Aziz o'quvchi


O'ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN



Download 0,99 Mb.
bet2/61
Sana22.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#400257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Aziz o\'quvchi

O'ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN

YUSUF XOS HOJIB BOLOSOG'UNIY (XI asr)

Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab ijod etgan buyuk o'zbek (turkiy xalqlar) shoiri hisoblanadi. Yusuf - asl ismi. Aynan «Qutadg'u bilig» dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo'lgani uchun muallifga «xos hojib», ya'ni eshik og'asi rasmiy lavozimi berilgan. Shoir uni taxallusiga qo'shib olgan. Yusuf hozirgi Qirg'izis­tonning Talas vodiysi hududidagi qadimiy Bolosog'un shahrida tug'ilgan. Bolosog'uniy deyilishi shundan. Ba'zi manbalarda bu shahar Quzo'rda deb ham tilga olinadi. Bizga Yusuf Xos Hojibning birgina «Qutadg'u bilig» asari yetib kelgan. Shoir hayotiga oid ma'lumotlarni ham faqat shu dostondangina topamiz. Asar hijriy 462, ya'ni milodiy 1069-­1070-yili Koshg'arda yozib tugallangan. Hajmi 6 ming 409 baytdan iborat. Muallifning o'zi uni bir yarim yil mobaynida bitganini aytadi:

Tegurdi menga algi ellik yoshim,

Qug'u qildi quzg'un tusitek boshim.

Oqir ellik emdi mengar kel teyu,

Pusug' bo'lmasa, bordim emdi naru.

(Ellik yoshim menga qo'l tegizdi,

Qora quzg'un tusidek boshimni oq (qush) qildi /ya'ni sochim oqardi/.

Ellik /yosh/ endi men tomon kel, deb chorlamoqda,

Pistirma /ya'ni nogahoniy o'lim/ bo'lmasa, endi u tomon boraman.)

Shu misralarga tayanib, olimlar, Yusuf Xos Hojib bu kitobini ellik yoshlarida yaratgan, deb hisoblaydi.

Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gullagan davri edi. Yuqori Chindan Kasbiy dengiziga qadar bo'lgan juda katta hudud shu saltanat hukmi ostida bo'lgan. Koshg'ar (ikkinchi nomi O'rdukent) shu ulug' saltanatning poytaxti edi. Bolosog'un mamlakatning muhim markazlaridan biri hisoblanardi. Yusuf Xos Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukmdori (elig) Tavg'achxon Ulug' Bug'ra Qoraxonga taqdim etadi. Asar garchi XI asrda yaratilgan bo'lsa-da, u haqida o'zbek adabiyotining keyingi asrlardagi namunalarida hech qanday ma'lumot uchramaydi. Hatto, turkiy tildagi har bir asarga alohida mehr va e'tibor bilan munosabatda bo'lgan buyuk Alisher Navoiy, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur ham «Qutadg'u bilig» yoki uning muallifini mutlaqo tilga olmagan. Shundan kelib chiqib, bu bobokalon shoirlarimiz «Qutadg'u bilig» haqida bilgan-bilmagani boisida bir narsa deyish qiyin. Bunga sabab - asarning bor-yo'g'i uch nusxasigina saqlanib

qolganligi:

1. Vena nusxasi. U milodiy 1439-yili (Alisher Navoiy tavalludidan 2 yilgina oldin) Hirotda uyg'ur yozuvi bilan ko'chirilgan. (Uyg'ur yozuvi arab alifbosi asosida shakllantirilgan sof turkiy yozuv edi). Kitob Turkiyaning Tugot shahriga, 1474-yili esa Istanbulga keltirilgan. Uni keyinchalik Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee bu buyuk asar haqida ma'lumot chop etib, uni ilm ahliga tanishtiradi.

2. Qohira nusxasi. 1896-yili asarning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko'chirilgan nusxasi Qohirada topildi.

3. Namangan nusxasi. Sharqshunos Valizoda 1914-yilning 20-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyatiga Farg'ona ekspeditsiyasi haqida yozgan hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh degan kishining qo'lida «Qutadg'u bilig»ning yana bir nusxasi mavjudligi haqida ma'lumot beradi. Buyuk o'zbek olimi Abdurauf Fitrat 1924-­yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo'lyozmani olishga muyassar bo'ladi. «Qutadg'u bilig» zamon ehtiyoji yanglig' yaratilgan. Ya'ni Qoraxoniylar davlati va bu mamlakat xalqining bir mafkuraviy-axloqiy dasturga katta zarurati bor edi. Shoir ana shu buyuk va sharafli vazifani bajarishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish, mustahkamlash, turli xon va beklar o’rtasida birlikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrnmg o’tkinchiligini, ma’naviyat, yashash tartib-qoidalari bilan bog'liq g'oyalar badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari surilgan. Unda xalqning maqsad-intilishlari, maslak-g'oyalari ifodalangan. Shu ma'noda u Qoraxoniylar davrining mafkuraviy ta'limoti slfatlda ham alohida ahamiyatga ega. Doston masnaviy, ya'ni o'zaro qofiyalangan ikki misradan iborat baytlar yo'li bilan yozilgan. Vazni - mutaqoribi musammani mahzuf, va'ni «faulun-faulun-faulun-faul» (V - - / V - - / V - - / V-) yoki maqsur (bunda «faul» o'rniga «faol» bo'ladi, bu oxirgi hijo o'ta cho'ziq - «sabr», «qand», «tog'» kabi so'zlardan tashkil topadi degani). Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan shu vaznda bitilgan. Masalan, Firdavsiyning «"Shohnoma»si, «Xamsa» turkumining Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) hayoti asosida yaratilgan oxirgi dostonlari, jumladan, Abdurahmon Jomiyning «Iskandar xiradnomasi”, Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarlari ham aynan shu vaznda. “Qutadg'u bilig” kam nusxada saqlanib qolgan bo'lsa ham, muallif uning o'z davrida mashhur ekanini yozadi. Chinliklar uni «Adab ul-muluk” (<

<Dostonda to'rt asosiy qahramon bor. Ularning har biriga ramzan muayyan bir ezgu tushuncha - ma'naviy qadriyatning timsoli yanglig' qaralib, alohida ma'no-mazmun yuklatilgan. Kuntug'di (chiqqan Quyosh) - elig, va'ni hukmdor. U adolat ramzi bo'lib kelgan. Oyto'ldi (to’lgan Oy) - vazir. U baxt va davlat ramzi hisoblanadi. O'gdulmish (aqlga to'lgan)- vazirning o'g'li. U aql va zakovat ramzi yanglig' tasvirlangan. Q'zg'urmish (uyg'ongan) - vazirning qarindoshi. U asarda qanoat, ofiyat, ya'ni sog'lomlik ramzi sifatida qalamga olingan. Men shu to'rt tushuncha ustida fikr yuritdim, deydi shoir:

Bu to'rt nang uza so'zladim men so'zug

O'qisa, ochilg'ay yetig qil ko'zug

(So'zni shu to'rt narsa ustida yuritdim,

Uni o'qib, tushunilsa, ro'shnolik bo'ladi, ko'zingni och).

Doston - sof badiiy asar. Bunday deb urg'u berib aytishimiz bekorga emas. Adabiyot tarixida Kaykovusning forsiy tilda yozilgan «Qobusnoma»si kabi nasihatnomalar ham, Zahiriddin Muham­mad Boburning «Boburnoma»si singari tarixiy-memorial asarlar ham o'rganiladi, ularning ham badiiy ahamiyati katta. Biroq «Qutadg'u bilig» pandona (didaktik) ruhdagi, ta'lim-tarbiya, odob-axloq mavzuiga bag'ishlangan tipik badiiy asar. Shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o'rni, komillik shartlari, umrni bekorga o'tkazmaslik, turli ijtimoiy tabaqaga mansub kasb-kor egalarining axloqiy mezonlari, davlatchilik qat'iyatlari asosiy yo'nalishga aylangan. Asar, nasriy hamda she'riy muqaddimadan tashqari, 71 maxsus bobdan tashkil topgan. Boblarda ko'proq savol-javob, munozara olib boriladi. Shu tariqa shoir oldiga qo'ygan masalalarga o'z hissiy munosabatini bildirib boradi. Ko'tarilgan masalalarning barida aynan qanday bilim kishini baxt -saodat sari yetaklashi oydinlashadi. Bu esa asar nomi naqadar oqilona tanlanganini ko'rsatadi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish