Jismoniy mashqlar va jismoniy mehnatda kishi ayniqsa ko’p terlaydi. Juda
Jismoniy mehnat vaqtida issiqlikning hosil bo’lishi va chiqarilishi ortadi. Tana
haroratining salgina (1°C) oshishi mushaklar va umuman organizm faoliyatini
termoyegulyasiya markazlarini qo’zg’atadi, natijada yurak-tomir, nafas hamda
to’qimalarda oksidlanish jarayonlari kuchayadi. Haroratning salgina ko’tarilishi
organizmni «o’lik nuqtadan» chiqarib «ikkinchi-nafas»ning boshlanishi uchun asos
organizmda issiqlikning boshqarilishi uchun zarur bo’igan shartli retlekslar hosil
40
bo’ladi. Masalan, start oldi davrida tana haroratining salgina oshishi organizmni
kelayotgan jismoniy mashqlarni baj aril ishiga tayyor qiiadi
Tashqi muhit harorati va namligi qanchalik yuqori bo’lsa, hamda
bajariladigan jismoniy mashqlarning muddati qanchalik cho’ziladigan bo’lsa, tana
harorati o’shancha oshadi. Lekin organizmning bu reaksiyasi cheklangan bo’lib,
normotermiya diopazoniga qoladi.
Ba’zan shiddatli sportiv mashqlar bajarilganda issiqlikning tarqalishi uning
hosil bo’lish jarayonidan orqada qoladi, kechikadi. Buning oqibatida organizm
harorati 38,5- 39,5°C gacha va hatto undan ham ko’proq ko’tariladi. Buning
natijasida markaziy asab tizimi faoliyati pasayadi, shu sababli organizmning
boshqa funksional tizimlarida ham ma’lum o’zgarishlar kuzatiladi. Tana
haroratining yanada ko’tarilishi (39°C) isitmaga sabab bo’ladi.
Yuqori namlik sharoitda uzoq muddatga yugurish, velosiped poygalarida,
futbol o’yinida va boshqa turdagi sportiv o’yinlarida harorat yuqori bo’lmagan
vaqtda ham (20- 25°C) isitma kuzatiladi. Shuning uchun sportchilarda isitma
hodisasi ro’y bermasligi uchun na faqat muhit haroratini, balki uning namligini
ham nazarda tutish zarur.
Jismoniy mehnat va jismoniy mashqlar moddalar almashinuvi jarayonlariga
ta’sir etib, ulami kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida tana haroratining fiziologik
me’yorida saqlanishi uchun ortiqcha issiqlikni organizmdan chiqarish asosan
terlash orqali bo’ladi. Bundan tashqari mushak faoliyatida moddalar
almashinuvining qator mahsulotlari: sut kislotasi, karbonat angidridi, fosfor
kislota, kreatinin va boshqalar qonga o’tadi.
Ularning ba’zilari buyraklar va ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi.
Jismoniy mehnat natijasida organizmdagi umumiy qonning bir qismi
mushaklarga oqishi sababli ichki a’zolarga, shu jumladan buyraklarga ham qon
kelishi kamayadi. Bu siydik ajralishining kamayishiga. undagi turli moddalar
konsentrasiyasining ortishiga olib keladi. Siydikning . solishtirma og’irligi ortadi,
reaksiyasi o’zgaradi. Ayniqsa bajaraladigan mushak ishining shiddati, muddati,
og’ir-yengilligi va boshqa omillar siydik tarkibi va reaksiyasining o’zgarishiga har
41
xil ta’sir ko’rsatadi. Masalan, adrenalin gormoni ta’sirida glikogen
parchalanishining kuchayishi billan qonda glyukoza miqdori me’yoridan ortganida
siydik tarkibida glyukoza paydo bo’ladi.
Jismoniy mehnat bajarishda siydik tarkibida sut kislotasining miqdori ortadi.
Ayniqsa suv muhitda yuqori tezlikdagi og’ir ishlarni bajarishda malpigiy
koptokchalari epiteliysining o’tkazuvchanligi ortishi natijasida siydik tarkibida
oqsil, ba’zida esa hatto eritrositlar kuzatiladi.
Quruqlikda, ayniqsa tashqi muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy
ishlarni bajarish ter bezlari funksiyasining kuchayishi bilan kuzatiladi. Buyrak
orqali ajratiladigan moddalarning ko’pchiligi ter bezlari orqali organizmdan
chiqariladi. Ter tarkibida kreatinin, siydikchil, ammiak, sut kislotasi, tuzlar
konsentrasiyasi ortadi.
Jismoniy ishda nafas a’zolari ishining tezlashishi kuzatiladi. Bu moddalar
almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan karbonat angidridning organizmdan
chiqarilishini tezlashtiradi. Ter bezlari yaxshi rivojlanmagan hayvonlarda, masalan
itlarda organizmdan ortiqcha suv ajratilishi va tana haroratining me’yorida
ushlanish ko’p jihatdan so’lak ajralishi va nafas a’zosi ishiga bog’liq bo’ladi.