9.3.Hayvonlar seleksiyasi.
Hayvonlar seleksiyasida ham asosan o‗simliklar seleksiyasidagi kabi metodlardan
foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo‗llashda hayvonlar uchun xos bo‗lgan ayrim xususiyatlar
bilan hisoblashligiga to‗g‗ri keladi. Hayvonlar faqat jinsiy yo‗l bilan ko‗payadi, ularning nasli
ko‗p bo‗lmaydi. Shuning uchun ham seleksionerlar seleksiya uchun dastlabki material tanlaganda
ko‗p belgilar ota-onalarda namoyon bo‗lmasligini e‘tiborga olishi zarur (masalan, erkak
organizmlarda sutning yog‗liligi, tuxum qo‗yuvchanlik ko‗rsatkichlari). Hayvonlar seleksiyasida
ularning faqat interyer (ichki qiyofasini aniqlovchi) belgilariga emas, balki eksteryer (tashqi
qiyofasini aniqlovchi) belgilariga xam e‘tibor berish kerak. Hayvonlar seleksiyasi ongsiz
ravishda, bundan 10 ming yillar avvalroq, hayvonlarni xonakilashtirish jarayonidan boshlangan.
Xonakilashtirish jarayonida hayvonlarga stabillashtiruvchi tanlashning ta‘siri tobora kamayib
borgan va aksincha o‗zgaruvchanlik ortib borgan. Inson o‗zi tushunmagan holda
xonakilashtirilayotgan hayvonlarning foydali belgilari ko‗proq saqlanib qolishiga sabab bo‗lgan.
166
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Hayvonlar seleksiyasining asosiy yo‗nalishlari
1. Hayvonlar yuqori mahsuldor va konkret yashash muxitiga yaxshi moslashgan bo‗lishi lozim.
2. Hayvonlar mahsuldorligining sifat ko‗rsatkichlarining ortishiga (sutning yog‗liligi, go‗shtdor
hayvonlarda go‗sht, yog‗, suyak
mutanosibligi, mo‗yna va junning sifati va boshqalar) erishish.
3. Kam xarajat talab qiluvchi, tez ko‗payuvchi zotlarni keltirib chiqarish.
4. Kasalliklarga chidamliligini orttirish.
Duragaylash va individual tanlash hayvonlar seleksiyasining asosiy metodlaridan hisoblanadi.
Hayvonlarda nasl kam bo‗lgani uchun yalpi tanlash qo‗llanilmaydi. Hayvonlar seleksiyasida
inbriding (qarindoshlar orasida) va autbriding (begonalar orasida) duragaylash qo‗llaniladi.
Inbriding duragaylash natijasida gomozigotalik ortib ketadi, chidamlilik va moslanuvchanlik
kamayadi, bepushtlik ko‗payadi. Shunday bo‗lishiga qaramasdan inbriding hayvonlar
seleksiyasida qo‗llaniladi. Zot doirasida birnecha liniyalar ajratib olinadi va inbriding
duragaylanadi. Keyin har xil liniyalar, hatto zotlar o‗zaro duragaylanadi. Inbriding va autbridingni
ketma-ket qo‗llash natijasida mashxur seleksioner M. F. Ivanov cho‗chqalar va qo‗ylarning
qimmatli zotlarini keltirib chiqardi. Hayvonlar seleksiyasida geterozis ham keng qo‗llaniladi
(broyler jo‗jalarni olishda). Poliploidiya usuli hayvonlar seleksiyasida deyarli qo‗llanilmaydi.
Istisno ravishda ipak qurtining poliploid duragaylarini olish akademik B. L. Astaurov tomonidan
muvaffaqiyatli yo‗lga qo‗yilganligini takidlash lozim (ipak qurti partenog
ga oshirilishi, lekin
ulardan olingan duragaylar bepusht bo‗lishi ko‗rsatilgan edi. Masalan, ot bilan eshakni
duragaylash (xachir), bir o‗rkachli tuya bilan ikki o‗rkachli tuyani duragaylash (nor), yakni yirik
qoramol bilan duragaylash inson tomonidan qadim zamonlardan beri qo‗llanib kelinadi. Ayrim
hollarda uy hayvonlarini ularning yovvoyi ajdodlari bilan duragaylash ijobiy natija berishi
mumkin. Masalan, mayin junli merinos qo‗ylarini yovvoyi arxar qo‗chqorlari bilan duragaylash
natijasida mayda junli arxarmerinos qo‗ylar yaratildi. Yirik shoxli qoramolni o‗rkachli zebu bilan
duragaylash natijasida sutdor qoramol olindi. Hayvonlar seleksiyasida sun‘iy urug‗lantirish
(qimmatli belgilarga ega bo‗lgan erkak hayvonning spermasini urg‗ochi hayvonning jinsiy
yo‗llariga kiritib otalantirish) va poliembrioniya (bitta zigotadan bir necha embrion hosil qilish va
ularni bepusht urg‗ochi xayvon bachadoniga kiritib rivojlantirish). Sun‘iy urug‗lantirish va
poliembrioniya usullarini mahsuldor hayvonlardan ko‗p nasl olishni tezlashtirishga imkon beradi.
Hujayra injeneriyasi hayvonlar seleksiyasida istiqbolli usul bo‗lishi mumkin. 1997-yilda
Angliyada qo‗yni irsiy klonlashtirish tajribasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu tajribada avval
qo‗yning sut bezidan somatik hujayrasini ajratib olindi. Tuxum hujayradan yadrosi olib tashlandi
va unga somatik hujayra yadrosi kiritildi. Hosil bo‗lgan diploid zigotani elektroshok yordamida
maydalanishga rag‗batlantirildi va maydalanayotgan homilani retsepiyent qo‗y bachadoniga
kiritildi. 148 kundan keyin tug‗ilgan qo‗zichoqni Dolli deb Bu tajriba somatik hujayra yadrosida
informatsiya to‗liq saqlanadi degan Gerdon qoidasini yana bir marta tasdiqladi. Ammo Dollining
tez qarishi kuzatildi va olimlarda hayvonlarni klonlashtirishning maqsadga muvofiqligi to‗g‗risida
shubhalarni keltirib chiqardi.
167
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Do'stlaringiz bilan baham: |