Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
37
library.ziyonet.uz/
mantiqsizlik. Endi «xolis», «sof», «hech» soʻzlarini qoʻllaymiz: «Bevafolik agar ul shoʻx
qilganchalik boʻlsa, xolis (sof) qilmas oshnolik odam avlodi bila» yoki: «Bevafolik agar
oʻsha shoʻx qilganchalik boʻlsa, hech qilmas oshnolik odam avlodi bila». Bu jumlalarda
ham aniq ma’no yoʻq, bayt kitobxon uchun jumboq boʻlib turaveradi.
«Gʻiyos-ul lugʻot»da mazkur soʻzning sarv va sarfa shakllari ham keltirilib, izohlangan.
Sarf — oltin va kumushni saralash, xarajat qilish, sarflash, shuningdek, buta, hiyla va
hodisa, zamonning aylanishi, umuman aylanish va biror narsaning toʻntarilishi. Sarfa –
yorugʻ yulduz, u Oy manzillaridan oʻn ikkinchisining nomidir; baxillik, xasislikni
bildiradi: hiyla va makr, zijdalik ramzi. Bu ma’nolarning qaysi biri Navoiy baytiga mos
keladi. Agar fe’l soʻzini oladigan boʻlsak, sarflash, xarajat qilish, agar ravishni oladigan
boʻlsak, sira, hech, agar ot soʻz kerak boʻlsa, yulduz, falak ma’nosida olishimiz mumkin.
Sarflash ma’nosida: «ul shoʻxning bevafoligi — jabru sitami shunaqa boʻlsa, u odam
avlodi bilan oshnolik qilmaydi, ya’ni odam avlodiga oshnoligini sarflamaydi». Bunda «ul
shoʻx»—pari, ruh, umuman real boʻlmagan xilqat sifatida anglashiladi. Sira ma’nosida:
«Agar ul shoʻxning bevafoligi shunaqa boʻlsa, u odam avlodi bilan sira ham oshnolik
qilmaydi». Yulduz ma’nosida: «Bevafolik agar ul shoʻx qilganchalik boʻlsa, Sarfa, ya’ni
yulduz odam avlodi bilan oshnolik qilmaydi». «Sarfa» soʻzining yana tejash, foyda
ma’nolari ham bor: «Agar bevafolik ul shoʻx qilganchalik boʻlsa, odam avlodiga
oshnolikni tejamaydi» yoki: «Bevafolik agar shu boʻlsa, ya’ni u shoʻx qilganchalik
boʻlsa, odam avlodi bilan oshnolik foyda qilmaydi». Keyingi talqinda ma’no borga
oʻxshaydi, darhaqiqat, mahbubaning bevafoligini koʻrgan lirik qahramon «Odam bolasi
bilan oshnolik qilishning foydasi yoʻq ekan», degan xulosaga kelib, hafsalasi pir boʻlishi
mumkin. Shuning uchun «Gʻaroyib-us sigʻar»ning yangi nashrida «sirfa» soʻzining
«sarfa» deb tuzatilganini ma’qullash lozim.
Navoiy oʻlimni – ayriliq deb, oshiqqa zulm, deb olar ekan, uni bevafolik ham deb ataydi.
Oshiqni dogda qoldirib, tashlab ketish charxning, zamonaning bevafoligi, sitamidan bir
nishona bu. Shu nuqtada «sarfa» soʻzining zamon aylanishi, yulduz (charxi falak timsoli),
hiyla, makr, xasislik ma’nolari ham tutashadi. Falak odam avlodi bilan oshnolik
qilmaydi, pari odam avlodi bilan oshnolik qilmaydi va hokazo.
Vahki sindi naxli ummedim, xusho ul bogʻbon,
Kim erur xushhol bir navrasta shamshodi bila.
Ma’nosi: «Umidim niholi sindi evoh, nobud boʻldi. Koʻkargan shamshodi bilan xushholu
xursand yurgan bogʻbonga havasim keladi, qanday yaxshi!» Alamli oʻknnch va dard bor
bu misralarda — naxli ummadini yoʻqotgai odamning ichidan otilib chiqqan oʻkirik va
boshqalarga nigoh tashlab taskin topishi bor. Uning niholi singan, umidlari chilparchin,
ammo boshqa bogʻbonlarning iiholi koʻkargan, ular shod. Bu hasad emas, umidli nigoh,
hayotga, abadiyatga bogʻlanish, hayot abadiyatini his etish. Baytdagi «sindi» soʻzi oldin
oʻqiganimiz «rez-rez», «sindirurman» soʻzlarini esga soladi. Sinish — oʻlim, sinish —
isyon, sinish — toqatsizlik, ruhiy zilzila. Falak zulmi, ajal shamoli uning umid niholini
Do'stlaringiz bilan baham: |