Mavzu: Fosfor oksidlari, fosfat kislota tuzlari. Fosfat kislota ishlab chiqarish. Mineral o'g'itlar
Reja:
1.Fosfor oksidlari.
2.Fosfat kislota tuzlari.
3.Fosfat kislota ishlab chiqarish
4.Mineral o'g'itlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Fosforning yer po'stlog'idagi umumiy miqdori 0,08% ni tashkil etadi. Fosfor tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi: ulardan eng rauhimi kalsiy fosfat — apatit mineralidir. Apatitning juda ko'p turlari ma'lum, ulardan eng ko'p tarqalgani ftorapatit 3Ca3(PO4)2. CaF2. Cho'kindi tog' jinslari — fosforitlar apatitning turlaridan tarkib topgan. Fosfor oqsil moddalar tarkibidagi turli xil birikmalar holida bo'ladi. Miya to'qimalarida fosforning miqdori 0,38%, muskullarda — 0,27% bo'ladi.
Dunyoda apatitlarning eng boy qatlamlari Kola yarim orolida, joylashgan. Fosforitlar Ural, Volgabo'yi, Sibir, Qozog'iston, Estoniya, Belorussiya va boshqa joylarda keng tarqalgan. Shimoliy Afrikada, Suriya va Amerikada fosforitlarning katta konlari bor.
Fosfor o'simliklarning hayotida juda muhim bo'lgani uchun tuproqda yetarli miqdorda fosfor birikmalari doimo bo'lishi zarur.
Fizik xossalari. Fosfor elementida metallmas xossalari azotga nisbatan kam ekanligi uning oddiy moddalari xossalarida ko'rinadi. Masalan, fosfor azotdan farq qilib, bir necha allotropik shakl o'zgarishlar hosil qiladi: oq fosfor, qizil fosfor va boshqalar.
Oq fosfor — rangsiz va juda zaharli modda. Fosfor bug'larini kondensatlash bilan olinadi. Suvda erimaydi, lekin uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Uzoq vaqt ohista qizdirilganda oq fosfor qizil fosforga aylanadi.
Qizil fosfor — qizil-qo'ng'ir rangli kukun, zaharli emas. Suvda va uglerod sulfidda erimaydi. Qizil fosfor bir necha allotropik shakl o'zgarishlar aralashmasidan iboratligi aniqlangan, ular bir-biridan rangi (to'q qizildan gunafsha ranggacha) va boshqa ba'zi xossalari bilan farq qiladi. Qizil fosforning xossalari ko'p jihatdan uning olinish sharoitlariga bog'liq.
Qora fosfor — tashqi ko'rinishidan grafitga o'xshaydi, ushlab ko'rilganda yog'lidek tuyuladi, yarim o'tkazgich xossalari bor. Oq fosforni juda katta bosim ostida uzoq vaqt qizdirish (200°C va 1200 MPa da) orqali olinadi.
Qizil va qora fosfor qattiq qizdirilganda haydaladi.
Tabiiy fosfor bitta barqaror izotop -^ R dan tarkib topgan. Sun'iy radioaktiv izotopi j| P (yarim yemirilish davri 14,3 kun) keng ko'lamda ishlatiladi.
Fosforning allotropik shakl o'zgarish-larining xossalari ularning tuzilishi bilan tushuntiriladi. Oq fosforning tuzilishi ancha p mufassal o'rganilgan. U molekulyar kristall
panjaraga ega. Uning molekulalari to'rt atomli (P4— tetrafosfor) va uch qirrali muntazam piramida shaklida bo'ladi.
Fosforning bar qaysi atomi piramidaning uchlaridan birida bo'lib, boshqa uchta atom bilan uchta 6- bog'lanish orqali bog'langan. Molekulyar panjarali barcha moddalar kabi oq fosfor ham oson suyuqlanadi va uchuvchan bo'ladi. U organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Oq fosfordan farq qilib, qizil va qora fosfor atomli kristall panjarali bo'ladi. Shu sababli ular deyarli barcha erituvchilarda erimaydi, uchuvchan, zaharli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |