Axmedov bekzod


 Umumiy adaptatsiya sindromi



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/59
Sana31.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#266162
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
sport mashqlari jarayonida fiziologik adaptatsiyaning xususiyatlari

1.3. Umumiy adaptatsiya sindromi

 

 



Yashash muhitining o‘zgarishlariga organizmning tezlik bilan moslashishidan 

1936  yili  Kanada  fiziologi  G.Selye  tomonidan  ochilgan  va  umumiy  adaptatsiya 

sindromi  nomini  olgan  nospesifik  moslashish  mexanizmi  katta  ahamiyatga  ega. 

Shu yili G.Selye stressga, ya’ni ancha katta kuchdagi yoqimsiz omillarga javoban 

yuzaga  keladigan  fiziologik  himoya  reaksiyalarining  to‘plami  yoki  organizmning 

funksional  kuchlanishi  haqidagi  tushunchani  yuzaga  chiqargan  edi.  Stressni  hosil 

qiladigan  omillarga  sovuq,  issiq,  jarohat,  infeksiya,  shiddatli  mushak  ishi  va 

boshqalar  kiradi.  Shuningdek,  salbiy  ruhiy  kuchlanishlar  (qo‘rqish,  g‘azab, 

achchiqlanish) va ijobiy (to‘satdan quvonchli xabar eshitish, ijodiy kuchlanish va 

hakazolar)  ruhiy  kuchlanishlami  hosil  qiladigan  omillar  kirish  mumkin  [Sel’e, 

1990]. 

Keltirilgan  turli  omillar  hammasi  bir  xildagi  nospesifik  himoya  reaksiyasini 

yuzgaga keltiradi, ya’ni moslashishning nospesifik mexanizmi ishga tushiradi. Bu 

mexanizm  gomeostatik  boshqarilish,  organizmning  himoya  kuchlarining  safarbar 

etilishi  va  ayni  vaziyatda  hayot  faoliyatini  ta’minlash  bilan  bevosita  bog‘liq 

bo‘lmagan  funksiyalarni  to‘xtatishni  ta’minlaydi.  Masalan,  kuchli  charchashda 

(shiddatli  mushak  faoliyatida)  ovqat  hazm  bo‘lish  funksiyasi  susayadi.  Yuqori 

harorat ta’sirida ham shunday bo‘ladi [9,16,17,18,19,21,23]. 

Nospesifik  himoya  reaksiyasining  uyushtirilishida  buyrak  usti  bezlarning 

po‘stloq  qavati  gormonlari  kortikostreoidlar  (glyukokortikoidlar)  va  miyaning 

pastki  ortig‘i  -  gipofizning  AKTG  lari  asosiy  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  moslashish 

reaksiyasi gipotalamus orqali boshqariladi. Gipotalamus orqali boshqarilishda bosh 

miya  yarim  sharlar  po‘stlog‘ining  ishtirok  etishi  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ladi. 

Bosh  miya  po‘stlog‘i  stresslar  ta’siriga  bo‘lgan  javob  reaksiyasi  kuchini,  himoya 




 

20 


mexanizmlarining  safarbar  etilishini  va  uning  yuzaga  chiqish  darajasini  ma’lum 

daratez belgilaydi. Bir xil stressorga turli odamlar (yoki bitta odam turli sharoitda) 

har xil javob beradi. 0‘zini boshqara oladigan asab sistemasi bardoshli odam ruhiy 

yoki jismoniy stressni sovuqqonlik bilan qabul qiladi, unchalik xotirjam bo‘lmagan 

kishi  qattiq  bezovtalanadi.  Emotsiya  holatida  nospesifik  himoya  reaksiyasi  ancha 

ijobiy bo‘ladi [70,81,92,106,107].  

Umumiy  adaptatsiya  sindromi  uchta  bosqichga  ega  (1.1-rasm).  Ulardan 

birinchisi xavf-xatar bosqichi («alarm-reaksiya»). 

 

 

1.1-rasm.  Umumiy  adaptatsiya  sindromining  har  xil  bosqichlarida  (I  -  III) 

adrenokortikal  faollik  (I)  va  stressga  chidamlilik  (2)  rezistentligining  o‘zgarishi 

(Vim bo‘yicha, 1981) 



- ogohlanish bosqichi, II - chidamlilik, III - toliqish; 



A - shok fazasi; b - shokka qarshi faza. 

 

Bu  bosqich  ikkita  pog‘onaga  bo‘linadi:  shok  va  shokka  qarshi.  Shok 



pog‘onasi bevosita ta’sirdan keyin vujudga kelib, ancha qisqa muddatli boiadi. Bu 

pog‘onada  markaziy  asab  sistemasi  faoliyati  susayadi,  mushak  tonusi  va  arteriya 

qon  bosimi  pasayadi,  oqsillar  parchalanishi  kuchayadi,  tana  harorati,  qonda 

glyukoza  miqdori  ortadi,  cl-ioni,  leykositlar  soni  kamayadi  va  K

+

  miqdori  ortadi, 



kapiyallar  va  hujayra  membranalarining  o‘tkazuvchanligi  buziladi,  ichki  muhit 

reaksiyasi kislotali tomonga suriladi, shuningdek, qonga gipofizning AKTGsi ko‘p 




 

21 


miqdorda tushadi [14]. 

Shok  pog‘onasi  shokka  qarshi  pog‘ona  bilan  almashinadi.  Bu  pog‘onada 

organizmning  himoya  kuchlari  safarbar  etilib,  yuqorida  ko‘rsatilgan  o‘zgarishlar 

hammasi  aksincha  sodir  bo‘ladi.  Markaziy  asab  tizimi  (MAT)ning  qo‘zg‘alishi, 

tana harorati, arteriya qon bosimi, qonda glyukoza miqdori, xlor ionlari, leykositlar 

sonining  ortishi  yuzaga  keladi,  himoyaning  immun  vositalari  tushiriladi.  Bu 

jarayonni  sodir  boiishida  AKTG  ta’sirida  qonda  adrenokortikoidlar  ko‘payishi 

asosiy  sabab  bo‘ladi.  Agar  stressor  ta’sirlovchi  kuch  juda  katta  bo‘lsa,  shok 

pog‘onasida yoki shokka qarshi boshlanishida o‘lim yuzaga kelishi mumkin. Agar 

stressor  kuchi  yuqori  bo‘lmasa,  shok  pog‘onasi  o‘rniga  birdaniga  shokka  qarshi 

pog‘ona  yuzaga  keladi:  organizmning  himoya  kuchlari  safarbar  etiladi.  Shundan 

keyin  chidamlilik  bosqichi  yuzaga  keladi,  uning  muddati  ta’sirlovchining  davom 

etishiga va kuchiga bog‘liq bo’ladi [14].  

Chidamlilik  bosqichi  nospesifik  tizimlar  reaksiyalarining  qo‘shilishi  natijasi 

bo‘lib,  stressoming  uzoq  vaqt  (yoki  ko‘p  marta)  ta’sir  etishi  oqibatida  yuzaga 

keladi.  Stressorga  organizm  qarshiligining  ortishi  mazkur  bosqich  uchun  xos 

bo‘ladi. Bunda organizmning boshqa stressorlarga qarshiligi ham ortishi mumkin 

(nospesifik  chidamlilik),  lekin  u  ko‘pincha  pasayadi.  Bu  bosqichda  xavflanish 

bosqichiga xos bo‘lgan morfologik va bioximik o‘zgarishlar yo‘qoladi. 

Toliqish  bosqichi  nospesifik  sistemalar  reaksiyalarining  to‘plami  bo‘lib, 

stressorning haddan tashqari uzoq ta’sir etishi oqibatida rivojlanadi. Bunday holda 

stressor  ta’siri  uchun  oldin  ishlangan  chidamlilikni  bundan  ortiq  ushlab  turish 

imkoniyati  bo‘lmaydi.  Bu  bosqichda  xavfsirash  bosqichiga  xos  bo‘lgan 

o‘zgarishlar  qaytadan  yuzaga  keladi  va  organizmning  har  qanday  stressorga 

chidamliligi pasayadi. Toliqish ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. 

Atrof  muhitga  va  uning  zararli  omillariga  organizmning  tezlik  bilan 

moslashishi spesifik va nospesifik yo‘llar bilan yuzaga keladi, lekin bu moslashish 

qisqa muddatli bo‘ladi. 

 


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish