Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet4/61
Sana22.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#400257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Aziz o\'quvchi

O'GDULMISH JAVABI ELIGKA

(o’gdulmishning elikka javobi)

Yanut berdi O'gdulmish aydi elig

Edi ters aytitti menga bu bilig

(O'gdulmish javob berdi, aytdi: Elig

Mendan juda qiyin so'zlarni so'rardilar).

Bu beglik ishin barcha beglar bilar

To'r-u o'ndi qilq yan ulardin kelir

(Beklikning ishini beklargina bilar,

Siyosat, nizom va qoidalar ulardan chiqar).

Bayat kimki bersa bu beglik ishi

Berur o'gko'ngul ko'r ul ishka tushi

(Xudo kimgaki beklikni ato qilar,

Unga bu ish uchun idrok va ko'ngil berar).

Kimi beg to'rutmak tilasa bayat

Berur ashnu qilq yang uqush yug qanat

(Kimni bek qilib yaratishni istasa Xudo,

Oldin unga aql-u uquvdan qanot beradi).

Bu beklik ishi bo'ldi beglar ishi

Bu beklar ishin bildi beglig kishi

(Bekla yumushi bu - mamlakat ishi,

Beklik neligin bilar bek kishi).

Elig aydi uqtun bu so'z barcha chin

Ko'ni so'zlading so'z yipar burdi kin

(Elig aytdi: Uqdim, barcha so'zlaring chin,

Yaxshi so'zlading, go'yo taralganday kun).

Bu ish qilquchi yer qilur o'z ishi

Mun yerdan biligli ko'rugli kishi

(Ish qiluvchi o'z ishin qilar,

Uning kimligini bilimli bilar).

Men ish qilquchimen sen ish ko'rguchi

Ishig ko'rguchidin bilur qilquchi

(Men ish qilguvchiman, sen ish ko'rguvchi ­ -

Ko'rguvchidan ish o'rganar qiluvchi).

Bayat berdi emdi sena o'qko'ngul

Uqush qam bilig birla bo'lding amul

(Xudo senga berdi aql-u ko'ngil,

Uquv ham bilim bilan bo'lding omil).

Qamuq ishni uqtung ma bilding o'zun

Menga ma baqirsaq-sa qilqin so'zun

(Barcha ishni uqding-u bilding o'zing,

Menga sodiq bir ishing-u so'zing).

Baqirsaqqa aytur kishi o'z so'zin

Baqirsaq yuluqlar kishika o'zin

(Kishi o'z so'zini sadoqatliga aytadi,

Sadoqatli odamga jonini fido etadi).

Baqirsaq uchun sen bitar men senga

Baqirsaqligin ay bu so'zlar menga

(Sodiqliging uchun umid bog'layman senga,

Bu so'zlar ma'nisin aytib ber menga).

Neki ter eshitgil baqirsaq kishi

Baqirsaqliq qul ko'r kishilik bashi

(Nelar der, eshitgin, sodiq kishi,

Sadoqatda erur kishilik boshi).

Baqirsaqni bilsa baqirqa urun

Menga mundaq aydi bilik qam uqush

(Sadoqatlini topsang, bag'ringga ol,

Bilim va aql menga shunday o'rgatdi).

Yanut berdi O'gdulmish aydi elig

Esan inch tirilgin ey ustag alik

(Javob berib O'gdulmish aytdi: Elig,

Eson va tinch yashagin, ey qo'li baland).

Bu beglikka ashnu tub asil kerak

Atim alp qatiq qurch yana to'ng yurak

(Bek kishining tagi asil bo'lishi kerak,

Bo'lsin mergan, qo'rqmas va botir yurak).

Atasi beg ersa o’qul tuqdi beg

O'qul tuqsa beg ham atalaritek

(Otasi bek bo'lsa, o'g'il erur bek,

O'g'il ham bo'ladi otalaridek).

Uqushluq kerak ham biliglik kerak

Aqiliq kerak ham siliglik kerak

(Uquvli ham bilimli bo'lishi kerak,

Saxovatli ham ulug'sifat bo'lishi kerak).

Beg ati bilig birla baqliq tutur

Bilig lam(i) ketsa beg ati qalur

(Bek oti «bilik» bilan bog'liq erur,

«Bilik»dan “lom» ketsa, bek qolur).

Neku ter eshitgil bilig bilmish er

Bashinda kechurmush uqush uqmish er

(Nelar der, eshitgin, bu bilimli er,

Boshidan kechirgan hamda uqqan er).

Biliglig kerak beg uqushluq uduq

Angar tegmasa bir mofaja yuduq

(Bek bo'lsin bilimli, uquvli, ziyrak,

Unga tegmasin nogahoniy balo).

Qiling edgu erdan kerak ming tuman

Ati edgu bo'lsa tutunsa bo'duq

(Er ming turli ezguliklar qilsin,

O'zin to'g'ri tutib, ezgu nom qozonsin).

Apa o'qlani barcha asli dedug

Bilig birla bo'ldi ko'r udrun kad oq

(Barcha asli ulug' odamlarning bolasi

Bilim tufayligina yetuk bo'ldi, qara).

Uruq edgu bo'lsa er edgu bo'lur

Er edgu bo'lib o'tru to'rka yubarur

(Urug'i yaxshi bo'lsa, er yaxshi bo'lar,

Kishi yaxshi bo'lsa, to'rdan joy olar).

Iduq ul beglik ariqliq tilar

Ariqliq bila elda saqliq tilar

(Bu beklik muqaddas, u poklik tilar,

Poklik bilan birga sergaklik tilar).

Neki ter eshitgil O'tukan begi

Sinab sozlanish so'zni yetru o'gi

(Eshitgin, O'tukan begi nelar der,

U aql bilan sinalgan so'zlarni aytar).

1 Bu yerda bilig so’zining arab yozuvidagi shakli ko’zda tutilgan.

Budunqa begi artuq o'drum kerak

Ko'ngil til ko'ni qilqiy ko'drun kerak

(Xalqning begi yetuk, sara bo'lishi kerak,

Ko'ngli va tili ezgu, xushfe'l bo'lishi kerak).

Biliglik uqushliq budunqa talu

Aqi qam ko'zi to'q ne ko'ngli to'lu

(Bilimli, uquvli, xalqining baxti,

Saxiy ham ko'zi va ko'ngli to'q bo'lishi kerak).

Qamuq eduku bo'lsa algi uzun

Uvutluq silig qam qilinchi tuzun

(Turli yaxshiliklar qilishga qo'li uzun bo'lsa,

Andishali, xushro'y va to'g'ri ish qiluvchi bo'lsa).

Bilig birla boshlar kishi bashi

Uqush birla uqsa o'ngarur ishi

(Bilim bilan boshlanar kishilik boshi,

Aql bilan qilsa, o'nglanar ishi).

Budunuq bijig birla bashti begi

Bilig bo'lmasa ishka yaqmas o'gi

(Bek xalqni bilim bilan zabt etadi,

Bilim bo'lmasa, ishga aqli yetmaydi).

Bu beglik iginga oti o'g bilik

Uqush birla emla ey qilqi silig

(Beklikka tekkan dard davosi aql va bilim,

Uni aql bilan emla, ey xalqi muloyim).

Biliglig uqushliq bo'gu e1chi beg

Ekugun ajunda bo'lur o'rni yeg

(Bilimli, uquvli, dono elchi bekning

Ikki dunyoda ham o'rni aziz bo'ladi).

Ekigun ajunux buluqli kishi

Edi qutluq ul bu tugel qut bashi

(Ikki dunyoga erishgan kishi

Juda baxtlidir, bu tugal baxt boshi).

Mungar mengzatu aydi shair bu so'z

Ko'ru barsa ma'ni biligsizka ko'z

(Bunga o'xshatib shoir ushbu so'zlarni aytibdi,

Ko'rsang, uning ma'nosi bilimsizga ko'zdir).

O'sa bersa dunya tirilsa qutun

Taqi bir ajunda bu bo'ldi to'ra

(O'sa bersa, dunyo chiroyidan bahramand yashasa,

U dunyoda ham to'rdan joy oladi).

Qilinchi o'nggay bo'lsa qiliq

Bu edgu qiliq birla edgu yo'rliq

(Xudo kimga ezgu amal baxsh etsa,

Ezgu amal bilan birga ezgu yo'riq ham beradi).

Aning bo'ldi dunya bu ne'mat bila

Tilasa o'zung ye tilasa ula

(Dunyo unikidir ne'matlar ila,

Istasa, o'zi yesin, istasa, ulashsin).

Qilinch yedgu erdan kerak ming tuman

Aning tutsa el kend kutursa tuman

(Erdan ezgu xulq va ming tuman hunar lozim,

Aning-la elni boshqarib, zulmatni ko'taradi).

Bayat kimga bersa qilinch arquqi

Ani emgatur bu zamona o'qi

(Xudo kimga yomon xulq bersa,

Uni bu zamona o'qi azobga solar).

Qayu begda bo'lsa bu arquq qilinch

Ishi barcha tetru sevinchi saqinch

(Qaysi bek yomon qiliqli bo'lsa,

Barcha ishi ters, sevinchlari qayg'u bo'ladi).

Saqinuq kerak beg ne qilqi ariq

Ariqliq tilar tutchi urqi ariq

(Bekka sergaklik va xulqi poklik kerak,

Pok kishilar doim poklikka intiladi).

Qalqi bo'lmasa beg saqinuq suzug

Ariqsiz bo'lur barcha qilqi uzug

(Agar bek ziyrak va sofdil bo'lmasa,

Barcha qilmishlari nopok, nuqsonli bo'ladi).

O'ruglug amulluq bo'lur begka ko'rk

Bu beglig ishinga bu-ul baqu o'rk

(Qaror va sabr bek uchun ziynatdir,

Bular beklik yumushlarini bog'lovchi rishtadir).

Bu o'glug kishilar o'ngarur ishig

Yiraq tutqu ishta bu o'gsuz kishig

(Aqlli kishilar o'nglar ishini,

Ishdan yiroq tut aqlsiz kishini).

Ko'ngul bo'lmasa er ko'zi asqi yo'q

O'gi bo'lmasa er o'gi o'sqi yo'q

(Erda ko'ngil bo'lmasa, ochiq ko'zdan foyda yo'q,

Erda aql bo'lmasa, uning ishida unum yo'q).

Neku ter eshitgil ey elchi bashi

O'rug kad ko'ngullug sinamish kishi

(Eshitgin, nelar der elning boshi,

Ravshan, sof ko'ngilli, sinagan kishi).

Qayu yerda bo'lsa uqush birla o'q

Ani er atagil necha o'gsa o'q

(Qaysi erda uquv va aql bo'lsa,

Uni erkak degin, qancha maqtasang, maqta).

Evaklik biling-ul qamuqqa yavuz

Qali bo'lsa begka yuzi bo'ldi bo'z

(Yengiltaklik barcha narsaga yovdir, biling,

Bek yengiltak bo'lsa, uning yuzi qora bo'ladi).

Evak qurqu qilqi qilinchi bushi

Bilingsizki belgu bo'lur bu ishi

(Shoshqaloqlik, yengiltaklik, fe'li tezlik

Nodon, bilimsiz kishilarga xos belgilardir).

Eva qilmish ishlar bicha yo'q bo'lur

Eva yeysa ash suv bicha ig bo'lur

(Shoshib qilingan ishlar picha ko'ngilsiz bo'ladi,

Osh-u suv shoshib yutulsa, kasallik keltiradi).

Ko'zi to'q kerak ham o'vitlug' tuzun

Ashiq ham yaziq bo'lsa qilqin so'zin

(Kishi ko'zi to'q, andishali, to'g'ri bo'lishi,

Uning ishi ham, so'zi ham ochiq bo'lishi kerak).

To'dimsiz bo'lur-ul ko'zi suq kishi

Ko'zi suqqa yetmaz bu dunya ishi

(Ko'zi och kishi to'ymas bo'ladi,

Ko'zi ochga dunyoning bor ne'mati yetmaydi).

Qamug' ach esa ichsa axir to'dur

Ko'zi ach kishi o'lsa achliq qo'dur

(Barcha och odamlar yesa-ichsa, oxiri to'yadi,

Ko'zi och o'lganda ochligin qo'yadi).

Ko'zi suq kishi nanga bo'lmas bu bay

Qamug' dunya bo'lsa axir suq chig'ay

(Ko'zi och kishi mol-dunyo bilan bo'lmas boy,

Dunyoning boyligin olsa-da, oxir och chiqqay).

Uqishlug' kerak bek kishida talu

Uqushlug' qilinchi izilmaz to'lu

(Kishilar orasida bek bo'lsin butun,

Butun kishilarning ishi zavolsizdir).

Kimningda ovut bo'lsa qilqi silik

Qamug' tengsiz ishga tegurmas ilig

(Kim andishali, yaxshi xulqli bo'lsa,

Har xil tengsiz ishga tegdirmas qo'l).

Qamug' tengsiz ishin yiqig'li o'vut

Qamug' yetgu ishka ulaqli o'vut

(Barcha nomunosib ishlardan tiyuvchi uyatdir,

Barcha xayrli ishlarga yo'llovchi uyatdir).

Tili chin kerak bo'lsa ko'ngil koni

Budunqa asig' qilsa tug'sa kuni

(Tili chin so'zlasa, ko'ngli to'g'ri bo'lsa,

Xalqqa yaxshilik keltirsa, kuni tuqqani shu).

Qali bo'lsa beglar xiyanat ko'ngul

Budung'a asig' bo'lmas, andin to'ngul

(Agar beklar xiyonat ko'ngilli bo'lsalar,

Xalqqa yaxshi bo'lmas, umidni uzgin).

Ko'ngul til ung'ay bo'lmasa ko'r qiliq

Ul eldin qachar qutqa qolmas yo'riq

(Ko'ngul, til va amal to'g'ri bo'lmasa, ko'rgin,

U eldan baxt qochadi, yo'riq qolmaydi).

So'zin qiyg'uchi begka tutma umunch

Tiriklik yava bo'lg'a qilg'a o'kunch

(So'zidan qaytuvchi bekka umid bog'lama,

Tirikliging zoye ketadi, o'kinch keltiradi).

Edi saq kerak beg yana kad udug'

O'sal bo'lsa beglar to'qinur yudug'

(Bek nihoyatda hushyor va juda ziyrak bo'lishi kerak,

Beklar g'ofil bo'lsalar, mehnat va mashaqqat yuz tutadi).

Eki neng turur elka bag'i beki

Biri saqliq-ul bir to'ru el ko'ki

(Ikki narsa el uchun mahkam bog'ichdir,

Biri - hushyorlik, biri - siyosat, elning tayanchi).

Qayu beg saq ersa elen bekladi

Yag'i bo'yni yanchti uza igladi

(Qaysi bek hushyor bo'lsa, elin saqlaydi,

Yov bo'ynin yanchadi, ustiga balolar yog'diradi).

Qayu beg to'ru bersa elda ko'ni

Elin etti qudti yarutti kuni

(Qaysi bek elda to'g'ri siyosat yuritsa,

U elni yashnatib qo'yadi, yorug'likka chiqaradi).

Bu beglik bag'i ko'r bu ikki bo'lur

Bu ikki tugal bo'lsa teglik turar

(Beklikning bog'ichi shu ikki narsadir, ko'r,

Shular tugal bo'lsa, u barqaror turar).

Aya elchi beglar elig qulsa saq

Bu saqliq bilan sen tuzu elka baq

(Ey elga bosh beklar, hushyor elig istasangiz,

O'zingiz elga hushyorlik bilan qarang).

Bu saqliq bila artti beglar eli

O'salliq ko'ru buzdi beglik uli

(Beklarning eli hushyorlik tufayli ortdi,

G'ofillik sabab beklik poydevori buzildi).

Eki neng bila elchi beglik buzar

Kirur eshri yo'lqa ko'nidin azar

(El boshlig'i ikki narsa bilan yurtni buzadi,

Egri yo'lga kiradi, to'g'ri yo'ldan ozadi).

Biri kuch birisi o'salliq qilur

Bu ekki bila beg elin artatur

(Biri - zo'rlik, biri - g'ofillik,

Bek bu ikki narsa bilan elini buzadi).

Bu saqliq bila senchti beglar yag'i

O'salliq bila buzdi beglik bag'i

(Beklar hushyorlik bilan yovni yanchdilar,

G'ofillik bilan beklik bog'ini buzdilar).

O'sal bo'lsa beglar ishin butrumaz

O'sal beg butun bilgu beglik yamaz

(Beklar g'ofil bo'lsa, ish bitirolmas,

G'ofil bek yaxshi bilsin, beklikni yuritolmas).

Saq ersa begi elka tegmas ilik

Qali tegsa yetrur uqush o'g' bilig

(Begi hushyor bo'lgan elga yov qo'li ko'tarilmaydi,

Agarda ko'tarilsa, begi aql-u bilimini ishga soladi).

Bu kuchkay kishi kent va beglik yemas

Bu kuchkay kuchini budun ko'trumas

(Zolim kishi el-u yurtni so'ray olmaydi,

Chunki zolim zulmini xalq ko'tarmaydi).

Neku ter eshitgil biliglik so'zun

Yeyumaydi zalim elin kech uzun

(Ne deydi eshitgin bilimli so'zin:

Zolim hokimligi bo'lmaydi uzun).

Kuyar o't turur kuch yag'usa kuyar

To'ru su turur aqsa ne'mat unar

(Zulm yonib turgan o'tdir, yaqinlashsang kuydiradi,

Adolat suv kabidir, oqsa, ne'mat unadi).

El artar to'ru birla etlur ajun

El eksur bu kuch birla buzulur ajun

(Adolat bilan el ko'payib, olam yetiladi,

Zulm bilan el kamayib, olam buziladi).

Ko'ngul tuzsa beglar yuritsa to'ru

Bu beglik buzulmas turur kech o'ru

(Beklar ko'nglini to'g'ri qilib siyosat yuritsa,

Bu beklik buzilmas, uzoq muddat barqaror yashar).

Qamug'ida yaraqsiz ey elig quti

Bu beglar uza qupsa yalg'an ati

(Barchadan yaroqsizi, ey baxtiyor elig,

Beklarning yolg'onchi deb ot chiqarishidir).

So'zi chin kerak beg ne qildi qutun

Inansa angar xalq tirilsa qutun

(Bek so'zi chin, neki qilgan ishi to'g'ri bo'lsa,

Xalq unga ishonadi va baxtiyor yashaydi).

Bu yalg'an kishilar vafasiz bo'lur,

Vafasiz kishi xalqqa tengsiz qilur

(Yolg'onchi kishilar vafosiz bo'lar,

Vafosiz kishi xalqqa tengsizlik qilar).

Neku ter eshitgil vafali kishi

Vafa ul kishiga kishilik bashi

(Nelar der, eshitgil, vafoli kishi,

Vafodir insonga insonlik boshi).

Tili yalg'an erning jafa qildi-ul

Jafa kimda ersa o'shul yildi-ul

(Tili yolg'on kishining qilmishi jafodir,

Jafo kimda bo'lsa, o'sha yilqidir).

Su bashlar eran ko'r yuraklig kerak

Yuraksiz erat alsa andin yurak .

(Lashkarni boshlovchi er yurakli bo'lishi kerak,

Toki yuraksiz lashkar undan olsin yurak).

Yuraklik yuraksizga bo'lsa bashi

Yurakli bo'lur o'tru tekma kishi

(Yuraklik yuraksizlarga bosh bo'lsa,

So'ng barcha kishi yurakli bo'ladi).

Bu so'zka tamuqi bu baytig' o'qi

Bu so'zka anuq tut ko'ngul o'g taqi

(Bu so'zning isboti uchun ushbu baytni o'qi,

Yana bu so'zga ko'ngul va aql ko'zi bilan boq).

Ko'r arslan bo'lu bersa itqa bashi

Bu it barcha arslan bo'lur o'z tushi

(Ko'rgin, agar itlarga bosh bo'lsa arslon,

Itlarning barchasi u kabi bo'ladi arslon).

Qali bo'lsa arslanqa it bashchisi

Bu arslan bo'lur barcha it saqichi

(Agar arslonlarga boshchi bo'lsa it,

Arslonlar bo'ladi misoli bir it).

Aqiliq kerak begka qusqi ko'ngul

Bu qusqi ko'ngul birla qilqi amul

(Bek uchun saxovat va kichik fe'llik kerak,

Kichik fe'llik bilan birga yuvoshlik kerak).

Aqa yiqlu terlur erat su bo'lur

Erat su bila er tilakin bo'lur

(Har tomondan erlar yig'ilib, lashkar bo'ladi,

Lashkar bilan kishi tilagini topadi).

Neku ter eshitgul o'urib yegli er

Urub al ey alp er yana erka ber

(Eshitkin, yig'ib yoyuvchi kishi nima der,

Yig'ib ol, ey botir er, yana odamlarga ber).

Aqi bo'l bag'ishla ichur ham yetur

Qali eksuse ur yana al yetur

(Saxiy bo'l, bag'ishla, ichir ham yedir,

Agar kamaysa, yana yig', yana ol, yedir).

Azig'liq ko'r erka bu neng eksumas

Tug'ug'li urung qushqa meng eskumas

(Rizqli er kishining mol-dunyosi kamaymaydi,

Tug'ilgan oqqushning doni kamaymaydi).

Qilich baldu o'q va qavi kuch yurak

Bar erkan kad er nenga qo'rqmas kerak.

(Qilich, oybolta, o'q-yoy, kuch-quvvat, yurak

Bor ekan er kishi qo'rqmasligi kerak).

Ajunchi bugu bek neluk ganch urur

Erat qayda bo'lsa anuq ganch urur

(Jahongir, dono bek qanday qilib xazina yig'adi,

Lashkar qayda bo'lsa, xazina o'sha yerda bo'ladi).

Bu el tutg'uqa ko'p erat su kerak

Erat tutg'uqa neng tavar tu kerak

(Elni tinch tutish uchun ko'p lashkar, qo'shin kerak,

Lashkarni saqlash uchun behisob boylik kerak).

Bu neng alg'uqa bir kerak bay budun

Budun baylikinga to'ru tuz qo'dun

(Boylik olish uchun boy xalq kerak,

Xalq boy bo'lishi uchun to'g'ri siyosat kerak).

Bularda biri qalsa to'rti qalur

Bu to'rti yema qalsa beglik o'lur

(Bularning biri bo'lmasa, to'rtovi ham bo'lmaydi,

Bu to'rtovi bo'lmasa, beklik o'ladi).

Adin ma bu beshning yeiraq tutg'u bek

Ati edgu bo'l sa ku jay bo'lg'u beg

(Bundan boshqa besh narsani o'zidan uzoq tutsa,

Bek shuhrat taratgan ezgu otga ega bo'lar).

Birisi eviklik birisi saran

Uchunchi bo'shiliq serin o'z yiran

(Biri shoshqaloqlik, biri ochko'zlik,

Uchinchisi - jaholat, undan bo'l yiroq).

Bu to'rtinch yavuz begka arquq qilinch

Beshinchi yarag'siz bu yalg'an erinj

(To'rtinchi - yomonlik bek uchun zararli amal,

Beshinchi - yolg'on erkakka yarashmas ishdir).

Bu qach nengda beglar yiraq tutg'u o'z

Ati artamasa yo'riq bo'lsa so'z

(Bir qancha narsalardan beklar o'zini yiroq tutsa,

Ot bulg'anmaydi, so'zi esa qaytmaydi).

Bularda eng ing'a bu arquq qilinch

Bu arquq qilinchlig ne mundlug' erinch

(Bulardan eng pasti - buzuq fe'llilik,

Buzuq fe'llik erga qanday baxtsizlik).

Ag'ir yuk kishika qilinch arquqi

Qilinch arquq ersa bo'lun it o'qi

(Fe'lning buzuqligi og'ir yukdir,

Fe'li buzuq erni tutqun it deb bilgin).

Yag'i qilmag'usun qilichi qilur

Yag'i bu yag'idin ne bar adruqi

(Yovi qilmas ishni fe'li qiladi,

Bu - yov, uning yovdan nima ortiqligi bor?)

O'kush el tutayin tesa ey elik

Uch ish qilg'u o'tru yetilsa ilik

(Ko'p ellarni olayin desang, ey elig,

Qo'lingdan kelsa, uch ishni qilishing kerak).

O'ng ilging qilich tutsa, irsa salib

So'l algi bila neng ilas alib

(O'ng qo'ling qilich tutsa va tortib ursa,

So'l qo'ling narsa olib ulashsa).

Tilin so'zlasa so'z shakarday suchig

Bo'yun berdi beg qul ulug' ya kichig

(Tiling shakarday chuchuk so'z so'zlasa,

Unga beg-u kichik bo'yin bersa).

Ey elig bu qach neng kerak begka ko'r

Budunqa sevulsa o'run bo'lsa to'r

(Ey elig, bek agar shularga ega bo'lsa, ko'r,

Xalqiga sevikli, o'rni bo'lar to'r).

Qamug' turlug yerdan bu bilsa tugal

Yiraq ersa andin yarag'siz mahal

(U turli san'at-hunarlarni tugal bilsa,

Yaroqsiz, mahol narsalar undan yiroq bo'lsa).

Kishi o’drumi bu budunda talu

Talu o'drum-ul bu iruksiz to'lu

(U kishi - kishilar sarvari, elning butuni,

U yetuk va sara, hech kamchiliksiz, komildir).

Ajun budni o'tru angar qul bo'lur

Ajin yer bu beglar tilakin bulur

(Olam xalqi so'ng unga gul bo'ladi,

Bunday bek jahonga ega bo'lib, tilagini topadi).

Tugug yuz irig so'z kuvaz kur qiliq

Kishik tezkurur ko'ndru bilmas yo'riq

(Sovuq yuz, katta gap, yomon qiliqlik

Kishini sargardon qiladi, yo'lidan toydiradi).

Otunluq evaklik yenig qurg'uluk

Qara qildi-ul bu yiraq turg'uluq

(Tubanlik, shoshqaloqlik, yengiltaklik

Nodonlar ishidur, yiroq turg'ulik).

...Talu beg bo'layin tesa belgulug

Talu tutg'u yerdan ey atlig' kulug

(Butun bek bo'layin desang, albatta,

Xislatlaringni tugal tut, ey oti qutlug').

Qali beg bo'lur bo'lsa qilqi qara

Qarada bu ing'a bo'lar xalq ara

(Agar bekning qilgan ishlari bo'lsa qaro,

Qoradan ham tuban bo'lar xalq aro).

Yuzi korki ko'rklug kerak beg yulug

Bo'di o'rtu bo'lsa ne javluq kulug

(Bek yuzi ko'rkli, silliq bo'lishi kerak,

Bo'yi o'rtacha-yu, nomi ketgan bo'lishi yanada yaxshi).

Ko'rugli yuzin ko'rsa sevsa ko'rib

Eli budni baqsa quvansa turub

(Ko'rkli yuzini sevib qolishsa,

El unga boqib, quvonib tursa).

...Bo'r ichmas kerak beg fasad qilmasa

Bu eki qiliqdin qachar qut basa

(Bek ichimlik ichmasa, fasod qilmasa,

Bu ikki qilmishdan zinhor qut qochadi).

Suchigka suchinisa ajin beglari

Achig' bo'ldi el kun budun iglari

(Beklar dunyoning shirin ichimligiga berilsa,

El-u xalqning qismati achchiq bo'ladi).

O'yunqa avinsa ajun tutg'uchi

Elin buzdi bo'ldi o'zi qultg'uchi

(Hukmdor aysh-ishratga berilsa,

Elni buzadi, o'zi esa tilamchi bo'ladi).

O’dunda kechursa bu beglik ishin

Ani yetsa bo’lmas ezarsa qushin

(Vaqtida qilinmagan beklik ishlari

Uchib ketgan qushdir, yetib bo'lmaydi).

Neki ter eshitgil bilig berguchi

Biligsizni bo'rdin so'kib tidg'uchi

(Ta'lim berguvchi, nodonni ichimlikdan

Tiyguvchi, eshit, nimalar deydi:)

Bo'r ichma aya bo'rchi bo'g'zi quli

Bo'r ichsa achildi chig'ayliq yo'li

(May ichma, mayparast - bo'g'zining quli,

May ichsang, ochilar gadolik yo'li).

Qara bo'rchi bo'ldi nengi bo'ldi yel

Begi bo'rchi bo'lsa qachan turg'a el

(Avom mayxo'r bo'lsa, mol yelga ketar,

Bek mayxo'r bo'lsa, el qayga ketar).

...Necha yangsiz ishlar bo'z ichsa bo'lur,

Necha edgu ishlar esursa qalur

(Qancha noloyiq ishlar may ichgach bo'ladi,

Qancha ezgu ishlar ichkilik tufayli qolib ketadi).

Fasad qayda bo'lsa, qachar qut tez-a

Fasadchin yurir tutchi beglik buza

(Fasod qayda bo'lsa, baraka tez qochadi,

Fasodchi doimo beklikni buzib yuradi).

Arig' -ul bu qut qiv arig'liq tilar

Suzug-ul bu davlat suzugni yular

(Qut pok narsadir, u poklik tilaydi,

Davlat sof narsadir, u soflik tilaydi).

Begi ichguchi bo'lsa mufsud o'tun

Qamug' ichguchi bo'ldi buduni butun

(Bek ichuvchi, pastkash bo'lsa,

Xalqning barchasi ichuvchi bo'ladi).

Qara tengsizin barcha beglar etar

Begi qilsa tengsiz aning kim yetar

(Avom xatolarin begi tuzatar,

Bek xato qilsa-chi, unda kim tuzatar?)

Arig'sizni yalnguq suvun yub arir

Qali artasa suv nekun yub arir

(Nopoklikni odam suv bilan aritar,

Agar suv bulg'ansa, ne chora etar?)

Kishi iglasa o't o'tachi berur

O'tachi iginga emin kim qilur

(Odam tobi qochsa, tabib o't berar,

Tabibning dardiga kim darmon qilar?)

Arig' tutg'u beglar ko'ni qilq qiliq

Budun beg yo'lindin tuzar yo'l yo'rig'

(Beklarning fe'l-u ishlari to'g'ri va pok bo'lsa,

Xalq bekka ergashib, yo'l-yo'riq tutadi).

...Begi edgu bo'lsa yo'riqi ko'ni

Taqi artuq edgu yurig'ay quli

(Begi ezgu bo'lsa, yo'rig'i to'g'ri,

Qullari yanada yaxshiroq yo'ldan yuradi).

...Uluqsig' bedug tutsa beglar ko'ngul

Sezigsiz ujuzluq ko'rur ey o'g'ul

(Beklar ko'nglini ulug' tutsalar,

Shubhasiz, ular qadrsizlik ko'rar, ey o'g'il).

Kuvazlik bila ko'kka ag'mas kishi

Qali qushqi bo'lsa buzulmas ishi

(Kibr bilan kishi ko'kka ko'tarila olmaydi,

Agar u kamtar bo'lsa, ishlari buzilmaydi).

Beg alchaq kerak bo'lsa qutqi ko'ngul

Muni-teg yo'q ersa sen andin to'ngul

(Bek muloyim va ochiq bo'lsa, unga ko'ngul qo'y,

Yo'q esa sen undan umidingni uz).

Beg alchaq kerak bo'lsa ko'ngli achuq

Yazuqlug' kishidin kechursa yazuq

(Bek muloyim va ochiq ko'ngilli bo'lsa,

U gunohkor kishilarning yoziqlarini kechirsa).

Budun bashchi begka bu himmat kerak

Bu himmat bila ham muruvvat kerak

(Xalqqa boshchi bo'lgan bekka himmat kerak,

Himmat bilan birga muruvvat kerak).

Kiming himmati bo'lmasa ul o'lug'

Ekagun ajunda bu bo'lmas ulug

(Kimning himmati bo'lmasa, udir o'lik,

Ikki dunyoda ham bebahra bo'ladi).

Siyasat bila beg tuzar el to'ru

Qara qilqi etlur siyasat ko'ru

(Siyosat bilan bek el tuzar va tartib o'rnatar,

Siyosat tufayli avomning ishlari izga tushar).

Esizka siyasat yuritg'u kerak

Budun bulg'anuqun siyasat suzar

(Yomonlarga siyosat o'tkazish kerak,

Xalqni yaramasliklardan siyosat poklar).

Bu el tutruqi ham tubi begliki

Eki neng turur asli yildiz ko'ki

(Elni boshqarish ham beklik asosi,

Ikki narsa erur asl ildizi).

Birisi budunqa to'ru-ul ulush

Birisi eratqa ulasa kumush

(Biri - xalqqa adolat qilish,

Birisi - lashkarga kumush ulashish).

To'ru birla budni sevinsa turub

Kumush bo'lsa erat yarunsa ko'rub

(Adolat tufayli xalqi sevinsa,

Kumushga erishib, lashkar quvonsa).

Bu ekki qutu bo'lsa begdin sevinch

Eli qapg'i etlur bulur beg avinch

(Bu ikki toifa bekdan minnatdor bo'lsa,

Uning eli va mulki yashnaydi, bek tinch bo'ladi).

Qayu beg budunqa to'ru bermasa

Ko'dazmasa budnin yeguchi yesa

(Qaysi bek eliga adolat qilmasa,

Xalq molini yeguvchi yeyaversa),

O't idti budunqa buzuldi eli

Yiqildi sezigsiz bu beglik uli

(Xalqi o'rtasiga rahna tushiradi, eli buziladi,

Shubhasiz, bekning poydevori yiqiladi).

Qayu beg eratni sevundurmasa

Qilich qinda chiqmas aninda basa

(Qaysi bek lashkarni xursand qilmasa,

Lashkar qilichi aslo qinidan chiqmaydi).

Qilich birla beglar uzatur alig

Qilichsiz o'sal beg basumas elig

(Qilich bilan beklarning qo'li baland bo'ladi,

Qilichsiz bek - nochor, ellarni bosa olmaydi).

Qilich baldu bo'ldi bu el saqchisi

Qilichin alir beg budun bashchisi

(Qilich va oybolta - bu elning posbonidir,

Qilichni olgan bek elga boshchi bo'ladi).

Qilich tebrar erkan yag'i tebramaz

Qilich qinda kirsa beg inchlik yemaz

(Qilich tebransa gar, yov tebranmaydi,

Qilich qinga kirsa bek tinchimaydi).

Sevunchlug tut ey beg qilich urg'uchig'

Sevinchin tiril tutchi ko'rma achig'

(Qilich urg'uvchini sevintir, ey bek,

Doim xursandlikda yasha, hech ko'rma achchiq).

Bedug ish budun bashlamaqi ag'ir

Bash ag'rig' bila tutchi emgak tegur

(Xalqni boshqarish juda og'ir ish,

Undan kelar doim boshog'riq, tashvish).

Sevinchi az-ul ko'rsa qadg'u o'kush

Az-ul o'gguchisi telimrak so'kush

(Ko'r sevinch oz unda, ko'pdir qayg'usi,

Rahmati oz uning, ko'proq so'kishi).

Qayuqa baqa ko'rsa qo'rqunch turur

Sevinchin so'ra ko'rsa azraq erur

(Qaysi tomoniga qarasang, qo'rqinchdan iborat,

Undan shodlik qistirib o'tirma, u juda oz).

O'kush sevmaguchi sevari az-ul

Kerishi telimrak eraji az-ul

(Sevmaydigan ko'p, sevuvchisi ozroq,

G'avg'osi ko'p, farog'ati ozroq).

Qayu elka bo'lsa bu yanglig' begi

Qutuldi ul el budni ketti igi

(Qaysi bir elning begi bu yanglig' bo'lsa,

O'sha el g'amdan qutuldi, dardi aridi).




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish