Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


Bog’langan va ergashgan qo’shma gaplar tuzishni o’rgatish



Download 2,99 Mb.
bet139/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

Bog’langan va ergashgan qo’shma gaplar tuzishni o’rgatish.

  • So’z o’zgartirish bo‘yicha ishni davom ettirish.

  • Olmosh va sifatni ot bilan moslashtirishga o’rgatish.

    Bu bosqich agrammatizm ko’rinishlari bilan namoyon bo’luvchi frazali nutqqa ega bolalar bilan ishlashga mo’ljallangan. Bolalar lug‘ati predmetlar, harakatlarning turli xil nomlarini, predmet belgilarini, shuningdek, ayrim fazoviy va vaqt tushunchalarini ifodaluvchi so’zlarni o’z ichiga oladi. Biroq, bolaning to’liq lug’ati yoshiga mos kelmaydi.
    Nutq rivojlanishining bu bosqichida bolalar ko’makchi so‘zlarni qullay boshlaydilar: ko’makchilar va ayrim bog‘lovchilar. Bolaning bayon qilishini murakkablashtirishga intilish, ma’noga mos kelmaydigan bog’lovchilar bilan bog‘langan so’z birikmalarining tartibsiz to’plamlarida namoyon bo’ladi. Bu bosqich uchun turli ko’rinishdagi agrammatizmlar xarakterlidir: bular nutq rivojlanishining boshlang‘ich davrlaridan qolgan amorf so’zlar, aniqlik mayli o’rniga fe’lning imperativ infinitiv shakllari, flektiv elementlarni aralashtirish, fleksiylarsiz so’zlarni (asosan sifatlarni) qo’llash kabilardir.
    Iborali nutqning aniqligi bolada tovush talaffuzining qay darajada shakllanganligiga bog’liq. Shu sababli ba’zi bolalar nutqi u yoki bu darajada tushunarli, ba’zilarniki esa kam tushunarli bo’ladi.
    Shu bilan birga bolalarda nutq rivojlanishining ijobiy tomonlari ham ko’zga tashlanadi: xabar maylidagi ko’pgina fe’l shakllarini to’g’ri qo’llash, otlarda qo’shimchalarni to’g’ri qo’llash kabilar.
    Ko’pgina to’rt, besh, hatto olti bo’g’inli so’zlar aksent-ohang jihatdan to’g‘ri talaffuz qilinadi, ammo bola tomonidan kam qo’llanuvchi so’zlarning bo’g’in tarkibi buziladi. (Masalan, militsioner, gultojixo’roz). Bu holat nutq rivojlanishining ushbu darajasi uchun tamomila qonuniydir. Bu holatni nafaqat so’zlarning tovush, bo’g’in tarkibini murakkabligi bilan, balki so’zlarning morfologik jihatdan murakkab tuzilganligi bilan ham tushuntrish mumkin.
    Ko’p bo’g’inli so’zlarning bo’g’in tarkibi ustida ishlash jarayonida bolalarga so’zning morfologik tuzilishini qulay shaklda tushuntirish lozim. Bir o’zakli so’zlarni taqqoslash mashg’ulotlarini nutqni tushunishni rivojlantish mashg’ulotlariga kiritish mumkin.
    Logopedik ishni boshlay turib, bola nutqini tekshirish jarayonida aniqlangan nutq normalarining buzilishini «Bolalar nutqining normal rivojlanishi tizimi» jadvalidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash tavsiya etiladi.
    Mustaqil bog’langan nutq shakli ustida ish boshlangunga qadar barcha tovushlarni bola nutqiga qo’yish va nutqqa kiritish kerak. Sirg’aluvchi affrikatlarni differensatsiyalanmagan holda qo’llash bundan mustasnodir.
    Sodda yoyiq gaplar
    Tarkibiga aniqlovchi va turli xildagi hol kiritilgan 5-7 so’zlardan iborat gaplar tuzishga o’rgatishdan avval, bolalar bilan dastlab alohida so‘z birikmalari ustida qayta ishlash lozim: sifat+ot yoki ravish+ko’plik, qaratqich kelishikdagi ot va xokazo.
    So‘ng bolalar tomonidan ilgari o’zlashtirilgan gap turlari yangi so’z birikmalari bilan kengaytiriladi. Sifatni ot bilan moslashtirishga o’rgatish bo’yicha logopedik ishlarni uzoq vaqt mobaynida bosh kelishik birlik – ko’plikdagi shakllar bilan chegaralash mumkin. Sifatlarni ot bilan bevosita kelishiklarda moslashni o’rgatish ishlari bosqich so’ngida amalga oshiriladi. Eslatib o’tamizki, bolalarni predmet belgilarini to’g’ri nomlashga o’rgatishdan avval ularni shu belgilar bo’yicha predmetlarni taqqoslashga o’rgatish lozim. So’ng bolalar logopedning qanday? qanaqa? savollariga tayanib predmet belgilarini nomlashni o’rganadilar. Bu bolalarga sifatning to’g’ri grammatik shaklini tanlashlariga yordam beradi.
    Agar bola rang nomini eslab qololmasa, u holda uni vaqtinchalik predmetni rangi bo’yicha taqqoslashga o’rgatish bilan chegaralanish mumkin.
    Predmetlarning ayrim belgilarini eslab qolishdagi qiyinchiliklar bola nutqi rivojlanish bo’yicha olib boriladigan keyingi logopedik ishlarni tormozlamasligi lozim.

    Download 2,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish