B. A. Xakimov biologiya fanidan masalalar


Mikroorganizmlar seleksiyasi



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/155
Sana09.07.2022
Hajmi6,45 Mb.
#761416
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155
Bog'liq
Biologiyadan masalalar to\'plami

9.4.Mikroorganizmlar seleksiyasi 
Mikroorganizmlarga bakteriyalar, tuban mikroskopik zamburug‗lar va o‗tlar kiradi. 
Mikroorganizmlardan tibbiyotda dori preparatlari tayyorlashda, biologik faol moddalar, ozuqa 
qo‗shimchalar, bakterial o‗g‗itlar olishda, non yopishda, vino tayyorlashda, ko‗plab sut 
mahsulotlarni olishda foydalaniladi. Shuning uchun mikroorganizmlarning yuqori mahsulli 
shtammlarini yaratish seleksiyasiga katta ahamiyat beriladi. Mikroorganizmlar seleksiyasi 
o‗simliklar seleksiyasiga nisbatan 
birmuncha o‗ziga xosliklarga ega:
Juda kichik xajmdagi ozuqa moddalar solingan apparaturalarda qisqa vaqt ichida milliardlab 
mikroorganizmlarni ko‗paytirish mumkin. 
2. Mikroorganizmlar ko‗pchiligi gaploid holda bo‗lganligi uchun ulardagi mutatsiyalar birinchi 
avloddayoq yuzaga chiqadi. Mikroorganizmlar seleksiyasi usullari yuqori tuzilgan eukariot
ar 
seleksiya usullaridan ancha farq qiladi. 
Asosiy metodlardan biri sun‘iy mutagenez va klonlarni (irsiy jixatdan bir xil hujayralar) tanlash 
usulidir. Yovvoyi shtammlardan foydali xususiyatga ega shtammlar ajratib olinadi. Keyingi 
bosqichda sun‘iy mutagenez yo‗li bilan har xil mutatsiyalar kelib chiqishi tezlashtiriladi. 
Mutagenez sifatida ionlashtiruvchi, ultrabinafsha nurlaridan, ximiyaviy moddalardan 
foydalaniladi. Mikroorganizmlarning har 1 million shaxsidan o‗rtacha olganda 1 mutatsiya paydo 
bo‗ladi. Mikroorganizmlar juda tez ko‗paygani uchun ulardan mutatsiyalar olish uncha qiyin 
emas. Hujayralarning bir xil populyatsiyasini olishga erishish uchun tanlab olingan klonlar ko‗p 
marta qayta ekiladi. Mahsuldor shtammlar olingandan keyin ularni ko‗paytirishga kirishiladi. 
Bunday usulni qo‗llash natijasida seleksionerlar dastlabki shtammlarga nisbatan ancha mahsuldor 
bo‗lgan shtammlarni yaratishga muvaffaq bo‗ladilar.
Gen injeneriyasi 
Molekulyar biologiya va molekulyar genetika fanlarining rivojlanishi yangi usullar ishlab 
chiqilishi natijasida gen injeneriyasi vujudga keldi. Gen injeneriyasining paydo bo‗lishi an‘anaviy 
seleksiya fanida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon yaratdi. Gen injeneriyasi 
oldindan belgilangan dastur asosida yangi genetik konstruksiyalarni yaratishga asoslangan 
yo‗nalishdir.


168 
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Bu usul yordamida organizmlardan kerakli genlar ajratib olinadi va bu genlar maxsus 
murakkab usullar yordamida mikroorga-
nizmlarga kiritiladi va bu genlarning shu 
mikroorganizmlarda funksiyalarni amalga oshirilishiga erishiladi. Gen injeneriyasi usuli juda 
murakkab va ko‗p xarajat talab qiladi. Hozirning o‗zidayoq gen injeneriyasi tadqiqotlari tobora 
keng qo‗llanilmoqda va ayrim muvaffaqiyatli natijalarga erishilmoqda. Uning yordamida 
tibbiyotda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan preparatlar, insulin, o‗sish gormoni, interferon ishlab 
chiqarilmoqda. Shunday qilib hozirgi davrda sun‘iy kiritilgan genlar faoliyat ko‗rsatayotgan 
transgen organizmlar yaratilmoqda. 
Gen injeneriyasining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1. Kerakli genni olish. 
2. Olingan genni vektor molekula bilan bog‗lash. 
3. Genni vektor yordamida xo‗jayin hujayraga kiritish. 
4. Gen kiritilgan hujayralarni tanlash va ulardan amaliyotda 
foydalanish
Genni asosan uch xil usulda olish mumkin. 
1. Genni tabiiy manbalardan ajratib olish. 
2. Genni kimyoviy sintez yordamida olish 
3. Genni fermentativ sintez orqali olish. 

Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish