Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
69
library.ziyonet.uz/
Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham’ini,
Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar.
Rostlig uldurki, yetkach ul quyosh, rahm aylagay,
Ulcha ahvolimga har tun charxi kajraftor etar.
Ey, Navoiy, ishq dardidin shikoyat qilmakim,
Joninga javru jafosin har nechakim, bor etar.
Mavzu xususiyatiga koʻra, bu Alisher Navoiyning ishqiy gʻazallari toifasiga kiradi. U
shoir ijodiy takomilining uchinchi bosqichi mahsuli boʻlib, Navoiy uni ilk bor «Navodir
un-nihoya» devoniga kiritgan. Keyinchalik bu gʻazal «Xazoyin ul-maoniy»ning «Navodir
ush-shabob» devoniga koʻchgan. Gʻazalning oʻziga xos va murakkab obrazlar silsilasi
mavjudligi, hajmining kattaligi (oʻn bir baytdan iborat), tili va badiiy tasvir uslubining
oʻzga ishqiy gʻazallarga nisbatan ogʻirligi ham uni Navoiy ayni ijodiy kuchga toʻlgan
oʻrta yoshlarida yaratganligini tasdiqdaydi. Bu — Navoiyning koʻpma’nolilik
xususiyatiga ega asarlaridan. Unda vasf etilgan ishq «majoziy ishq», ya’ni oddiy insoniy
muhabbatdan koʻra kengroq ma’nolarga ega. Gʻazal ruhiy mundarijasining nisbatan
murakkablashuviga sabab shuki, unda shoir insoniy ishq bilan panteistik
dunyoqarashdagi «haqiqiy ishq» xususiyatlarini bir nuqtada mujassamlashtirishga harakat
qilgan va bunga erishgan. Gʻazal ramali musammani mahzuf vaznida bitilgan.
Gʻazalda Navoiy lirik qahramon kechinmalari hamda taxayyulini tasvirlashda yangicha
yoʻl tutadi.
Koʻk binafshazorini anjum chu nargiszor etar,
Nargising birla binafshang hajri koʻnglum zor etar.
Bir qarashda, bu — an’anaviy ruhdagi bayt. Unda Mavlono Lutfiy tahsiniga sazovor
boʻlgan «Orazin yopqach, koʻzimdin sochilur har lahza yosh, Boʻylakim, paydo boʻlur
yulduz nihon boʻlgʻoch quyosh» matla’iga hamohanglik bor. Mazkur baytlarni inson va
tabiat munosabatlari, inson ruhiyati hamda tabiat manzaralarining qiyosiy talqini
tutashtiradi. Birida avval inson ruhiyati lavhasi yoritilib, soʻng uiga mutanosib tabiat
tasviri yaratiladi. Tahlil qilinayotgan gazal matla’ida esa boʻlakcha. Avval, ilk misrada,
tabiat, aniqrogi, osmonning hijron shomidagi qiyofasi yaratiladi. Kun bilan tunning
almashinishi goʻzal badiiy ifodalanadi. Ya’ni, shoir nazdida, osmon kunduzi binafshazor
edi. Binafsharang koʻm-koʻk samoni tasavvur qiling-a! Koʻk qadahiga shom bodasi
quyilishi bilan, nargisdek sochilgan yulduzlar koʻk binafshazorini nargiszorga aylantirdi.
Ikkinchi misrada tabiatdagi holatdan kelib chiqib, inson ruhi tahlil etiladi. «Koʻk
binafshazori»ga lirik qahramon koʻngli, «anjum» va «nargis» obrazlariga ma’shuqaning
nargismonand koʻzlari va binafsharang xatti, binafshashakl zulfi she’riy parallelizm usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |