimjon o‗sadi. Natijada paxta hosili 15-
20% ga kamayadi, maxsulot sifati sezilarli yomonlashadi. 
O‗simliklarning oziqlanishida kaliy ham muhimdir, u o‗simliklarni 
sersuv qiladi, bu esa o‗z navbatida o‗simlik organizmidagi ko‗plab 
biokimyoviy jarayonlarning normal kechishi uchun zarur. G‗o‗zada kaliy 
ta‘minoti yaxshi bo‗lsa paxta tolasi mustaxkamlanadi, kaliy yetarli bo‗lsa 
g‗o‗za har-xil kasalliklardan saqlanadi. G‗o‗za va paxtadagi yog‗lar, oqsil, 
kletchatka uning oziqlanishiga bog‗liq o‗zgaradi, ulardan tashqari azot, 
fosfor hamda turli boshqa kimyoviy elementlar uchraydi. Demak, mineral 
va organik o‗g‗itlarni ilmiy asoslangan holda to‗g‗ri rejalashtirish, qo‗llash 


140 
g‗o‗za va boshqa qishloq xo‗jalik ekinlari hosilini oshirishda, mahsulot 
sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga egadir.
Barcha yuqoridagi keltirilgan ma‘lumotlarga ko‗ra aytish mumkinki 
mamlakatimizda o‗g‗itlardan samarali foydalanish, qishloq xo‗jalik 
ekinlari hosildorligini oshirish maxsulot sifatini yaxshilash va tuproq 
unumdorligini oshirish uchun turli dala tajribalari qo‗yish yo‗li bilan ilmiy 
izlanishlar olib borish kerak. 
O‗g‗itlar bilan dala tajribalari – bu o‗g‗itlarni qishloq xo‗jalik 
ekinlari hosiliga, sifatiga hamda tuproq unumdorligiga ta‘sirini o‗rganish 
bo‗yicha dala sharoitida o‗tkaziladigan tajribadir. Dala tajribasi bu nazariy 
izlanishlarni qishloq xo‗jalik amaliyoti bilan bog‗lovchi zvenodir va u 
agrokimyoda keng qo‗llaniladi hamda o‗g‗itlar ta‘sirini o‗rganishdagi 
asosiy yetakchi usuldir. Shu bilan birga bu izlanish qishloq xo‗jaligida 
ekinlarni o‗g‗itlash tizimini asoslab beradi. 
Dala tajribalari o‗tkazish turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‗g‗itlar 
me‘yorini, qo‗llash muddati va usulini aniqlashda, iqtisodiy 
samaradorligini belgilashda asosiy yo‗ldir. To‗g‗ri qo‗yilgan, qaysiki 
nazariy va amaliy jihatdan agronomiya ilmi uchun to‗g‗ri xulosalar 
beradigan ilmiy tajribalar quyidagi asosiy uslubiy talablarga javob berishi 
kerak: yagona farq prinsipiga ya‘ni solishtirish imkoni, dala tajribasining 
tipikligi, izlanish natijalarining aniqligi, to‗g‗riligi va xujjatlar.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish