28 fevral 2022 yil



Download 6,69 Mb.
Sana08.07.2022
Hajmi6,69 Mb.
#758835
Bog'liq
HISOBOT3


3-haftalik hisobot

__________________________28 fevral 2022 yil_____________________________
28.02.2022 kuni ertalab Abdulla Qodiriy ijod maktabiga 8:00 da o’z vaqtida yetib kelindi. Bugun 9”A” sinfida 6-soatlik dars qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilar; algebra, ona tili, adabiyot, ona tili, geometriya, geografiya. Algebra darsi 8:00 da boshlandi. Algebra darsidan o’tgan darsda “Ikkilangan burchakning sinusi va kosinusi “ mavzusi o’tilgan edi. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida mavzuga doir misollar ko’rildi. Yangi mavzu sifatida trigonometriyaga oid, misol va masalalardan namunalar o’quvchilar tomonidan doskada ishlatildi. 9:55 da Adabiyot darsi Tog’aymurodov A. tomonidan boshlandi. O’tilgan darsda Xalima Xudoyberdiyevaning hayoti haqida ma’lumot berilgan edi. 9”A” sinf o’quvchilari shoiraning she’rlaridan namunalar aytishdi. Yangi mavzu Shavkat Rahmonning hayoti va ijodi fan o’qituvchisi tomonidan batafsil tushuntirildi. Qirg’izistonning O’sh shahrida tug’ilganligi va uning she’riyati haqida ma’lumotlar berildi. Uy ishi topshirig’i sifatida Shavkat Rahmon she’rlaridan o’quvchilar yod olib kelishlari so’raldi. 10:45 da Ona tili fani Tog’aymurodov A. tomonidan qiziqarli tarzda boshlandi. O’tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida “Ko’chirma va o’zlashtirma gap” mavzusi bo’yicha mashqlar doskada yozilib, sintaktik tahlil qilindi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’quvchilar faol ishtirok etishdi. 12:25 da Geografiya darsi Axmedova Sabohat tomonidan boshlandi. “Turkiya Respublikasi” mavzusi xarita yordamida yoritildi. Fan o’qituvchisi Turkiya Respublikasini foydali qazilmalarini, iqtisodiyotini, aholisini, elektroenergiyasini, kon metallurgiyasini, yer maydonini va h.k lar haqida ma’lumot berdi. Turkiyaning chegaradosh davlatlarini xaritadan ko’rsatdi. Turkiyaning eng mashxur shaharlari haqida videorolik qo’yib berdi. Turkiyaning eng mashxur shahri Istanbul haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
________1 MART 2022 yil________
01.03.2022 kuni ertalab, Abdulla Qodiriy ijod maktabiga 8:00 da o’z vaqtida yetib kelindi. Bugun 9”A” sinfida 6-soatlik dars qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilar; adabiyot, ingliz tili, informatika, ingliz tili, rus tili, informatika. Adabiyot darsi 8:00 da boshlandi. Uy ishi vazifasi Shavkat Rahmonning “Bir ming bir yuz shoir” she’ridan yod olish vazifasi yuklatilgan edi. 9”A” sinf o’quvchisi Dilnura tomonidan ushbu she’r ifodali aytib berildi. Bugungi yangi mavzu o’tilgan mavzularni mustahkamlash edi. Abdulla Oripov, Shavkat Rahmon, Xalima Xudoyberdiyevaning ijodi haqida yana qaytadan to’xtaldi. She’r aytib bergan o’quvchilarga qo’shimcha savollar berilib, baholandi. Keyingi darsda she’riyat mushoiasi o’tkazilishi aytib o’tildi. 9:05 da Ingliz tili darsi Yo’ldasheva Tursunoy tomonidan boshlandi. Yangi mavzu; Life events. Odamlar yoshlarini chamalash aytishni, shaxsiy ma’lumotlarni ingliz tilida qanday aytilishi tushuntirildi.1) early, 2) mid, 3) late so’zlari sonlarga qay tarzda qo’shilishi va ishlatilishi haqida ma’lumot berildi. 9:55 da Shakadirova Nigora tomonidan informatika darsi boshlandi. “Tarmoqlanuvchi algoritmlarni dasturlash” mavzusi o’tildi. O’quvchilar ushbu mavzuda kompyuterda amaliy ishladi.

________2 MART 2022 yil________


02.03.2022 kuni ertalab, Abdulla Qodiriy ijod maktabiga 8:00 da o’z vaqtida yetib kelindi. Bugun 9”A” sinfida 6-soatlik dars qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilar; fizika, ingliz tili, kimyo, nutq madaniyati, maxsus adabiyot, geografiya. Fizika darsi 8:00 da boshlandi. O’tgan darsda fan o’qituvchisi 9”A” sinfiga “Qattiq jismlarning erishi va qotishi” mavzusini tushuntirib bergandi. Ushbu mavzuga doir masalalar ham yechtirgandi. Bugungi darsda “ Bug’lanish va kondensatsiya” mavzusi o’tildi. 1) -10 c muzni 0 muzga o’tkazish, 2) 0 c muzning 0 c suvga o’tkazish kabi holatlari doskada ko’rildi. Muzni suvga, suvni muzga o’tkazish uchun kerak bo’ladigan issiqlik miqdorlari topildi.

10:45 da Nutq madaniyati darsi Iskandarova M. tomonidan boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlar – mening taqdirimda mavzusida o’quvchilar nutq so’zlashlari uy ishi vazifasi qilib berilgan ekan. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida o’quvchilar tomonidan ma’lumotlar berildi. Ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish, undan kerakli ma’lumotlarni olish mumkinligi haqida aytib o’tildi. Yangi mavzu Harbiy vatanparlik nuqti. Ushbu mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berilib, mavzuga doir prezintatsiya tayyorlab keyingi darsda o’qib, o’rganib kelish vazifasi o’quvchilarga yuklatildi.



_______3 MART 2022 yil________
03.03.2022 kuni ertalab, Abdulla Qodiriy ijod maktabiga 8:00 da o’z vaqtida yetib kelindi. Bugun 9”A” sinfida 6-soatlik dars qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilar; biologiya, geometriya, ingliz tili, fizika, algebra, ona tili. Jovliyeva N. tomonidan 8:00 da biologiya darsi boshlandi. O’tilgan darsda “Embrional rivojlanish davri “ mavzusi otilgan edi. Ontogenez nima? U asosan nechtaa bosqichdan iboratligi va ular haqida o’quvchilar tomonidan ma’lumotlar berildi. Yangi mavzu “Postembrional rivojlanish va bevosita rivojlanish “. Ushbu mavzu fan o’qituvchisi tomonidan doskada rasmlar bilan ko’rsatilib, mavzu tushuntirildi. 9:05 da geometriya darsi boshlandi. O’tilgan darsda “Aylana yoyining uzunligi” mavzusi o’tilgan edi. Ushbu mavzu bo’yicha uy ishi topshirig’i tekshirildi va qo’shimcha savollar berildi. Fan o’qituvchisi Shamsiyeva Hulkar tomonidan yangi mavzu “Doiraning yuzi” mavzusi tushuntirildi. Mavzuga doir, misol masalalar doskada o’quvchilar tomonidan ishlanildi. 11:35 da algebra darsi boshlandi. O’tilgan darsda “Ikkilangan burchakning formulalari “ mavzusi o’tilgan edi. Ushbu mavzu bo’yicha uy ishi topshirig’i o’quvchilardan tekshirildi. Yangi mavzu “ Keltirish formulalar” mavzusi fan o’qituvchisi tomonidan o’quvchilarga tushuntirildi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholandi.
_______4 MART 2022 yil________
04.03.2022 kuni ertalab, Abdulla Qodiriy ijod maktabiga 8:00 da o’z vaqtida yetib kelindi. Bugun 9”A” sinfida 6-soatlik dars qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilar; kimyo, maxsus adabiyot, biologiya, algebra, o’zbekiston tarixi, kores tili. Kimyo darsi fan o’qituvchisi Xamidov Ulug’bek tomonidan 8:00 da boshlandi. O’tgan darsda “Soda ishlab chiqarish” mavzusi o’tilgan edi. Ushbu mavzu hamma o’quvchilardan savol javob qilindi. Yangi mavzu “ Suvning qattiqligi” mavzusi o’quvchilarga tushuntirildi. Kalsiy va magniy mavzusi ham o’tildi. Kalsiy va magniy davriy jadvalning 2 bo’limiga kiruvchi elementlardir. Kalsiy va magniy ishqoriy yer metallari hisoblanadi. Reaksiya formulalar yozib berildi. Suvning qattiqligi 2 xil bo’ladi. 1) Doimiy qattiqlik 2) Vaqtinchalik qattiqlik. Ushbu mavzuga doir uy ishi topshiriqlari berildi. 9:05 da maxsus adabiyot darsi Abdullayeva Z. tomonidan boshlandi. O’tilgan darsda maxsus adabiyot fanidan “Jannatga yo’l” dostoni qahramonlarining tavsifi haqida gaplashilgan edi. U haqida o’quvchilar bilim ko’nikmalarga ega bo’lgandilar. Ushbu darsda o’quvchilarning olgan bilimlarini tekshirish maqsadida oraliq nazorat ishi olindi.
_______5 MART 2022 yil________
05.03.2022 kuni Abdulla Qodiriy ijod maktabida to’garak mashg’ulotlari kuni. Shanba kunida maktab o’quvchilarini bilimini nazorat qilish uchun monitoring o’tkaziladi. Tadbirlar o’tkaziladi. Jismoniy tarbiya, chizmachilik, texnologiya kabi fanlar o’tiladi.
Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish