ishlayotganda qon reaksiyasi kislotali (asidoz) tomonga siljiydi. Masalan, biron
masofaga yugurganda qonning faol pH reaksiyasi 6.95-ni tashkil etadi. Asta-sekin
Qon reaksiyasining bir darajada saqlaydigan qobiliyati zaxiraviy ishqor
ko’rsatgichi hisobidan amalga oshiriladi, jismoniy mashq bilan shug’ullanadigan
kishilarda shug’ullanmaydiganlarga nisbatan 10-15% yuqori turadi. Jismoniy
qarab o'zgaradi, uzoq muddatli mashg’ulotlardan keyin 10% ga oshadi. Bu
o’zgarishlar asosan qonning shaklli elementlari miqdori (eritrositlar, leykositlar,
trombositlar) o’zgarganligi bilan ifodalanadi. shu sababli qon reaksiyasi kislotali
Jismoniy mashqlar natijasida organizmda ter ishlab chiqaruvchi bezlar va
31
buyraklar orqali ko’p miqdorda suv yo’qotiladi. Shuning uchun qonning
yopishqoqlik xususiyati oshadi va shu sababli yurak-qon tomirlar tizimining
faoliyati qiyinlashadi.
Miogen leykositozning uch fazasi mavjud: 1-chi faza - limfositar leykositoz
deb alaladi. Qonda leykositlar miqdorining oshib ketishi (10 ming bir mm’ qonda)
va limfositlarning 40-50 % gacha oshganligi bilan xarakterlanadi. 2-chi faza (1-chi
neytrofil faza) leykositlarning umumiy miqdori 12-18 minggacha yetadi,
neytrofillarning miqdori esa-70-80-ga oshadi; shulardan yosh neytrofillar 2 % -ni,
tayoqchasimon neytrofillar esa 10-15% ni tashkil qiladi, ammo limfositlarning
umumiy miqdori 15-20% gacha va eozinofillar miqdori l-2%gacha kamayadi. Bu
faza davomida ilikda qon ishlab chiqaruvchi a’zolarining faoliyati kuchayadi,
ulardan leykositlar ko'p miqdorda hosil bo’laveradi. 3-chi l'azada (II chi neytrofil
faza) qonda leykositlarning miqdori yanada oshib, 1mm
3
qonda 20-50 minggacha
yetadi; yosh neytrofillar 3-4% gacha, tayoqchasimon neytrofillar 20-30% gacha
oshadi, ammo limfositlarnning miqdori 3-10% gacha kamayadi, eozinofillar esa
vaqtincha qonda yo’q bo’ladi.
Shunday qilib, shiddatli jismoniy mashqlar natijasida mushaklarning
funksional faoliyati o’zgaradi. Shu bilan birga qon tarkibida ham morfologik
o’zgarishlar kuzatiladi. Birinchi navbatda miogen leykositozning limfositar fazasi
kuzatilib, undan keyin I va II chi neytrofil fazalari amalga osha boshlaydi. Miogen
leykositoz murakkab ko’pbosqichli jarayon hisoblanib, uzoq muddatli va
tiklanuvchi davrlardan iborat. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra, uzoq muddatli va
shiddatli
jismoniy
mashqlardan
keyin
(masalan,
marafon
yugurishda)
leykositlarning umumiy miqdori 2-3 kechayu-kunduz davomida o’z me’yoriga
qaytmaydi [79,80,84,85,97].
Mushak faoliyati natijasida qon plastinkalari (trombositlar) miqdori ham
oshadi. Bu miogen trombositoz deyiladi. Trombositlarning miqdori ikki va hatto
undan ham ko’proq oshganligi og’ir va shiddatli mushak faoliyatidan dalolat
beradi.
Trombositlarning umumiy miqdori nafaqat jismoniy faoliyat jarayonida, balki
32
jismoniy mashqlardan bir necha kun o’tgandan keyin ham o’z me’yoriga
qaytmaydi. Jismoniy mashqlar davomida trombositlar miqdorining oshmasligi
qonning ivish jarayoniga ta’sir yetkazib, uni tezlashtiradi. Buni sportchilarda
marafon yugurish va boshqa sport turlari bilan shug’ullanganda kuzatish mumkin.
Miogen leykositoz, miogen trombositoz hamda qon ivish vaqtining kamayishi
himoyalanuvchi ahamiyatga ega. Bu biologik mantiqiy jarayonlar hisoblanadi,
chunki mushak faoliyati natijasida paydo bo’lgan funksional o’zgarishlar
organizmning himoyalash reaksiyalariga qaratilgan biologik reaksiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: