8.26.Modifikasion o‟zgaruvchanlikning statistik variatsiyalariga doir masalalar yechish.
Genotip bir bo‘lgani bilan rivojlanish sharoiti har – xil bo‘lsa
organizm belgilari bir – biridan
katta farq qiladi. Tashqi sharoitning o‘zgarishi organizmni turli – xil belgilariga bir xilda tasir
etmaydi. Belgilarning ba‘zilari juda o‘zgaruvchan bo‘lsa, boshqalari kamroq o‘zgaradi. Nihoyat
uchinchi xillarini muhit sharoiti juda o‘zgartira oladi. Organizm fenotipining qanday bo‘lishi,
undagi belgilarning rivojlanish darajasi muhit sharoitiga bog‘liq. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik
genotipga bog‘liq bo‘lmay, balki tashqi sharoit o‘zgarishi oqibatida fenotipda yuzaga keladigan
o‘zgaruvchanlikdir. Shuni ta‘kidlash lozimki, modifikatsion o‘zgaruvchanlik bir xil genotipga ega
bo‘lgan oraganizmlarda ularning har – xil sharoitda yashashlari oqibatida namoyon bo‘ladi.
153
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Organizmlarning sifat belgilari tashqi muhit omillari ta‘sirida kam o‘zgaradi, ammo
organizmlarning miqdoriy belgilari tashqi muhit sharoitining ta‘siriga nisbatan kuchli o‘zgaradi.
Masalan: madaniy o‘simliklarning bo‘yi, bargi, rangi, mevasi va urug‘larining soni, hosildorligi,
uy hayvonlarining massasi, sut mahsuldorligi kabi miqdoriy belgilarning rivojlanish darajasiga
ularni parvarish qilish, boqish sharoiti sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Miqdoriy belgilarning
irsiylanishini va modifikatsion o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda maxsus statistik ( matemetik )
usullardan foydalaniladi. Olingan dalillar asosida variatsion qator va grafik tuziladi. Tuzilgan
variatsion qatordagi dalillardan foydalanib o‘rganilayotgan belgining maksimum, minimum va
o‘rtacha ko‘rsatgichi aniqlanadi. Tuzilgan variatsion qator va variatsion grafik esa o‘rganilayotgan
belgi genotipining reaksiya normasi doirasida sodir bo‘lishi modifikatsion o‘zgaruvchanlikni
ifodalaydi. Miqdoriy belgilarning modifikatsion o‘zgaruvchanligini variatsion statistikaning
formulasidan foydalangan holda aniqlanadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik
variatsiyalari bo‘yicha o‘qituvchi o‘quvchilarni masalalar ustida mashqlantirganda quyidagi
dalillardan foydalanadi. Tanlamasdan bir to‘p tut daraxtidan 100 dona barglar o‘lcgamidan, sinf
o‘quvchilarining bir minutdagi yurak urishlarining sonidan, sinf o‘quvchilarining og‘irligidan,
bug‘doy boshog‘idagi boshoqchalar sonida va g‘o‘za chanog‘idagi chigitlar sonidan foydalanish
yaxshi natija beradi.
1–masala. Tanlanmasdan olingan 100 dona ko‘sakdagi chigitlar soni hisoblanganda quyidagi
natijalar olindi.Ko‘sakdagi chigitlar soni 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ko‘saklar soni 8 10 14 16
13 12 11 7 6 3 yuqoridagi sonlardan shu narsa ma‘lumki, ko‘sakdagi chigitlar soning eng ozi 36
ta, ya‘ni bu esa chigitlar soninig minimum miqdorini tashkil etsa, uning maksimum soni 45 ta
ekanligini o‘quvcilar bilib oladi.
Minimum 36 ta.
Maksimum 45 ta.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning o‘tach miqdorini aniqlash uchun quyidagi formuladan
foydalanish ta‘kidlanadi.
=
n
v
E
)
(
Bunda M – o‘rtacha miqdor, V – variantlar soni, P – variantlarning qanchalik ko‘p
uchrashi, E - jamlash belgisi, n – variasion qatordagi variantlarning umumiy soni
. 36 x 8 = 288
41 x 12 = 492
37 x 10 = 370
42 x 11 = 462
38 x 14 = 532
43 x 7 = 301
39 x 16 = 624
44 x 6 = 264
40 x 13 = 520
45 x 3 = 135
O‘quvchilar mana shu ko‘paytmalarning hammasini jamlab, 3988 ga teng ekanligini aniqlaydi
154
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
88
,
39
100
3988
)
(
n
P
v
E
Demak 100 dona ko‘sakdagi chigitlar sonining o‘rtacha miqdori 39,88 ga teng. Ya‘ni
minimum soni 36 ta, maksimum soni esa 45 ta, o‘rtacha soni esa 39,88 ga teng ekanligini
aniqlaydi.
Modifikasion o‘zgaruvchanlikning variatsion qatorini grafikda ifodalash uchun gorizontal
chiziqqa ya‘ni absissa o‘qiga variantlarning oshib boruvchi tartibda bir xil masofada
joylashtiramiz. Har bir variantning qanchalik ko‘p uchrashini esa ordinata o‘qiga qo‘yib chiqamiz.
Har bir variantning qanchalik ko‘p uchrashiga mos keladigan sonlarning ro‘parasigacha gorizontal
o‘qdan tik chiziqlar tortamiz. Variantlarning qanchalik ko‘p uchrashiga mos keladigan
chiziqlarning tik chiziqlar bilan kesishgan nuqtalarini to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtiramiz.
Natijada ko‘sakdagi chigitlar sonini o‘zgaruvchanligini ifodalaydigan egri chiziq hosil bo‘ladi. 2
masala. Bug‘doyning tanlanmasdan olinga 100 dona boshoqdagi boshoqchalar sanab chiqilganda
quyidagi natijalar olindi.
Boshoqdagi boshoqchalar soni 14 15 16 17 18 19 20
Boshoqlar soni 2 7 22 32 24 8 5
Olingan natijalardan o‘quvchilar boshoqdagi boshoqchalar soning eng ozi minimum soni soni
14 ta , maksimum 20 ta ekanligini aniqlaydi. Boshoqdagi boshoqcha sonining o‘rtacha miqdorini
aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanadi.
=
n
v
E
)
(
Umumiy tanlanmani aniqlash uchun o‘quvchilar boshoqdagiboshoqchalar soniga ko‘paytirib,
ko‘paytmasini qo‘shib, umumiy miqdorga bo‘lib, o‘rtacha miqdorni aniqlaydilar.
14 x 2 = 28 15 x 7 = 105 16 x 22 = 352 17 x 32 = 544
18 x 24 = 432 19 x 8 = 152 20 x 5 = 100
So‘ngra bu ko‘paytmalarning hammasini jamlaymiz. Natijada 1713 chiqadi . Bu yig‘indini
qatordagi variantlarning umumiy soniga taqsimlaydi.
13
,
17
100
1713
)
(
n
p
v
E
Bug‘doy boshog‘ida boshoqchalarning variasion egri chizig‘ini grafikda ifodalash uchun
gorizontal chiziqqa ya‘ni absissa o‘qiga variantlar, ordinataga esa variantlarning qanchalik ko‘p
uchrashi
yozib chiqiladi, ulardan to‘g‘ri chiziq o‘tkazilib, to‘g‘ri chiziqning kesishgan nuqtasi
belgilanadi. Ana shu nuqtalar o‘zaro birlashtirilib, bug‘doy boshog‘idagi boshoqcalarnining
variasion egri chizig‘i aniqlanadi.
Bug‘doy boshog‘idagi boshoqchalarning variasion egri chizig‘i
155
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Do'stlaringiz bilan baham: |