5
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Kirish
Biologiyada boshqa fanlardagi kabi ko‗p muammolar, o‗z yechimini kutayotgan masalalar,
tirik tabiat sirlari mavjud. Bu muammolar, birinchidan, molekulalarning tuzilishi va funksiyasini
aniqlash; ikkinchidan, bir va ko‗p hujayrali organizmlarning rivojlanishini tartibga solish
mexanizmlarini bilish; uchinchidan, organizmlar shaxsiy rivojlanishdagi irsiyat mexanizmlari,
ya‘ni oqsil biosintezidan hujayra hosil bo‗lguniga qadar tabaqalanishni oydinlashtirish;
to‗rtinchidan, organizmlar tarixiy rivojlanishini aniqlash; beshinchidan, yerda hayotning paydo
bo‗lishi muammosini yechish va tajribada isbotlash; oltinchidan, insonlarning tabiatdagi
ko‗rsatadigan ijobiy va salbiy ta‘sirini bilish; yettinchidan odamning paydo bo‗lishi bilan ochiq
bo‗lgan ba‘zi muammolarni hal etishdan iborat. Yuqorida qayd etilgan muammolarni yechish
biologiya fani oldida turgan asosiy vazifadir. Lekin biologiya fani nazariy muammolarni yechish
bilan cheklanib qolmasdan u juda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan muammolar yechishda
ham faol ishtirok etadi.
Biologiyaning rivoji bilan uning turli tarmoqlari o‗zining taraqqiyot yo‗nalishi bo‗lgan alohida
fan sifatida shakllanadi. O‗simlik olamini – botanika; mavjudotlarni tuzilishi va faoliyatini –
anotomiya, gistologiya, fiziologiya; irsiyat va o‗zgaruvchanlikni – genetika; organik olamning
tarixiy rivojlanishini – evolutsiya; mavjudotlarning o‗zaro va atrof-muhit bilan uzviy aloqasini –
biologiyaning ekologik tarmoqlari o‗rganadi.
Odamlarda 5000 ga yaqin kasallik ota-onadan kelgusi nasllarga berilishi qonuniyatlari kashf
etildi. Farzandlarimizni sogiom tug‗ilishi ko‗p jihatdan keng aholi, ayniqsa yoshlar orasida
genetik bilimlarni tarqatish, genetik savodxonlikni oshirishi bilan uzviy aloqador. Bu masalani
ijobiy hal etishda maktab biologiya o‗qituvchilarining roli beqiyos. Oliy o‘quv yurtiga
tayyorlanuvchi abuturentlarga va yosh o‘qituvchilarga biologiya fanidan metodik ko‗mak berish
maqsadida qo‗lingizdagi Biologiya fanidan masalalar yechimini o‘rgannish uchun qo‘llamma
yaratildi. Uni yozishda muallifIar o‗zlarining ko‗p yillik pedagogik tajribalariga hamda chet
ellarda nashr etilgan adabiyotlarga asoslandi. Biologiya fanidan masallalar ishlash o‘quv
qo‘llanma DTS talablariga mos holda tuzildi, unda biologiya faniga hissa qo‘shgan olimlar,
biologik atamalar lug‘ati, nukilin kislota, oqsil, DNK, RNK, evalutsion ta‘limot, organizmlar
ko‗payishining sitologik, biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko‗payish, urugianish, irsiyat
qonunlari, jins genetikasi va jinsga bogiiq holda irsiylanish, belgilarning birikkan holda
irsiylanishi, irsiyatning xromosoma nazariyasi, allel bo‗lmagan genlarning o ‗zaro ta‘sirida
belgilarning rivojlanishi, sitopIazmatik irsiylanish, o ‗zgaruvchanlik, uning tiplari, ontogenez
genetikasi, populyatsiya, xulq-atvor gen etik asi, genetik injeneriya, biotexnologiya hamda
genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birgalikda masalalar yechish
tartibi ham ko‘rsatilgan. O‘quv qo‘llanmada kiritilgan jadvallar, rasmlar o‘quvchilarning fan
mazmunini puxta o ‗zlashtirishiga ko‗maklashadi. O‘quv qo‘llanma so‗ngida atamalar lug‗ati va
foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |