36
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Oqsillarning biologik vazifasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi o‗rni ya‘ni,
ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Binobarin, bunday molekulalar biosintezi oldindan
belgilangan reja bo‗yicha amalga oshishi kerak. Bunday reja DNK molekulasida 4 xil
nukleotidlarning yordamida yozilgan bo‗lib, u oqsil molekulasining nusxasi yoki qolipi deb
yuritiladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukleotidlar
yordamida ifodalanishi
genetik kod deb ataladi. Har bir aminokislota 3 ta nukleotidning birikishidan hosil bo‗lgan triplet
kod yordamida ifodalanadi. 20 ta aminokislotani ifodalash uchun 61 ta tripletli koddan
foydalaniladi. Demak, bitta aminokislota 2 va undan ortiq kod yordamida ifodalanadi. Kodlarning
umumiy soni 64 (43 = 4∙4∙4) taga teng. Qolgan 3 ta kod oqsil
sintezining boshlanishi va tugallanishini bildiradi. Genetik kod barcha tirik organizmlar
uchun
universal hisoblanadi. Demak, u mikroorganizmlardan odamgacha bir xildir. Genetik kodning
muhim xususiyatlaridan biri uning o‗ziga xosligi bo‗lib, bitta triplet bitta aminokislotaga mos
keladi, oqsil biosintezi o‗ta murakkab jarayon bo‗lib, bunda xilma-xil ferment va RNKlar ishtirok
etadi. Bu jarayon hujayraning maxsus sintez qiluvchi organoidi — ribosomalarda kechadi.
Dastlab, aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faol holga keladi va t-RNKlar yordamida
ribosomalarga tashib keltiriladi. Oqsil to‗g‗risidagi axborot
DNK molekulasidan i-RNKlar
yordamida ko‗chirib olinadi va ribosomaga beriladi.
Demak, DNKning zanjirlaridan birida RNK molekulasi sintezlanadi. i-RNK nukleotidlarning
ketmaketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos (komplementar) bo‗ladi.
Oqsil sintezi transkripsiya va translyatsiya bosqichlarda amalga oshadi. DNKdagi oqsil
to‗g‗risidagi axborotni iRNKga ko‗chirib o‗tilgandek yozilishiga transkripsiya deyiladi.
Transkripsiya yadroda kechadi. IRNKdagi nukleotidlar ketma-ketligini aminokislotalar
ko‗rinishida namoyon bo‗lishiga translyatsiya
deyiladi. Translyatsiya jarayoni ribosomada kechadi. Shunday qilib, sitoplazmada ribosoma va
iRNKdan iborat oqsil sintez qiluvchi majmua hosil bo‗ladi. Ribosoma i-RNK bo‗ylab
harakat
qiladi va polipeptid zanjirning hosil bo‗lishi boshlanadi. Bu harakat davomida ribosomaga ketma-
ket ravishda aminokislotalar kelib qo‗shiladi. Aminokislota bilan tripletli kodining mos kelishini t-
RNK belgilaydi. oqsil molekulasi sintezi tugallangach, polipeptid zanjir ribosomadan ajraladi.
Ribosoma va iRNK molekulasidan oqsillar biosintezida qayta-qayta foydalanish mumkin.
DNK: 1-zanjir: A – G – A – A – T – S – G
2-zanjir: T – S – T – T – A – G – S
RNK zanjiri: A – G – A – A – U – S – G
Xromosomalarning ximiyaviy tarkibi oqsil va DNK dan tashkil topgan. Ko‘pchilik genetik
olimlar avvallari irsiyatning moddiy negizi oqsil deb hisoblaganlar. Lekin 1928 yilda angliyalik
bakteriolog F.Griffits, 1944 yilda AQSH mikrobiolog genetigi O.Everi
tomonidan bakteriyalar
ustida olib borilgan tajribalar asosida irsiyatning negizi oqsil emas, nuklein kislotalar ekanligi
aniqlandi.
Nuklein kislota molekulasi ko‘p marta takrorlanuvchi nukleotidlardan iborat. Nuklein
kislotalarning ikki xili: dezoksiriboza nuklein kislotasi (DNK) va ribonuklein kislota (RNK)
mavjud. DNK asosan yadroda, RNK yadroda va sitoplazmada uchraydi.
37
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
DNK – o‘zaro bog‘langan bir necha nukleotidlardan tashkil topgan ikkita (qo‘sh)
polinukleotid zanjirdan iborat ekanligini 1953 yilda D.Uotson va F.Kriklar aniqlagan.
Nukleotid
organik azotli asos (purin yoki pirimidin), oddiy uglevod – pentoza (dezoksiriboza) va fosfat
kislota molekulalarining ximiyaviy yo‘l bilan birikishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir.
DNK polimer molekulasining tuzilishida to‘rt xil nukleotid: sitozin va guanin (purin
hosilalari), adenin va timin (pirimidin hosilalari) ishtirok etadi. Nukleotidlar o‘z nomining bosh
harfi bilan ifodalab belgilanadi. M: Adenin nukleotidi – A, guanin nukleotidi –G va hokazo.
DNK zanjiridan birining tuzilishi ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi. Zanjirning birida A -
joylashgan bo‘lsa, uning ro‘parasiga T joylashadi, G - joylashgan bo‘lsa uning ro‘parasiga S
joylashadi. SHunday qilib, zanjirning birida A-G-G-S-T-A-S-S nukleotidlari ketma-ket joylashgan
bo‘lsa, ularning ro‘parasida T-S-S-G-A-T-G-G nukleotidlari joylashadi. Bu to‘ldirish
prinsipiga
asoslanadi. Hujayra bo‘linishidan oldin undagi DNK molekulalari ikki hissa ortadi, ya‘ni
Do'stlaringiz bilan baham: