50
Nafasning asosiy vazifasi organizmga kislorod yetkazib berish va karbonat
angidridni chiqarib tashlash bo’lganidan u, birinchi navbatda, moddaalar
almashinuvining shiddatiga qarab o’zgaradi. Organizm tinch turgan vaqtda nafas
olish sekin va yuzkai, ish qilganda esa chuqur va tez bo’ladi.
Jismoniy ish va sport bilan shug’ullanganda kislorod iste’mol qilish bir
daqiqada 100 ml ortganda qonning daqiqalik hajmi taxminan 800-1000 ml
ko’payishi hisoblab topilgan. Odam tinch turganda kislorod iste’mol qilish bir
daqiqaga 250-300 ml ga, ish vaqtida esa 4500-5000 mlga yetishi mumkin.
Jismoniy ish vaqtida sistolik hajm uch hissa (70 dan 200 ml gacha) yurakning
qisqarishlar chastotasi 2 va hatto 3 baravar ortgani (daqiqaga 70 dan 150 gacha va
hatto 200 martagacha urgani) uchun ham shunchalik ko'p kislorod tashib berilishi
mumkin.
Jismoniy mashqlar va jismoniy ish vaqtida qon hujayralarining qon
depolaridan chiqishi va terlash tulayli qondagi suv kamayishi, buning natijasida esa
qonning quyuqlanishi va gemoglobin konsentrasiyasining ko’tarilishi, binobarin,
qonning kislorod sig’imi ortishi uning kislorod tashishini oshiradi.
Jismoniy ish bajarilayotganda o’pka ventilyasiyasini va qonning daqiqalik
hajmini oshiradigan sabablardan biri shuki, to’qimalarda sut kislotasi to’planib
qonga o’tib turadi. Ayni vaqtda qondagi sut kislotasi mushaklar tinch turgandagi 5-
22 m
2
% o’rniga 50-100 va hatto 200 m
2
% ga yetishi mumkin. Sut kislotasi
karbonat kislotani natriy va kaliy ionlari bilan bog’lanishdan mahrum qiladi,
shuning natijasida qondagi karbonat angidrid tarangligi oshib, nafas markazi
bevosita va refleks yo’li bilan qo’zg’aladi. Zo’r berib ishlayotgan mushaklarga
kislorod yetishmay qoladi va sut kislotasining bir qismi parchalanishning oxirgi
mahsulotlari bo’lgan karbonat angidrid hamda suvgacha oksidlana olmaydi,
shuning uchun mushaklar bilan ish bajarilayotganda sut kislotasi yig’ilib qoladi.
Bunday holatni A.Xill kislorod, qarzdorlik deb ataydi. Mushaklar bilan juda jadal
ish bajarilayotganda, masalan, sportchilar g’oyat og’ir musobaqalarda
qatnashganda kislorod qarzdorlik paydo bo’ladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanadigan paytda mushaklardagi teri-mushak
51
reseptorlar (proprioreseptorlar)ning ta’sirlanishi nafas va qon aylanishini
kuchaytiradigan signal bo’lib qoladi. Bu vaqtda nafas olishning har qanday
kuchayishida shu reflektor komponent qatnashadi.
Mushaklar bilan bajariladigan bir ish ko’p marta takrorlanganda mushak
proprioreseptorlarining ta’sirlanishi tufayli nafas olish shartsiz refleks yo’li bilan
o’zgarishidan tashqari, shartli refleks yo’li bilan ham kuchayadi va tezlashadi.
Nafas olishning bunday moslashuvchi o’zgarishlari odatdagi ishni bajarishdan
oldingi signallar ta’sirida paydo bo’ladi va ishning bajarilishini osonlantiradigan
o’zgarishlarni, ya’ni to’qimalarining kislorod bilan ta’minlanishini, kuchaytiruvchi
va sut kislotasining to’planishiga to’sqinlik qiluvchi reaksiyalar kompleksini
vujudga keltiradi.
Shunday qilib, jismoniy mashg’ulotlar vaqtida mushaklar ishlayotgan da,
birinchidan, organizmda ro’y beruvchi kimyoviy o’zgarishlar-karbonat angidrid va
almashinuvda, reflektor ta’sirlar o’pka ventilyasiyasini oshiradi. Jismoniy ish
bajarib
Do'stlaringiz bilan baham: