B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat


 
Ibn  Sino,  Abu  Ali 
(980-1037  y.y.)
 
–  alloma,  qomusiy  olim,  Sharq 
mutafakkirlaridan  biri,  “Tib  qonunlari”  asarining  muallifi.
 
Mutafakkir  980  yilda 
Buxoro  yaqinidagi  Afshona  qishlog’ida  kichik  amaldor  oilasida  dunyoga  keladi. 
Uning otasi Abdulloh, uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ular tomonilan tashkil 
etilgan ilmiy munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashar edi. Bunday oilaviy muhit, 
qolaversa,  Buxoro  shahrida  ko’plab  madrasalar,  kasalxona  va  nodir  kitoblar 
saqlanadigan  kutubxonalarning  mavjudligi  iqtidorli  Ibn  Sinoga  ijobiy  ta’sir 
ko’rsatadi.  Maktabda  o’z  davrining  mashhur  kishilari  qo’lida  tahsil  olgan.  M: 
Abdulloh  Notiliydan  falsafa,  mantiq,  handasa,  buxorolik  Abu  Mansur  Qamariydan 
tilga oid saboqlarni o’zlashtirgan. 
IX  asr  oxiri  va  X  asr  boshlariga  kelib  o’lkada  siyosiy,  ijtimoiy  vaziyat 
murakkablashadi.  Shuning  uchun  Ibn  Sino  Xorazmga  –  Urganchga  ko’chib  o’tadi. 
Xorazmda bir guruh olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan 
“Ma’mun  akademiyasida”  ilmiy  ish  bilan  shug’ullanadi.  Yirik  asarlari  –    “Tib 
qonunlari”,  “Ash-Shifo”  ustida  ish  olib  boradi.  Ibn  Sino  fanning  turli  sohasiga  oid 
450 dan ortiq asar yaratadi. Lekin bizgacha 250 ga yaqini yetib kelgan bo’lib, ulardan 
50  dan  ortiq  qo’lyozmalari  O’zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  Abu  Rayhon  Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik  institutining kitob fondida saqlanmokda. 
Alloma ta’lim-tarbiyaga oid ko’plab asarlarni yaratgan. M: “Tadbir al-Manozil” 
(“Turar  joyni  boshkarish”),  “Axloq  haqida  risola”,  “Burch  haqida  risola”,  “Nafsni 
pokiza  tutish”,  “Badanni  boshqarish”,  “Adolat  haqida  kitob”,  “Al-qonun”,  “Ishq 
haqida risola”, “Hay ibn Yaqzon”, “Ziyorat qilishning ma’nosi haqida”, “An-Najot”, 
“Ash-Shifo”,  “Donishnoma”.  Ulug’  mutafakkir  o’zining  “Axloqqa  oid  risola”sida 
insonning umumiy fazilati hakida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon 
xulqlarning paydo bo’lish sabablari to’g’risida  to’xtaladi.  Uning  fikricha,  yaxshi  va 
yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo’ladi, insonlarning yaxshi yoki yomon 
bo’lishida hukumat ahllarining ta’siri ham kattadir. 
Ibn  Sino  axloqiy  xislatlar  –  iffat,  qanoat,  saxiylik,  shijoat,  sabr,  muloyimlik, 
sirni  saqlay  bilishlik,  ilm-ma’rifatli  bo’lish,  kamtarlik,    adolatlilik,  do’stlik, 
vafodorlik kabi axloqiy kategoriyalarga ta’rif beradi. Alloma o’z asarlarida bir qator 
ijobiy xislatlarning ta’riflaydi. M: Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi. 
Chidamlilik – inson boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat. Aqllilik – 
biror  ishni  bajarishda  shoshma-shosharlik  qilishdan  saqlovchi  quvvat.  Ziyraklik  – 
sezgi  bergan  narsalarning  haqiqiy  ma’nosini  tezlik  bilan  tushunishga  yordam 
beruvchi quvvat.  
Ibn Sinoning fikricha, insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular – 
aldash,  rashk,  o’ch  olish,  adovat,  bo’hton,  irodasizlik  kabilardir.  Ulug’  mutafakkir 
fanlar  tavsifiga  ham  to’xtalib  o’tib,  unga  ko’ra  birinchi  o’ringa  tibbiyot  fanlarini, 
ikkinchi o’ringa esa falsafani qo’yadi.  
Fanlarni: nazariy va amaliy fanlar sifatida ikki guruhga ajratadi. 1-guruh: etika, 
iqtisod,  siyosat;  2-guruh:  fizika,  matematika,    metafizika,  tabiiy  qonuniyatlarini 
o’rganuvchi fanlar kiradi.  


 
78 
Alloma  bolalarni  jamoa  bo’lib  maktabda  o’qitish  zarurligini  uqtirib,  unda 
kuyidagilarga  rioya  etish  zarur  deb  hisoblaydi:  bolaga  bilim  berishda  birdaniga 
kitobga band kilib ko’ymaslik; ta’limda yengildan og’irga borish orkali bilim  berish; 
olib  boriladigan  mashqlar  bolalar  yoshiga  mos  bo’lishi;  o’kitishda  jamoa  bo’lib 
maktabda  o’qitishga  e’tibor  berish;  bilim  berishda  bolalarning  mayli,  qiziqishi  va 
qobiliyatini hisobga olish; o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish. 
Abu  Ali  ibn  Sino  pedagogik  faoliyatni  samarali  tashkil  etish  yuzasidan 
o’qituvchilarga  amaliy  tavsiyalarni  beradi.  Xususan:  1.  Bolalar  bilan  muomalada 
bosiq,  jiddiy  bo’lish.  2.  Berilayotgan  bilimning  talabalar  qanday  o’zlashtirib 
olayotganiga  e’tibor  berish.  3.  Ta’limda  turli  metod  va  shakllardan  foydalanish.  4. 
Talabaning  xotirasi,  bilimlarni  egallash  qobiliyati,  shaxsiy  xususiyatlarini  bilishi.  5. 
Fanga qiziqtira olish. 6. Berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bera olish. 7. 
Bilimlarni talabalarga tushunarli, uning  yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish. 
8. Har bir so’zni bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga e’tibor berish.

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish