B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Huquqiy  madaniyat
  –  shaxs  tomonidan  huquqiy  bilimlarning  samarali 
o’zlashtirilishi  va  huquqiy  faoliyatni  samarali  tashkil  etish  darajasining  sifat 
ko’rsatkichi.  Shaxs  huquqiy  madaniyatini  shakllantirish  quyidagi  shartlar  asosida 


 
76 
amalga  oshiriladi:  keng  ko’lamli  ijtimoiy-huquqiy  axborotli  muhitning  mavjudligi; 
shaxs huquqiy ongini shakllantirish; shaxs huquqiy faoliyatini yo’lga qo’yish. 
 
Huquqiy  tarbiya
  –  shaxs  tomonidan  o’zlashtirilgan  nazariy-huquqiy  bilimlar 
negizida  huquqiy  faoliyatni  tashkil  etishga  doir  ko’nikma,  malakalarni  hosil  qilish, 
unda  ijobiy  mazmundagi  huquqiy  sifatlarni  qaror  toptirish,  huquqiy  madaniyatni 
shakllantirishga  yo’naltirilgan  pedagogik  jarayon.  Huquqiy  tarbiya  o’quvchilarga 
huquqiy bilimlarni berish orqali ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadini 
ko’zlaydi.  Bu  turdagi  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  o’quvchilarga  davlat 
Konstitutsiyasi, davlat haqidagi  ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy 
nafaqa,  sud  ishlarini  yuritish  va  boshqarishga  oid  huquqlar  mohiyatini  tushuntirish, 
ularda  ijtimoiy-huquqiy  me’yorlarning  shaxs,  jamiyat  hayotidagi  ahamiyatiga  oid 
tushunchani hosil qilish, huquqiy munosabatlar borasida tasavvurga ega bo’lishlarini 
ta’minlash, huquqiy ong hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma, 
malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish maqsadga muvofiqdir. 
Huquqiy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  quyidagi  vazifalar  hal  etiladi: 
o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar, ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, ularning 
ijtimoiy  ahamiyati  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  berish;  o’quvchilarda  huquqiy 
bilimlarni  egallashga  bo’lgan  ehtiyojni  hosil  qilish;  o’quvchilarda  huquqiy  ongni 
shakllantirish;  o’quvchilarda  huquqiy  faoliyat  ko’nikma,  malakalarni  hosil  qilish; 
o’quvchilarda  huquqiy  madaniyat  (huquqiy  tasavvur,  huquqiy  idrok,  huquqiy 
savodxonlik,  huquqiy  tafakkur,  huquqiy  masullik,  huquqiy  faollik,  huquqiy  e’tiqod, 
huquqiy salohiyat)ni, huquqiy madaniyat elementlari (huquqiy  me’yor, qonunlarning 
ijtimoiy  ahamiyatini  to’g’ri  baholash,  ijtimoiy  harakat  va harakatsizlikning qonuniy 
bo’lishiga  erishish,  davlat  Konstitutsiyasi  va  ramzlarini,  fuqarolik  huquq  va 
burchlarini  hurmat  qilish,  yuridik  xizmatlarga  nisbatan  ehtiyojni  qaror  toptirish,  har 
qanday  ko’rinishdagi  huquqbuzarliklarga  qarshi  murosasiz  kurashni  tashkil  etish 
kabilar)ni shakllantirish. 
O’quvchilardagi  qiziqishni  inobatga  olgan  holda  huquqiy  mavzularda  ma’ruza 
va  seminarlar  tashkil  etish,  mustaqil  ravishda  huquqiy  bilimlarni  o’zlashtirish 
maqsadida ularni huquqiy adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish, jinoiy xatti-harakatlar 
va  ularning  oqibatlari  xususida  davra  suhbati,  huquqni  muhofaza  qilish  organlari 
xodimlari  bilan  uchrashuv,  konferensiyalar  o’tkazish,  shuningdek,  huquqiy 
mavzudagi kinofilmlar namoyish etish muhimdir. 
 
Huquqiy ta’lim
 – o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar, ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlar  to’g’risida  tizimlangan  bilimlarni  berish,  ularda  huquqiy  bilimlarni 
egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni. 
Bu  turdagi  ta’limning  samaradorligi  ham  uni  izchil,  uzluksiz,  tizimli  va  maqsadga 
muvofiq  tashkil  etish  asosida  ta’minlanadi.  Huquqiy  ta’limni  tashkil  etishda 
O’zbekiston  Respublikasi  Qonunchiligi  asoslari,  me’yoriy  hujjatlarda  belgilangan 
qoidalar hamda 1997  yil 29 avgustda qabul qilingan O’zRning  “Jamiyatda huquqiy 
madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi. 
 
 


 
77 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish