B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

Nazorat savollari 
1.Tajriba dalasiga ko‘yiladigan andoza ta’lablar? 
2.Tajriba dalasining tipikligi deb nimaga aytiladi? 
3.Bir farqlilik prinsipi deb nimaga aytiladi? 
4.Dala tajribasida uchraydigan asosiy xatoliklar 
 
 


43 
DALA TAJRIBALARINING TURLARI VA
XUSUSIYATLARI 
Dala tajribalari dehqonchilikning turlari masalalari yuzasidan 
o‗tkaziladigan tadqiqot ishlarining asosiy uslubi hisoblanadi. Dala tajribasi
o‗tkazishda ko‗zda tutilgan asosiy maqsad turli xildagi tabiiy va xo‗jalik 
sharoitida ekilayotgan qishloq xo‗jalik ekinlariga va tajriba sharoitida 
o‗rganilayotgan faktorlarga nisbatan ilmiy agrokimyoviy va iqtisodiy baho 
berishdan iboratdir. 
Dala tajribalari o‗zining oldiga qo‗yilgan maqsadiga va mazmuniga 
qarab asosan ikki guruhga bo‗linadi: 
1.
Agrotexnik. 
2.
Nav sinash. 
Agrotexnik dala tajribalarining asosiy maqsadi har xil faktorlarning 
o‗simliklarning hayotiga, sharoitiga va ularni o‗simliklarning hosildorligi 
hamda hosilning sifati ko‗rsatkichlari ta‘siriga aniq baho bo‗ladi. Ushbu 
guruhga kiradigan dala tajribalariga tuproqga ishlov berishni, mineral va 
organik o‗g‗itlarning me‘yorini, begona o‗tlarga, hashorat va kasalliklarga 
qarshi kurashni o‗rganish kabilar kiradi. 
Nav sinash o‗rganiladigan dala tajribalarida esa, bir xil sharoitda har 
xil navlar sinab ko‗riladi. Yaratilgan yangi navlar shu mintaqa sharoitida 
sinalib, shu sharoit uchun mos keladigan hamma agrotexnik tadbirlar 
o‗rganiladi. Shuni hisobga olib, har bir mintaqada alohida ajaritilgan nav 
sinash maydoni mavjuddir. 
Agrotexnik maqsadda olib borilayotgan tajribalar o‗rganilayotgan 
faktorlarning (omil) soniga qarab ikki xil bo‗ladi: 
1.
Bir faktorli (oddiy). 
2.
Ko‗p faktorli (murakkab). 
Agar dala tajribasida o‗simlikning o‗sish va rivojlanishiga faqat bitta 
omilning ta‘siri o‗rganiladigan bo‗lsa, bu turdagi dala tajribalarini bir 
faktorli yoki oddiy tajriba deb ataladi. Bunda alohida mineral o‗g‗it ta‘siri 
yoki gerbitsidning me‘yori kabi bitta omilning o‗simlikning o‗sish va 
rivojlanishiga ta‘siri o‗rganiladi. 
Dala tajribasida o‗simliklar hayotiga ikki yoki undan ortiq omilning 
ta‘siri o‗rganiladigan bo‗lsa, bu turdagi tajribalarni ko‗p omillili yoki 
murakkab tajribalar deb ataladi. Bunday tajribalar ko‗p hollarda bitta 
tajribaning o‗zida bir yo‗la bir necha omilning ta‘sirini o‗rganish 
imkoniyatini 
yaratadi. 
Undan 
tashqari 
kuzatuvchining 
ishini 
yengillashtiradi, ikkinchi tomondan ko‗p ishlar, maydon iqtisod qilinadi. 


44 
Lekin solishtirilayotgan yoki nazorat qilinayotgan variantlar sonining 
ortishi hisobiga talab qilinadigan maydon ham, bir variantlik tajribaga 
nisbatan ko‗p talab qilinadi. 
 
Ko‗p omillik tajribalar. 
1. standart (azotsiz) 
standart (azotsiz) 
2. azot 1 doza 
ko‗chat qalinligi 80 000 (tup) ga 
3. azot 1 doza 
ko‗chat qalinligi 120 00 (tup) ga 
4. azot 1 dona 
ko‗chat qalinligi 100 000 (tup) ga 
5. azot 2 doza 
ko‗chat qalinligi 80 000 (tup) ga 
6. azot 2 doza 
ko‗chat qalinligi 100 000 (tup) ga 
7. azot 2 dona 
ko‗chat qalinligi 120 000 (tup) ga 
Yuqoridagi ko‗rsatilgan tajriba tizimida asosan ikkita omil (azot va 
ko‗chat qalinligi) o‗rganilmoqda. Ko‗p faktorlik dala tajribasining kulay 
tomoni birvarakayiga bir necha omillarning ta‘siri o‗rganilib, bizning 
misolimizda 80, 100, 120 ming tup ko‗chat qalinligiga azotning qaysi 
dozasi yaxshi natija berishligi aniqlanadi. Lekin ko‗p faktorli dala 
tajribalarining qiyinchilik tug‗diradigan joyi shundaki, birinchi tomondan 
ko‗p maydon talab qilsa, ikkinchi tomondan tajribada yo‗l qo‗yiladigan 
xatoliklar miqdori ham ortib ketishi mumkin. Sababi maydon kattalashgan 
sari tajribaning tipikligi, ya‘ni bir xillik xususiyati kamaya boshlaydi. 
Ushbu qonuniyat matematik baholash jarayonida tasdiqlanadi. Bu 
turdagi dala tajribasi uchun imkoni boricha maydonni tekkis, tuproq va 
iqlim sharoiti bir xil bo‗lgan maydon tanlansa yo‗l qo‗yilayotgan xatoliklar 
miqdorini kamaytirish mukin. 
Dala tajribalarida ikki omil o‗rganilayotgan vaqtda, har bir alohida 
faktor hisobiga oshgan qo‗shimcha hosil ikki faktorni birgalikda ta‘sirini 
o‗rganilganda olingan qo‗shimcha hosildan kam bo‗lsa, bu turdagi faktor 
yig‗indisini foydaliligi musbatli deb, aksincha bo‗lsa u holda hammasi 
foydasiz yoki manfiylik xarakterli deb yuritiladi. Agar alohida faqat o‗g‗it 
hisobiga 10 s/ga, sug‗orish hisobiga 5,0 s/ga, ikkala faktorni birga qo‗llash 
evaziga esa 20,0 s/ga qo‗shimcha hosil olinsa, 20-(10+5) = + 5,0 s/ga 
foydali faktorli tajribaga misol bo‗ladi. Faqatgina o‗g‗it hisobiga 10,0 
s/ga, ko‗chat qalingili evaziga 8,0 s/ga: ikkala faktorni birga qo‗llash 
evaziga esa 15,0 s/ga, qo‗shimcha 15-(10+8) = - 3,0 s/ga ko‗chat qalinligi 
evaziga 8,0 s/ga, ikkala faktorni birga qo‗llash evaziga esa 15,0 s/ga, 
qo‗shimcha 15 s/ga - (10+8) = - 3,0 s/ga hosil olinsa, bu faktorli dala 


45 
tajribalarini foydasiz faktorlik tajriba deyladi. O‗rganilayotgan
faktorlarning turiga qarab, bir-biriga bog‗liq yoki bog‗liq bo‗lmagan 
faktorlar ham bo‗ladi. Mineral o‗g‗it bilan suv bir-biriga bog‗liq. Sababi, 
o‗g‗itlar suvda erib, kation va anionlarga parchalangandan keyingina 
o‗zlashtiriladi. Shuning uchun o‗g‗itlarni sug‗orish bilan birga olib borish 
kerak. 
Ko‗p omillik dala tajribalarida agar ikkita faktorni ta‘siri 
o‗rganilayotgan bo‗lsa, bu holatda tajribada kami to‗rtta variant bo‗lishi 
shart. Undan kamaysa ko‗p faktorlik bo‗lib hisoblanmaydi. Ya‘ni oddiy bir 
faktorlik tajriba bo‗lib agar o‗g‗it bilan tuproqqa chuqur ishlav berish kaba 
faktorlar o‗rganilayotgan bo‗lsa, bu holatda tajriba sxemasi quyidagicha 
bo‗ladi: 
1.
Oddiy xaydov (0-35) – o‗g‗itsiz. 
2.
Chuqur haydov (0-35+35-45) – o‗g‗itsiz. 
3.
Oddiy haydov + o‗g‗it 
4.
Chuqur haydov + o‗g‗it 
Shundagina faktorlarning ta‘siridan olingan qo‗shimcha hosil va shu 
faktorning iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkoniyatiga ega bo‗linadi. 
Dala tajribalari faqatgina bir joyda bajarilsa yagona tajriba deb, agarda bir 
xil mazmunlik dala tajriba xar xil tabiiy iqlim sharoitida tajriba deb ataladi. 
Dala 
tajribalariga 
o‗zining 
bajarilish 
maqsadiga 
hamda 
davomiyligaga qarab asosan uchga bo‗linadi. 
1.
Qisqa muddatlik. 
2.
Ko‗p yillik 
3.
Uzoq muddatlik. 
Qisqa muddatlik dala tajribalari juda ko‗p maqsadlarda olib boriladi 
va tajribalar asosan 3-10 yilgacha davom ettiriladi. Ushbu turdagi dala 
tajribalari kuzatuvchining o‗z oldiga qo‗ygan maqsadiga qarab faqatgina 
bitta maydonda (statsionar) yoki bir necha maydonga ko‗chib ham 
(nestatsonar) olib boriladi. 
Kup yillik dala tajribalari esa bir yoki ko‗p faktorlik bo‗lib, ularning 
davomiyligi 10 yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. 
Nihoyat, oxirgi davomiylikdagi, o‗zoq muddatlik dala tajribalariga
bir maydonda 50 yildan ortiq bajariladigan tajribalar kiradi. Bu turdagi 
dala tajribalarini olib borishdan asosiy maqsad, uzoq yillar davomida 
o‗zgarishi mumkin bo‗lgan faktorlarni: tuproq unumdorligini, mineral 
o‗g‗itlarning ta‘sirini va qayta ta‘sirini o‗rganish maqsadida olib boriladi.
Ko‗p yillik va uzoq muddatlik dala tajribalaridan olingan ma‘lumotlarning 


46 
aniqlik darajasi ham yuqori bo‗ladi. Ko‗p yillar davomida kuzatiladigan 
dala tajribalari asosan imliy-tekshirish institutlarining bazalarida yoki 
o‗quv tajriba xo‗jaliklarida tashkil qilinib, uzoq yillar davomida ilmiy 
tekshirish ishlari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, katta fundamental va 
kompleks masalalarni hal etish uchun imkon beradi.
Uzoq muddatlik tajribalari hozirgi kunda mavjud bo‗lib, uzoq yillardan 
buyon kuzatib kelinmoqda. 1912 yillardan beri Petrovskiy (xozirgi 
Temiryazev nomli qishloq xo‗jalik akademiyasi) akademiyasida ko‗p 
faktorlik uzoq muddatlik dala tajribasi olib borilmoqda. Bu yerda 
monokultura, mineral o‗g‗itlar me‘yori, almashlab ekish kabi kompleks 
muammolar hal etiladi. Uzoq muddatli daoa tajribalari Angliyaning 
Rotamsted tajriba stansiyasida 1843 yildan boshlab, fransiyaning Grinon 
tajriba stansiyasida esa 1875 yildan, Amerika Qo‗shma Shatatining Illino 
universitetida 1876 yildan, Germaniyaning Galls shahrida esa 1878 yildan 
boshlab har xil ekinlarning me‘yorida esa 1798 yildan boshlab har xil 
ekinlarning me‘yori va almashlab ekish sxemalari o‗rganilmoqda.
Mustaqil Respublikamizning Andijon viloyati Asaka tumanida O‗rta 
Osiyo paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Andijon filialida 1936 yilda 
o‗zlashtirilgan maydon bo‗lib, bu maydonda ham uchta bo‗lakka bo‗lib, 
yuqorida aytilgan muammolar o‗rganilmoqda. Ba‘zi fermer xo‗jaliklari 
ham shu xo‗jalik sharoitiga mos holda yangi navlar, ilg‗or tajriba yutuqlari 
yoki yaxshi ko‗rsatkich bergan, iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‗lgan 
variantlar katta maydonlarda kuzatish ishlari olib boriladi. Bu turdagi 
tajribalarni iqtisodiy yoki ishlab chiqarish sharoitidagi dala tajribasi 
deyiladi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish