Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


To’rtinchi bosqichdan boshlab bolalarga so’z o’zgartirish qoidalarini o’rgatish boshlanadi va bu logopedik ishning keyingi bosqichlarida ham davom etadi



Download 2,99 Mb.
bet136/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

To’rtinchi bosqichdan boshlab bolalarga so’z o’zgartirish qoidalarini o’rgatish boshlanadi va bu logopedik ishning keyingi bosqichlarida ham davom etadi.
Ot va fe’llarning grammatik shakllarini shakllantirish faqatgina ma’lum so’z shakllarini qayta ishlash orqali amalga oshirilmaydi, balki qo’shimcha ravishda aynan bir so’zning turli shakllarini taqqoslash ustida ham ish olib boriladi.
Aynan bir so’z turli so’z birikmalarida qanchalik ko’p shaklga kirsa, bolalar tomonidan grammatik mezonlarni va ona tilidagi bir butun grammatik tizimli o’zlashtirish samaraliroq kechadi. Biroq bunday taqqoslash uchun ma’lum lug’at boyligi va grammatik taqqoslashnng ma’lum ketma-ketligi bo’lishi zarur.
Nutq ontogenezidan kelib chiqib, ma’lum so’zlar zaxirasi to’plangandan so’nggina so’z qoidalarini jadal ravishda o’zlashtirishni boshlash tavsiya etiladi: predmet nomlari 100-150 so’zdan kam bo’lmasligi va xarakat nomlari 40-50 so’z atrofida bo’lishi zarur. Bolalar diqqati so’zning oxiriga qaratiladi. So’z o’zgartirish bo’yicha ishni shunday suzlarda o’tkazish maqsadga muvofiq: Bunday so’zlar o’zining oxang-ritmik sur’tini saqlab qolishi, ya’ni o’zgargan so’zda bo’g’in miqdori saqlanib qolishi lozim. Bundan tashqari dastlab faqat so’z o’zgartirishning produktiv shakllari qo’llaniladi.
Agar topshiriq bajarishning birinchi bosqichlarida bolalarning bir so’zdan iborat javoblariga ruxsat etilsa, keyingi bosqichlarda boladan butun gapni (sintaktik stereotipdagi) uning to’g’ri grammatik tuzilishi bilan gapirib berishi talab qilinadi. Shuni esda tutish lozimki, nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar uchun fe’lga bog’liq so’zni grammatik to’g’ri tuzish murakkablik qiladi.
Bolalar nomoyish kilingan harakatlar, syujetli rasmlar, savollarga batafsil javoblar bo’yicha gaplarni qancha ko’p tuzsalar sodda gaplarning grammatik tuzilishini tezroq o’zlashtiradilar. Shu sababli mashg’ulotlarda har qanday predmetli vaziyatlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki bu vaziyatlarda Kim? Nima? Nima kilyapti? Nima bilan? Qayerda? Qayerga? va hokazo savollar berish mumkin.
Mashg’ulotlarda ko’makchi, sifat, ravish va olmoshlar ustida ishlanmaydi, chunonchi nutqning bu qismlari bolalarning faol nutqida o’z o’rniga ega bo’lishi extimoldan holi emas. Ko’makchili konstruksiyalarda boladan faqat so’z oxirini (fleksiyni) to’g’ri tuzish talab qilinadi, ko’makchilarning o’zi esa bunday bolalarda tushirib qoldirilishi yoki noto’g’ri qo’llanilishi mumkin.
Butun logopedik ish jarayonida tovush talaffuziga ham e’tiborni qaratish lozim. Ona tili fonetikasini shakllantirish tovush o’zlashtirishning ketma-ketlikdagi tabiiyfiziologik jarayoni singari tashkil qilinishi zarur. Shu sababli birinchi navbatda lablabli p, b, m, yumshoq til oldi t, d, n, sonor l tovushlarga e’tibor qaratiladi. Sirg’aluvchi, shovqinli, affrikat tovushlar o’rnini mos keluvchi biron tovush vaqtinchalik egallab turishi mumkin. Eng so’nggida «r» tovushi ustida ishlanadi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish