9.2.O„simliklar seleksiyasining asosiy metodlari
Tanlash va duragaylash usullari seleksiyasining asosiy usullaridir. Yalpi va individual tanlash
natijasida avval mavjud bo‗lmagan yangi narsa yaratilmaydi, faqat populyatsiyada uchraydigan
foydali sifatlarga ega bo‗lgan o‗simliklar ajratib olinadi. Bu usul yordamida o‗simliklarning
ko‗plab navlari yaratilgan. Duragaylash metodini qo‗llab, olingan duragaylarni keyinchalik
tanlash natijasida bug‗doy, kungaboqar, sabzavot va mevalarning ko‗p serhosil navlari yaratilgan.
Oila vakillari va ularning kelib chiqish markazlari
Burchoqdoshla
r oilasi vakillari
Ituzumdoshlar
oilasi vakillari
Karamdoshlar,
Sho‘radoshlar va Ziradoshlari
oilasi vakillari
Bug‘doydoshlar oilasi
vakillari
Loviya –
Markaaziy
Amerika;
Beda – O‘rt Yer
dengizi;
Dukkakliar-
Janubiy G‘arbiy
Osiyo;
Soya –Sharqiy
Osiyo markazi
Kartoshka-
Janubiy Amerika
markazi;
Tamaki- Janubiy
Amerika markazi;
Qalampir-
Markaziy Amerika
Karam- O‘rta Yer dengizi;
Qand lavlagi- O‘rta Yer
dengizi;
Sabzi- Janubiy G‘arbiy
Osiyo markazi
Makkajo‘xori- Markaziy
Amerika;
Arpa- Abissiniya (
Efiopiya)
Bug‘doy, Suli - Janubiy
G‘arbiy Osiyo;
Sholi- Janubiy Osiyo
tropik markazi;
Tariq- Sharqiy Osiyo.
N.I.Vavilov qonunlariga tegishli ma‘lumotlar
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqish
markazlari haqidagi
Irsiy o‘zgaruvchanlikning
gomologik qatorlari qonuni
Retsessiv genlarga
ega individlarning
markazdan chetga
chiqish qonuni
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqish
markazlari 7 ta;
Madaniy o‘simliklarning 50% Janubiy
Osiyo tropic markazida tarqalgan;
20% dan ortiq madaniy o‘simliklar
vatani Sharqiy Osiyo markazi hisoblanadi;
Janubiy- G‘arbiy Osiyo markazi 14%
madaniy o‘simliklar vatani hisoblanadi;
O‘rta Yer dengizi markazi 11%
madaniy o‘simliklar vatani hisoblanadi;
Arpa, banan, kofe daraxti vatani
Efiopiya hisoblanadi;
Tamaki Janubiy Amerika dan tarqalgan;
Markaziy Amerika-loviya,
makkajo‘xori kabilarvatani.
Kelib chiqishi yaqin turlarda
irsiy o‘zgaruvchanlik bir-biriga
o‘xshash bo‘ladi;
Bug‘doyda qizil va oq donli
formalar uchrasa, shunga o‘xshash
formalar arpa va sholida ham
uchraydi;
Qushlar va sutemizuvchilar
sinfida patsiz va yungsiz formalar
uchraydi;
G‘alladoshlar oilasida kashf
qilingan;
Bir tur irsiy o‘zgaruvchanligini
o‘rganib, shu turga yaqin bo‘lgan
boshqa turlarda uchrashi mumkin
bo‘lgan o‘zgaruvchanlikni
oldindan aytish mumkin
Tur tarqalgan areal
markazida dominant
belgilarga ega formalar
hukmronlik qiladi;
Tur tarqalgan
arealning chekka qismini
retressiv belgili
gomozigotalari tarqaladi;
Dominant belgili areal
atrofini geterozigota
organizmlar o‘rabturadi.
164
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Duragaylash metodini amalga oshirishda geterozis hodisasidan keng foydalaniladi Tur ichidagi
formalarni duragaylash o‗simliklar seleksiyasining asosiy metodlaridan biridir. O‗zbekistonda
ekiladigan madaniy o‗simliklar, jumladan g‗o‗zaning ko‗p navlari shu usul bilan yaratilgan.
Jug‗rofiy uzoq formalarni duragaylash usuli yordamida bir turga mansub, lekin har xil ekologik
sharoitlarda, hududlarda o‗stiriladigan o‗simliklar chatishtiriladi. G‗o‗za seleksiyasida Janubiy
Amerikadan keltirilgan g‗o‗za navlarini O‗zbekistonda yaratilgan g‗o‗za navlari bilan duragaylash
natijasida professor A. I. Avtonomov sifatli tolali, kasalliklarga chidamli 10964, 2850 ingichka
tolali g‗o‗za navlarini yaratdi. Akademik Sodiq Mirahmedov Meksikadan keltirilgan viltga
chidamli Gossipium xirzutum turiga kiruvchi meksikanum yovvoyi g‗o‗zasi bilan O‗zbekistonda
ekiladigan serhosil, tezpishar, viltga chidamsiz S-4727 g‗o‗za navini o‗zaro duragaylash natijasida
viltga chidamli «Toshkent-1», «Toshkent-2», «Toshkent-3» g‗o‗za
navlarini yaratdi va O‗zbekistonda paxtachilikni rivojlantirishga katta hissa qo‗shdi. Turlararo
duragaylash natijasida poliploidiya hodisasidan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda sun‘iy poliploidiya
metodi keng qo‗llanilmoqda. Har xil mutagen moddalar ta‘sirida (masalan, kolxitsin yordamida)
poliploid formalar olinadi. Ulardan seleksiya uchun foydali belgilarga egalari tanlab olinadi.
Poliploid o‗simliklar serhosil, kasalliklarga chidamli bo‗lishi mumkin. Turlararo duragaylash usuli
yordamida akademik S. S. Kanash Gossipium xirzutum va Gossipium xerbatsium turlariga
mansub navlarda g‗o‗zaning 8202, 114-1 kabi kasalliklarga chidamli navlarini yaratdi.
Uzoqdan
duragaylash va radiatsion mutagenez usullari yordamida g‗o‗zaning foydali belgilariga ega
bo‗lgan navlari yaratilgan. O‗zbekistonda radiatsion mutagenez hodisasidan foydalanib
akademiklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar g‗o‗zaning serhosil AN-402, Samarqand-3,
Yulduz kabi serhosil navlarini yaratdilar. Ximiyaviy mutagenez ham madaniy o‗simliklarning
ko‗plab serhosil va boshqa foydali xususiyatlarga ega navlarini yaratishga imkon beradi. Hujayra
injeneriyasi usullari hozirgi davrda o‗simliklarning yangi navlarini keltirib chiqarishda keng
qo‗llanilmoqda. Bunda somatik hujayralar duragaylanadi. Duragaylash uchun protoplastlardan
foydalaniladi. Protoplastlar (yunoncha protos – birlamchi, plastos – hosil bo‗lgan) qobig‗i
bo‗lmagan, faqat hujayra membranasi bo‗lgan hujayralardir. Bu usul bilan kartoshkaning madaniy
165
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
turi Solamum tuberosum va yovvoyi turi Solamum Chacoense duragaylash natijasida otaonalarga
nisbatan oraliq xususiyatlarga ega, lekin poyalari chidamli duragaylar olindi . To‗qimalarni sun‘iy
o‗stirish yordamida vegetativ ko‗payish metodi o‗simliklar seleksiyasida tobora keng
qo‗llanilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |