Psixogenetikaning irsiyat mexanizmlari haqidagi zamonaviy tassavurlari .Irsiyat kasalliklar va psixogenetika Reja - “Genetika” so‘zi grekcha “genesis” so‘zidan olingan bo‘lib,
- “kelib chiqish”, “tug‘ilishga taalluqli” degan ma’nolarni beradi.
- Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat – irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Atama fanga 1906-yilda ingliz biologi Betson tomonida kiritilgan.
- Irsiyat — organizmning o‘z belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o‘tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli tur
- doirasidagi individlar o‘xshash bo‘ladi.
Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risida dastlabki fikrlarni qadimgi allomalar – Demokrit, Gippokrat, Platon, Arastu asarlarida uchratish mumkin. Masalan, Gippokrat shunday yozgan edi: “...urug‘ butun tanani hosil qiladi, sog‘lom urug‘dan tananing sog‘lom qismlari, kasal urug‘laridan esa kasal qismlar hosil bo‘ladi. - Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risida dastlabki fikrlarni qadimgi allomalar – Demokrit, Gippokrat, Platon, Arastu asarlarida uchratish mumkin. Masalan, Gippokrat shunday yozgan edi: “...urug‘ butun tanani hosil qiladi, sog‘lom urug‘dan tananing sog‘lom qismlari, kasal urug‘laridan esa kasal qismlar hosil bo‘ladi.
Kaldan — kal bola, ko‘k ko‘zlidan — ko‘k ko‘zli bola, g‘ilaydan g‘ilay, tuxumsimon kallalidan — tuxumsimon kallali farzandlar dunyoga keladi”. - Kaldan — kal bola, ko‘k ko‘zlidan — ko‘k ko‘zli bola, g‘ilaydan g‘ilay, tuxumsimon kallalidan — tuxumsimon kallali farzandlar dunyoga keladi”.
- Anaksagor va Arastuning ham irsiyat va jins shakllanishi to‘g‘risidagi dunyoqarashlari diqqatga sazovordir. Platon o‘zining “Siyosat” nomli asarida jismoniy va ma’naviy sog‘lom bolalar tug‘ilishi uchun er-xotinlarni qanday tanlashni, bolalarni qanday tarbiyalashni tushuntiradi.
Irsiyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar buyuk vatandoshimiz Ibn Sinoga ham ma’lum edi. Ibn Sino asarlarida odam tabiatining shakllanishida uning belgilari (hozirgi zamon tushunchasida – fenotipi), ichki mohiyati (organizmning irsiy axboroti – genotipi) va elementlarining (genlarning) o‘zaro munosabatlarining ahamiyati to‘g‘risida qimmatli fikrlar mavjud. - Irsiyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar buyuk vatandoshimiz Ibn Sinoga ham ma’lum edi. Ibn Sino asarlarida odam tabiatining shakllanishida uning belgilari (hozirgi zamon tushunchasida – fenotipi), ichki mohiyati (organizmning irsiy axboroti – genotipi) va elementlarining (genlarning) o‘zaro munosabatlarining ahamiyati to‘g‘risida qimmatli fikrlar mavjud.
Uyg‘onish davrida tabiat to‘g‘risidagi bilimlar keng rivojlanib, har xil ilmiy ma’lumotlar to‘plandi, tajribalar o‘tkazildi. O‘sha davrda ispaniyalik hakim Merkado “Irsiy kasalliklar” nomli asarni yaratdi, keyinroq esa Moperti, Adams va Nassellarning irsiyat sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlari natijalari chop etildi. Uyg‘onish davrida tabiat to‘g‘risidagi bilimlar keng rivojlanib, har xil ilmiy ma’lumotlar to‘plandi, tajribalar o‘tkazildi. O‘sha davrda ispaniyalik hakim Merkado “Irsiy kasalliklar” nomli asarni yaratdi, keyinroq esa Moperti, Adams va Nassellarning irsiyat sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlari natijalari chop etildi. XIX asrning 80-yillarida A. Veysman birinchi marta irsiyatning moddiy asosi xromosomada joylashgan degan fikrni bayon qildi. - XIX asrning 80-yillarida A. Veysman birinchi marta irsiyatning moddiy asosi xromosomada joylashgan degan fikrni bayon qildi.
Genetika fanini 1900-yilda yaratilgan deb hisoblanadi. Ammo irsiyat qonunlari chex olimi G. Mendel tomonidan 1865-yilda kashf qilingan edi. 35 yil davomida zamondoshlar G. Mendelning kashfiyotini tushunishmadi. - Genetika fanini 1900-yilda yaratilgan deb hisoblanadi. Ammo irsiyat qonunlari chex olimi G. Mendel tomonidan 1865-yilda kashf qilingan edi. 35 yil davomida zamondoshlar G. Mendelning kashfiyotini tushunishmadi.
Генетиканинг ривожланиш тарихини уч даврга бўлиш мумкин. - Классик генетика даври (1900-1930) - белгиларни наслдан наслга ўтишига тааллуқли асосий қонуниятларни кашф қилиниш даври ҳисобланади. Бу даврда Г. Мендел қонунлари асосланди ва улар қайта кашф қилинди. Бецон Г. Мендел қонунлари фақат ўсимликларгагина хос бўлмай микроорганизмларга, ҳайвонларга ва одамларга ҳам оид эканлигини кўрсатди.
1909-1911-йилларда америкалик олим Т. Морган ўз шогирдлари билан (Стертевант, Г. Меллер, К. Бриджес) «ирсиятнинг хромосома назарияси» деб аталувчи генетиканинг муҳим қонуниятини асослаб беради.
Неоклассицизм даври (1930-1953) - ирсиятнинг ситологик асослари ва хромосомалар тузилишига оид қоидаларни кашф қилиниш даври ҳисобланади. Бу даврда ген тўғрисидаги тушунчалар мустаҳкамланди ва ген таълимоти яратилди. Генетиканинг неоклассицизм даври ирсиятнинг ҳужайра даражасида ўрганиш даврига тўғри келди. - Неоклассицизм даври (1930-1953) - ирсиятнинг ситологик асослари ва хромосомалар тузилишига оид қоидаларни кашф қилиниш даври ҳисобланади. Бу даврда ген тўғрисидаги тушунчалар мустаҳкамланди ва ген таълимоти яратилди. Генетиканинг неоклассицизм даври ирсиятнинг ҳужайра даражасида ўрганиш даврига тўғри келди.
Do'stlaringiz bilan baham: |