So’z boshi
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda mamlakatimiz taraqqiyoti O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo’lga qo’yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boorish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jahatdan yetuk, dunyoviy bilimlar va texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan asosiy omil fan, texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakat tajribalarini keng ko’lamda o’rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Hurmatli shogirdim, habardorsizki, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakatni yuksaklikka ko’taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kamchiligini oldindan ko’rsatib beradi. Zero hazrat Alisher Navoiy da’vat qilganidek: “Yigitlikda yig’ limning mag’zini, qarilikda harj qil oni”. Ilm-ma’rifat orqali inson komillikka erishgan, shuning uchun ham ta’lim-tarbiyaga alohida ahamiyat berish bu kelajak haqida qayg’urish, yurt – Vatan va halq istiqbolini o’ylash demakdir. Bu esa bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan dolzarb masaladir.
O’zbekistonda ishlab chiqarilgan va amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko’ra bemsl ekani, uning zamonga mosligi va har qanday talabga javob berishidadir. U nafaqat hozirgi davrda, balki kelajakni ham o’zida chuqur ifodalagan qudratli strategik hujjatdir.
Biz shoshilmasdan, asosiy maqsaddan og’ishmay, izchillik bilan Milliy dasturni amalga oshirishimiz lozim. Shundagina u umumiy madaniyatni yuksaltirishga, farzandlarimizning jamiyatda o’z munosib o’rnini topishga xizmat qiladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim-tarbiyani tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, yangicha fikirlovchi va tafakkur qiluvchi barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Eng muhimi “Milliy dastur”da aql va tafakkur sohibi inson omiliga yangicha ma’no berildi. Bu talaba, o’quvchilar, ayniqsa, iqtidorli va is’tedodli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirishni taqazo qiladi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, qo’lingizdagi ushbu darslikni zamon talabi darajasida darajasida mukammallashtirib tuzishga harakat qildik.
Shuni ta’kidlash joizki, so’nggi yillarda O’zbekistonda logopediya fanining rivojlanishida siljishlar ko’zga tashlanmoqda. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun maxsus muassasalar soni ko’paymoqda. Psixolingvistik tahlil asosida nutq patologiyasining eng murakkab turlari (afaziya, alaliya va nutqning to’liq rivojlanmay qolishi, dizartriya) haqidagi muhim ma’lumotlar olinmoqda. Murakkab nuqsonlar: bolalarning aqliy zaifligi, ko’rish, eshitish, tayanch tayanch harakat apparatlari buzilishi paytidagi nutq buzilishlari o’rganilmoqda.
Biz bu haqdagi ma’lumotlarni o’z ichiga jamlagan Logopediya darsligini tayyorlashga harakat qildik. Darslikda logopediya nazariyasi va amaliyotining hozirgi ahvoli o’z aksini topgan. So’nggi yillardagi darsliklar va qo’llanmalarda keltirilgan qator nazariy qoidalardan foydalanilgan. Darslikning har bir bobida nutq buzilishlarining ta’rifini keltirib, buzilishdagi tipik holatlarning etiopatogenezlarini tahlil etildi. Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan logopedik tuzatish ishlarining metodlari ochib berildi. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan o’quvtarbiyaviy muassasalarda olib boriladigan ishlar, ularning halq ta’limi tizimida tutgan o’rni, bog’cha va maktab sharoitida bolalar bilan yakka tartibda olib boriladigan ishlarning shakl va metodlari bayon etilgan.
Mazkur darslik pedagogika institute va universitetlarining defektologiya fakul’teti talabalari va amaliyotda nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar bilan ish olib borayotgan logopedlarga mo’ljallangan/
Darslikni tayyorlashda bizga yaqindan yordam bergan ustozimiz professor, pedagogika fanlari doktori L.R.Mo’minovaga, o’zlarining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |