162
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
9 Bob Seleksiya.
9.1.O„simliklar seleksiyasi.
Madaniy o‗simliklarning kelib chiqish markazlari. Seleksiya ishlarining samarasi duragaylash
uchun tanlab olingan dastlabki materialning irsiy xilma-xilligiga bog‗liq. Shuning uchun ham
seleksionerlar yovvoyi o‗simliklarning xilma-xilligidan foydalanadilar. Seleksiyada bunday
yondashishning ahamiyatini buyuk genetik va seleksioner Nikolay Ivanovich Vavilov birinchi
marta ta‘kidlagan edi. Uning rahbarligida planetamizning turli regionlariga ilmiy ekspeditsiyalar
tashkil qilindi va madaniy va yovvoyi o‗simliklarning xilma-xil namunalari to‗plandi. O‗tkazilgan
ekspeditsiyalar natijasida 160 mingdan ortiq o‗simliklarning turlari va navlari to‗plandi. Bu
to‗plangan boy materialdan seleksionerlar o‗z ilmiy va amaliy ishlarida foydalandilar. Hozirgi
vaqtda bu kolleksiya 320 mingdan ortiq namunalarni o‗z
ichiga oladi. O‗simliklarning planetaning har xil regionlarida tarqalishini analiz qilish natijasida
N. I. madaniy o‗simliklarning tarqalish qonuniyatlarini aniqladi, eng qadimgi dehqonlik
markazlarini kashf qildi va natijada madaniy o‗simliklarning quyidagi 8 ta kelib chiqish
markazlarini ajratib berdi:
1. Sharqiy Osiyo (Xitoy) markazi – choy, soya, tariq, nasha kabi ko‗plab o‗simliklar vatani.
2. Janubiy Osiyo (Hindiston) tropic markazi – sholi, shakar qamish, choy, apelsin, limon, bodring
kabi o‗simliklar vatani.
3. O‗rta Osiyo (Janubi g‗arbiy Osiyo) markazi – bug‗doy, suli, qovun, arpa, g‗o‗za, sabzi, uzum va
boshqa o‗simliklar vatani.
4. Old Osiyo markazi – yumshoq bug‗doy, suli, arpaning vatani.
5. O‗rtayer dengizi markazi – karam, lavlagi, sholg‗om, turp, qattiq bug‗doy,
zig‗ir, sabzi kabi o‗simliklar vatani.
6. Habashiston markazi – qattiq bug‗doy, qo‗qon jo‗xori, kofe, tarvuz o‗simliklari vatani.
7. Markaziy Amerika markazi – makkajo‗xori, kakao, qovoq, paxta, tamaki vatani.
8. Janubiy Amerika markazi – kartoshka, anjir, yeryong‗oq, qalampir vatani.
Olimlarning keyingi o‗tkazilgan tadqiqotlari natijasida yana quyidagi markazlar aniqlandi:
Avstraliya, Afrika, Yevropa – Sibir, Shimoliy Amerika. O‗zbekistonda madaniy o‗simliklar,
ayniqsa g‗o‗za kolleksiyasini yaratish sohasidagi ishlar. G‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi,
o‗simlikshunoslik, genetika institutlarida olib borilmoqda. Faqat g‗o‗za kolleksiyasining o‗zida
9000 ga yaqin navlar, yarim yovvoyi va yovvoyi shakllari mavjud. Bu kolleksiyani yaratishda
O‗zbekiston olimlaridan G. S. Zaytsev, F. M. Mauyer, D. V. TerAvanesyan, A. A. Abdullayevlar
katta xissa qo‗shganlar. O‗simliklar seleksiyasining nazariy asoslaridan biri N. I. Vavilov
tomonidan yaratilgan irsiy o‗zgaruvchanlikning gomologik qatori qonunlaridir (bu to‗g‗rida
avvalroq batafsil ma‘lumotlar keltirilgan).
Toshkent milliy universiteti genetiklari Akademik J. A.
Musayev rahbarligida g‗o‗zaning juda ko‗p foydali belgilariga ega bo‗lgan gomozigotali liniyalari
yaratilgan bo‗lib, bu kolleksiyadan g‗o‗za seleksiyasini rivojlantirishda keng foydalaniladi.
Bu qonundan samarali foydalanish natijasida seleksionerlar bug‗doy, arpa, makkajo‗xori kabi
o‗simliklarning har xil foydali xo‗jalik ahamiyatiga ega bo‗lgan navlarini keltirib chiqardilar.
Qonunni faqat o‗simliklar uchungina emas, balki hayvonlar va mikroorganizmlarda ham qo‗llash
mumkinligi aniqlandi. Masalan, odamda uchraydigan ko‗p irsiy belgilar va kasalliklar
hayvonlarda ham uchraydi (avvalgi mavzularga qarang).
163
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Do'stlaringiz bilan baham: |