Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet5/61
Sana22.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#400257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Aziz o\'quvchi

Qayum Karimov tmjimasi

«Beklikka loyiq bek qanday bo'lishini aytadi» qismi asarning 31-bobi bo'lib kelgan. Unda jamiyatni boshqarish uchun hukmdorga, ya’ni bekka muhtojlik borligidan kelib chiqib, shoir beklikka loyiq shaxsda qanday insoniy fazilatlar shakllangan bo'lishi lozimligi masalasini atroflicha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi. Bob, odatdagidek, savol-javob tarzida davom etadi. Elig, ya'ni Kuntug'di vaziri bo'lmish O'gdulmishdan beklikka loyiq shaxs qanday fazilatlarga ega bo'lmog'i kerakligi haqida so'raydi: u qanday qilsa, yosh-u qari, bo-yu kambag'al, bilimli-yu bilimsiz - barchaga barobar siyosat yurita oladi, el-yurt orasida nom chiqaradi, xalqi to'q yashaydi, jahonga ovozasi tarqaydi, davlati ziyoda bo'ladi, bu olamdan o'tgach, u dunyoligini ham topadi?. Bundan ming yilcha burun o'rtaga qo'yilgan bu savollar hozir ham ahamiyatini aslo yo'qotgani yo'q. Chunki jamiyatni boshqarish ehtiyoji mavjud ekan, rahbar ma'naviyati masalasi kun tartibidan tushmay kelaveradi. Endi O'gdulmishning javoblari mag'zini chaqib ko'raylik. O'gdulmishning hayotdan kelib chiqqan xulosalari-yu qat'iy amaliy aqidalariga ko'ra, beklik - avvalo, asl odamning ishi. U mohir mergan, botir, baquvvat, aql-zakovatli, bilimli, saxovatli, oliyjanob, ko'p hunar egasi, xushxulq, to'g'riso'z, sabrli, ko'zi to'q, andishali, bir so'zli, ziyrak, hushyor, adolatli, o'tkir zehnli, vafoli, dovyurak... va shu kabi ko'plab xislatlarga ega bo'lishi kerak. “Agar - deydi O'gdulmish, - arslon itlarga bosh bo'lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo'lib qolishi mumkin». Beklik mustahkam bo'lishi uchun to'rt narsaga – birinchisi, kuchli lashkarga; ikkinchisi, kuchli lashkarni saqlash uchun ko’p boylikka; uchinchisi, ko'p boylikni to'plash uchun _badavlat xalqqa; to'rtinchisi, boy-badavlat xalqqa ega bo'lish uchun adolatli siyosat yuritlshga katta ehtiyoj bor. Vazir - bek o'zida shunday ko'p fazilatlarni kamolga yetkazishi bilan birga mana bu besh illatdan ehtiyot bo'lmog'i zarur: birinchisi shoshqaloqlik, ikkinchisi - ochko'zlik, uchinchisi - jaholat (aql bilan emas, jahl bilan ish ko'rish, bilimsizlik), to'rtinchisi ­buzuq fe'llilik, beshinchisi - yolg'onchilik. Ana shu sifatlarni o'zida shakllantirgan, sanalgan illatlarni o'zidan forig' aylagan kishigina sarvar, ya'ni boshliq, yetuk va komil bo'ladi. Rahbar har taraflama boshqalardan ustun bo'lmog'i darkor. Bobning tub mohiyatida yotgan masala - bugun uchun ham dolzarb. Hozirgi zamonda boshqaruv ilmi, rahbarga qo'yiladigan talablar mukammal bir ilm darajasiga ko'tarilgan. Shu masalalar o'zbek adabiyotida bundan o'n asrlar ilgari shu darajada tahlil etilganining o'zi jahon tamadduniga xalqimiz nechog'li buyuk hissa qo'shganini yana bir karra isbotlab turibdi. Shuning uchun ham G'arb Sharqni donishmand deb biladi. Shuning uchun ham «Qutadg'u bilig»ni G'arb olimlari atroflicha o'rgangan, o'z tillariga tarjima qilgan. Bunday ilmiy-adabiy qiziqish hamon davom etyapti. Asarning tili bugungi o'quvchi uchun to'la tushunarli emas, albatta. Shuning uchun filologiya fanlari nomzodi Qayum Karimov uni baytma-bayt bugungi o'zbek tiliga ilmiy tarjima qilgan. Filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To'xliyev esa dostonni she'riy yo'l bilan ommabop qilib o'zbekchalashtirgan.­

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish